Shayxa Hasina Hindistonning Bangladesh va uning ahli ustidagi hukmronligini mustahkamlamoqda

446
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Shayxa Hasina Hindistonning Bangladesh va uning ahli ustidagi hukmronligini mustahkamlamoqda

Hindiston tomonidan Kashmirning muxtoriyat maqomi bekor qilinishi ortidan, Kashmirdagi qarshilik frontlarining birida hindular davlati bilan Islom Ummati oʻrtasida kurash kuchaydi. Mana shunday bir paytda islomiy yurtlar hukmdorlari ushbu qaynoq frontlarni, qonli jarohatlarni pisand qilmasdan navbatdagi xiyonatlarga qadam qoʻyishdi… Ular Allohga, Rosuliga va u yerdagi moʻminlar qoniga xiyonat qilishmoqda. Zotan, Kashmirdagi qonlar yetmish yildan ziyod vaqtdan buyon oqib yotgandi. Masalan, Ibn Zayd Gujarat qassobi Modini Amirliklar davlatining Oliy medali bilan mukofotladi. Ibn Zayd bu bilan mustamlakachi angliya oʻrnatgan Amirliklar hukumatining sigirga sigʻinuvchi hindular hukumati bilan bir dinda ekanini, chunki ikkalasining ham xoʻjayinlari bitta-ingliz janoblari ekanini isbotlamoqda… Shu orqali Modiga va Amerika oʻz tomoniga ogʻdirib olgan uning Bxaratiya Janata partiyasiga pora berishga urinyapti.

Hukmdorlarning Kashmirdagi musulmonlar qoniga nisbatan qilayotgan xoinliklariga yana bir misol, Hasina hukumatining xoinligidir. U Hindistonning Agartala aeroportini bengal yerlarigacha kengayishiga ruxsat berdi. Yaʼni, Bangladesh tashqi ishlar vazirligi Hindistonning shu xususdagi taklifiga “ijobiy” javob berdi va ayni damda tomonlar buning ijrosi masalasini muhokama qilishmoqda. Aeroport masalasidagi xiyonat hatto bengal rejimi mulozimlarining oʻzlariga ham yaxshi maʼlum boʻlishiga qaramay, uni yurtning tashqi ishlar vaziri Shahid Haq “Jeneva aeroportining ham bir qismi Shvetsariyada joylashgan, ikkinchi qismi Frantsiyada”, deya oqlamoqchi boʻldi, xuddi Hindiston jarchisidek! Bu bayonotdan bizning xoin hukmdorlarimiz yurtlarimizni Islom va musulmonlarning eng ashaddiy dushmanlariga qoʻsh qoʻllab berib yuborishga doim tayyorliklari, yana bu qilmishlarini baʼzi poraxoʻr mulozimlar ogʻzi bilan oqlashga urinishayotgani yaqqol koʻrinib turibdi.

Bangladeshda suv toshqin yuz berib, dalalar va uylarni oqizib ketdi. Bunga yagona sabab, Hindiston anhorlaridagi suvlar Hindiston qurgan toʻgʻonga kelib quyiladi va har safar suv meʼyordan oshib ketsa uni Bangladesh tomonga ochib yuboradi… Oqibatda bu Bangladeshda suv toshqinini keltirib chiqaradi! Shayxa Hasina hukumati esa, bu hodisadan koʻz yumib kelyapti, koʻz yumibgina qolmay, bengal musulmonlari mulki boʻlmish yerlarni mushrik kofir davlatga inʼom qilyapti. Bu Bangladesh hukmdorlarining yagona xiyonatlari emas. Aksincha, bu – siyosiy rahbariyatdagi xoinlarning yurt musulmonlariga qarshi Hindiston bilan birgalikda sistematik ravishda qilib kelayotgan xiyonatlaridir. Zero, Hindiston bu yurtga oʻz hukmronligini zoʻrlab oʻtkazish uchun bor kuch-imkoniyatini ayamay sarflayotgan urush holatidagi davlatdir. Uning hukmronligi Bangladeshdagi energetika, portlar kabi strategik obʼektlarga, iqtisodiy va harbiy mudofaa sektorlariga qaratilgan. Shuningdek, Hindiston Hasina hukumati bilan qalin hamkorlik munosabatini oʻrnatish, Bangladesh va uning ahliga zarar yetkazib, Hindiston manfaatiga xizmat qiladigan adolatsiz buzgʻunchilik bitimlarini imzolash, shu orqali yurtdagi muhim sektorlarga hukmron boʻlishga tinimsiz urinib kelmoqda. Bu sotqin Hasina rejimi Hindistonning yurtimizga kirib, ustimizdan hukmron boʻlishini kafolatlab berdi. U Hindistonga koʻrsatib kelayotgan sodiq xizmatlarini “Bangladeshning milliy manfaati uchun”, deya doim bengal ahlini aldab keladi!

