Prezident Jeyenbekov “Muvaqqat hukumatchilar” bilan uchrashadi

453
0

Prezident Jeyenbekov “Vaqtli hukumatchilar” bilan uchrashadi

 14-sentyabr, shanba kuni prezident Sooronbay Jeyenbekov Vaqtli hukumat vakillarini uchrashuvga taklif qildi. Bu haqda siyosatchi Azimbek Beknazarov “Maral” radiosida maʼlum qildi.

 Uning aytishicha, 10-sentyabrda Vaqtli hukumat vakillari uchrashuv oʻtkazgan. Ular qamoqdan chiqqan Omurbek Tekebayev va Duyshonkul Chotonovni tabriklab, jamiyatda sodir boʻlayotgan voqealar, Tekebayevning Akmanda aytgan soʻzlarini muhokama qilishgan.

 Uchrashuvga Vaqtli hukumatning 11 aʼzosi: Ismoil Isakov, Roza Otunbayeva, Duyshonkul Chotonov, Omurbek Tekebayev, Temir Sariyev, Elmira Ibraimova, Emilbek Kaptagayev, Keneshbek Duyshebayev, Abdugani Erkebayev qatnashgan. Isa Omurkulov va Topchubek Turgunaliyev esa tashkilotchilar tomonidan chaqirilmagan.

 Yodingizda boʻlsa, Rossiya prezidenti Putin sobiq prezident Atambayev bilan Kremlda uchrashganidan keyin siyosiy elitani Jeyenbekov atrofida birlashishga chaqirgan. Demak, bu toʻligʻicha Putin manfaatlariga mos keladi.

 Demak, Vaqtli hukumat va Jeyenbekov uchrashuvi amaldagi hukumatni boʻlajak saylovda qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilmoqda. Boshqacha aytganda, ichki siyosatda savdolashish ketmoqda, tashqi siyosatda boʻlsa, rossiyaparast siyosiy doirani saqlab qolishmoqchi. Bu siyosiy doira – amerikaparast kadr boʻladimi yoki yevropaparast kadr boʻladimi farqi yoʼq – Rossiyaga qarshi chiqmaslik boʻyicha kelishgan siyosatchilar guruhidir.      

 Rossiya uchun barqarorlik muhim. Chunki, Rossiya bilan Qirgʻiziston oʻrtasida rus manfaatlari ustuvor boʻlgan shartnomalar koʻp. Putin mana bu shartnomalarni qarshiliklarsiz amalga oshishidan manfaatdor.

 Bugungi kunda musulmon Ummatining asosiy muammosi – mana shunday siyosiy doiralar oʻz xoʻjayinlarining manfaati uchun ish olib borishayotganida. Shu sababli Ummat “chizilgan disk” kabi mustamlakachilik tuzumning chizigʻida aylanib yuraveradi. Bundan qutulish uchun Ummat bu tuzum oʻrniga insonlarning aqlini qanoatlantirgan, fitratiga mos kelgan va qalblarga xotirjamlik ato etuvchi Islom tuzumini olib kelishga butun kuch-imkoniyatlarini sarflashlari zarur.

 Mumtoz Movarounnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.