Moskvada “Tolibon” delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

724
0

Moskvada “Tolibon” delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

 “Tolibon” harakati vakillari Moskvaga kelishdi, Rossiya tashqi ishlar vazirligida “Tolibon” delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

 Tashqi ishlar vazirligida “Tolibon” delegatsiyasini Rossiya TIVning Ikkinchi Osiyo  departamenti direktori, Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Qobulov  qabul qilgan.

 “Uchrashuvda Rossiya tomon “Tolibon” va AQSh orasida muzokaralarni davom ettirish kerakligini taʼkidladi. “Tolibon” vakillari, oʻz navbatida, ular Vashington bilan suhbatni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi”, – deyiladi Rossiya TIVning xabarida.

 Maʼlumki, oʻtgan haftada AQSh prezidenti Donalьd Tramp Qobulda boʻlib oʻtgan terakt tufayli “Tolibon” vakillari bilan boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan uchrashuvini bekor qilgan edi.

 Izoh: “Tolibon” harakati toki Afgʻonistonda xorijiy davlatlar harbiylari qolar ekan, hech qanday muzokaralar boʻlmasligi haqida maʼlum qilib, oʻz pozitsiyasida qatʼiy turgan bir vaqtda AQSh hukumati “Tolibon”ni muzokara stoliga tortish uchun turli yoʻllarni qidirib kelmoqda. Hatto, “Tolibon” bilan aloqaga chiqish imkonini paydo qilish maqsadida Dohada toliblar uchun siyosiy ofis ochishga ruxsat ham berdi. Joriy yilning boshida Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani ham “Tolibon” harakatiga Qobul, Nangarhor yoki Qandahorda ofis ochishga ruxsat berishga tayyorligini maʼlum qilgandi.

 “Tolibon” oʻz mavqeyidan chekinib, bosqinchi davlatlar bilan bir necha bor muzokara oʻtkazish va sulh tuzishga rozi boʻlgach, AQSh endi oʻz talablarini tiqishtira boshladi. Trampning Qobuldagi teraktni bahona qilib “Tolibon” bilan uchrashuvni bekor qilishi ham AQSh oʻz talablarini oʻtkazish uchun tashlagan dastlabki qadamlardan biridir. Holbuki, bundan avval bundan-da katta va qonli terkatlar sodir boʻlgan vaqtlarda ham AQSh hukumati “Tolibon”ni uchrashuv va muzokaralarga chaqirib kelar edi.

 Agar Tolibon harakati oʻz pozitsiyasida yana bir necha yil qatʼiy turganida AQSh Afgʻonistondagi sharmandali magʻlubiyatini tan olib, Afgʻonistondan chiqib ketishga majbur boʻlar edi. Paygʻambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallam: 

Albatta, nusrat (gʻalaba) sabr bilan birga, albatta, shodlik gʻam ila birga, qiyinchilik yengillik bilan birga boʻladi”, deganlar. (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.