Bu mushrik davlatning Agartala aeroportini kengaytirishi ikki jihatdan xavfli: Birinchi: urush holatidagi davlat bilan hamkorlik qilish nojoiz. Bu narsa Alloh Subhanahuning gʻazabini keltiradi. Islom Ummati bilan urush holatidagi davlat oʻrtasida sulh va ittifoq faqat majbur holatlardagina joiz. Oʻshanda ham minimal va cheklangan ravishda boʻladi. Cheklanganligi shundaki, dushmanga biror uslub va holat orqali Islom Ummatiga ziyon-zahmat yetkazishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Afzali esa, dushman bilan yaxshi qoʻshnichilik munosabati oʻrnatishni hamda ajratib turuvchi bu daxlsizlik chegaralarini saqlab, harbiy, madaniy… va boshqa shartnomalar imzolashni, qilmagan yaxshi. Shunday ekan, aerodromlarni ochib, ustimizdan kuchayib olishi uchun unga islomiy yerlarni qoʻsh qoʻllab berishni nima deyish mumkin?! Aslida, Islom Ummatining Hindistondek urush holatidagi davlatlar bilan aloqa qilishi uchun urush va jihod boʻlishi kerak. Alloh Taolo bunday degan:

لَا يَنْهَاكُمُ اللَّهُ عَنِ الَّذِينَ لَمْ يُقَاتِلُوكُمْ فِي الدِّينِ وَلَمْ يُخْرِجُوكُمْ مِنْ دِيَارِكُمْ أَنْ تَبَرُّوهُمْ وَتُقْسِطُوا إِلَيْهِمْ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُقْسِطِينَ  إِنَّمَا يَنْهَاكُمُ اللَّهُ عَنِ الَّذِينَ قَاتَلُوكُمْ فِي الدِّينِ وَأَخْرَجُوكُمْ مِنْ دِيَارِكُمْ وَظَاهَرُوا عَلَى إِخْرَاجِكُمْ أَنْ تَوَلَّوْهُمْ وَمَنْ يَتَوَلَّهُمْ فَأُولَئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ

“Alloh sizlarni diningiz toʻgʻrisida sizga qarshi urishmagan va sizlarni oʻz diyoringizdan haydab chiqarmagan kimsalardan – ularga yaxshilik qilishingizdan va ularga adolatli boʻlishingizdan qaytarmas. Albatta Alloh adolat qilguvchilarni sevar. Alloh sizlarni faqat diningiz toʻgʻrisida sizga qarshi urushgan va sizni oʻz diyoringizdan haydab chiqargan hamda sizni haydab chiqarishda bir-birlariga yordamlashgan kimsalardan – ular bilan doʻstlashishingizdan qaytarur. Kimki ular bilan doʻstlashsa, bas, ana oʻshalar zolim kimsalarning oʻzidir” [Mumtahina 8-9]

