Huquq himoyachisi Ilьmir Imayev Allohning huzuriga rehlat qildi

440
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Huquq himoyachisi Ilьmir Imayev Allohning huzuriga rehlat qildi

2019 yil 17 avgustda musulmonlar huquqlari himoyachisi aziz birodarimiz Ilьmir Imayev vafot etdi. Uning oʻlimi, xususan, Rossiya va Ukraina musulmonlari uchun fojia va katta yoʻqotish boʻldi. Chunki u musulmonlar huquqlarini himoya qilardi, hatto hayotining soʻnggi soatiga qadar ham ularning repressiya va taʼqibga uchrashlariga qarshi turdi.

Ilьmir Imayev Anasovich 1951 yil Qozogʻistonning Petropalovsk shahrida tavallud topdi, oʻsha paytda Qozogʻiston Sovet Ittifoqi respublikalari tarkibida edi. Oʻrta maktabni tugatib, Toshkentning Yangiyoʻl shahridagi gazetalarning birida musavvir, soʻng muxbir boʻlib ishladi. Zulm haqida maqolalar yozdi. 1998 yil oilasi bilan asl yurti Tataristonga qaytdi va Qozon shahrida yashadi.

2014 yil dekabrda Ilьmir Imayev uch yilga ozodlikdan mahrum etildi va qamoqda Allohga daʼvat qilishda davom etgani uchun qamoq muddatining aksarini alohida kamerada oʻtkazdi. 2017 yil iyulda qamoqdan chiqqandan soʻng Imayevga ijroni toʻxtatish va harakatini cheklash bilan uch yilga hukm chiqarildi va bu narsa uni Ukrainaga ketishga majbur qildi. Ukrainada togʻutlar boshqaruvi ostidagi yurtlardan kelgan musulmonlar huquqlarini himoya qilishda davom etdi. Ukraina musulmonlariga yuridik maslahatlar berish va sudga arizalar taqdim etishda koʻp yordam koʻrsatdi. Tanishlaridan biri uning uyda juda kam boʻlishini aytadi. Darhaqiqat, Ilьmir birodarimiz oʻzining vaqti, moli va salomatligini musulmonlarni himoya qilish yoʻlida qurbon qildi, tinch yashashdan voz kechdi.

Imayev Ukrainada uning yordamiga muhtoj boʻlgan barcha musulmonlarga – ularning millati, mazhabi yoki yurtidan qatʼiy nazar – yordam berdi. Doim biror musulmonga maslahat yoki sudga ariza topshirish boʻyicha yordam kerak boʻlsa, shoshib borardi. Hatto hayotining soʻng soatlarida ham bloger birodarimiz Mahmud Abdulmoʻmin Xoldarovga sud va ariza ishlariga yordam koʻrsatdi… uning Qirgʻiziston hukumatiga ekstraditsiya qilinmasligi yoʻlida bor kuchini sarfladi.

Biz Alloh Subhanahuga duo qilib, Ilьmir Imayev birodarimizning barcha fidoiyliklarini qabul aylashini hamda qiyomatda solihlar bilan birga qilishini soʻrab qolamiz.

Roya gazetasining 2019 yil 4 sentyabr chorshanba kungi 250-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.