Qozogʻiston prezidenti rasmiy safar bilan Xitoyga bordi

486
0

Qozogʻiston prezidenti rasmiy safar bilan Xitoyga bordi

 Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev 10 sentyabrda rasmiy safar bilan Xitoyga bordi. Safar davomida Tokayev qozoq-xitoy ishbilarmonlar kengashining yigʻilishida ishtirok etdi. Shundan soʻng u Xitoy rahbari Si Tszinьpin va bosh vazir Li Ketsyan bilan uchrashdi. Uchrashuvlar natijasida havo maydoni, “Bir makon – bir yoʻl” loyihasi, texnologiya, qishloq xoʻjaligi, bojxona va savdo sohalariga oid 10ta hujjat imzolandi.

Tokayev qozoq-xitoy ishbilarmonlar kengashining 6-yigʻilishida soʻzlagan nutqida 2018-yili Xitoy va Qozogʻiston oʻrtasidagi savdo hajmi 11,4 foizga oʻsib, 12 milliard dollarga yetganini aytdi. Shuningdek, u SSSR qulaganidan beri Xitoy Qozogʻistonga 20 milliard dollarlik investitsiya kiritganini ham qoʻshimcha qildi.

 Tokayevning mazkur safari arafasida Qozogʻistonda 3-sentyabr kuni Janioʻzan shahrining markaziy maydonida yuzlab odamlar Xitoy loyihalari toʻxtatilishini talab qilib norozilik namoyishiga chiqishdi. Qozogʻistonda Xitoyning 55 kompaniyasi faoliyat olib boradi. 2017-yili Qozogʻistonda yer kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi. Yangi kodeksga koʻra, xorijliklar ham auktsionda qatnashish huquqiga ega boʻlishdi. Xorijiy kompaniyalar qishloq xoʻjaligi sohasida yerlarni 25 yilga ijaraga olishi mumkin boʻldi. Mazkur qonundan soʻng 1,7 million gektar yer sotib yuborildi. Bu kabi jinoyatlar Qozogʻiston rahbariyatining sotqinligi sababli yuz berdi. Xitoy shu kabi hokimiyat vakillarini sotib olish orqali iqtisodiy ekspansiyasini amalga oshirib kelmoqda.

 11-sentyabrda Qozogʻiston prezidenti Ijtimoiy fanlar Akademiyasidagi nutqida Qozogʻiston oldidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Uning aytishicha, bu ishlarni amalga oshirishda Xitoy strategik hamkor boʻlib hisoblanadi. Shuningdek, Xitoy va Qozogʻiston oʻrtasidagi muloqotlarni mustaxkamlashga “uch yovuzlik” (ekstremizm, terrorizm, ayirmachilik)ga qarshi kurashdagi umumiy pozitsiya oʻz hissasini qoʻshmoqda. Bu “uch yovuzilik”ga qarshi kurash ham qozoq hukumatining xoinligi koʻrsatadi. Chunki, bugungi kunda Xitoyda 2 millionga yaqin turkiyzabon uygʻur, qozoq, qirgʻiz musulmonlari “ayirmachilik”, “terrorizm” va “ekstermizm”da ayblanib, qamoqqa tashlangan 

 Mumtoz Mavoraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.