Ikkinchi: Aeroportlar nozik xavfsizlik obʼektlariga kiradi. Ular harbiy baza boʻlib, davlat ulardan zarur boʻlgan vaqtlarda aerodrom sifatida foydalanadi. Bu bazalardan dushmanga qarshi harbiy samolyotlar koʻtariladi. Demakki, Hasina hukumatining Hindistonga qarashli Agartala aeroportini bengal yerlarigacha kengayishiga ruxsat berishi uning siyosiy nodonligi va strategik mafkuraviy koʻrligidir. Biroq Hasina hukumatining fikriy koʻrligini izohlaydigan boʻlsak, yuqorida aytganimizdek, Bengal hukumatining ham, hind hukumatining ham tomiri inglizlar qoʻli bilan koʻkarib, unib oʻsganiga borib taqaladi. Shu bois, ikkovi ham bir-birini dushman deb hisoblashmaydi. Balki ularning birdan-bir dushmani Islom Ummatidir. Ikkalasi ham Ummatga hukmron boʻlish va uni yoʻq qilishga harakat qilishadi. Shuning uchun Dehlidagi mushrik rejim bilan Dakkadagi ilmoniy rejim inoq doʻstdirlar:

وَالَّذِينَ كَفَرُوا بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ إِلَّا تَفْعَلُوهُ تَكُنْ فِتْنَةٌ فِي الْأَرْضِ وَفَسَادٌ كَبِيرٌ

“Kofirlar bir-birlariga doʻstdirlar. (Bas, ey moʻminlar, sizlar ularni oʻzlaringizga dushman tutingiz). Agar shunday qilmasanglar (yaʼni moʻminga doʻst, kofirga dushman boʻlmasanglar), yerda fitna va katta fasod boʻlur” [Anfol 73]

Bangladesh ahli Hindiston bilan qilinayotgan bunday fosid bitimga hargiz rozi boʻlmaydilar, bundan avval ham bu mushrik davlat bilan qilingan barcha bitimlarga aslo rozi boʻlmaganlar. Hindistonning ellik yildan ziyod vaqtdan beri turli jabhalarda musulmonlarga qarshi sodir etgan urushlarini hech qachon unutmaydilar. Shu bilan birga, bengal ahli yurtdagi rejim va uning tepasidagi Shayxa Hasinaning tarixini yaxshi biladilar. Hasina otasi Mujiburrahmonga qarshi inqilob qilinib, uni Hindistonga surgun qilingandan soʻng Hasinaning mana shu jirkanch hindular sutini emib, katta boʻlganini unutmaydilar. Hindistonning chegara mintaqalaridagi chegarachi kuchlari sodir etgan qirgʻinni ham, Hindistonga qarashli Fadaka va Timimux toʻgʻonlarining daryolarimiz va turmush vositalarimizni vayron etganini ham, Kashmirni bosib olishganiyu Gujarat qirgʻinini ham, barcha-barcha jinoyatlarini bengal xalqi unutmaydilar. Hindularning bu va boshqa barcha jinoyatlari imon keltirgan kishilarga nisbatan ularda azaliy dushmanlik borligini isbotlamoqda. Bu Alloh Taoloning

لَتَجِدَنَّ أَشَدَّ النَّاسِ عَدَاوَةً لِلَّذِينَ آمَنُوا الْيَهُودَ وَالَّذِينَ أَشْرَكُوا

“Imon keltirgan zotlarga eng qattiq adovat qilguvchi odamlar yahudiylar va mushrik boʻlgan kimsalar ekanini koʻrasiz” [Moida 82]

degan kalomida mujassam.

Shuning uchun mazkur bitim muzokaraga yaroqsiz va harom bitimdir. U kofirlarga ustimizdan hukmronlik beradi. Alloh Taolo bunday degan:

وَلَنْ يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلاً

“Alloh kofirlarga moʻminlar ustidan hukmron boʻlishlariga hargiz yoʻl bermagay” [Niso 141]

Roya gazetasining 2019 yil 28 avgust chorshanba kungi 249-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.