Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyatining Abyaz shahrida oʻtkazgan tadbiri

432
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyatining Abyaz shahrida oʻtkazgan tadbiri

Ustoz Muhammadjome Abu Ayman

Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi

rasmiy notigʻi yordamchisi

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati delegatsiyasi 2019 yil 31 iyul chorshanba kuni Abyaz shahrida 29 iyuldagi qonli hodisa ortidan halok boʻlgan oʻquvchilar oilalariga taʼziya bildirish hamda jarohatlanganlar va musibat koʻrganlar oilalarini ziyorat qilish tadbirlarini oʻtkazdi. Delegatsiyaga Hizbning Abyaz shahridagi aloqalar va tadbirlar jihozi raisi ustoz Nazir Muhammadhusayn amirlik qildi. Unga Hizb aʼzolari ustoz Ahmad Vadoa bilan Husayn Hodiylar hamrohlik qilishdi.

Delegatsiya dasturi quyidagilardan iborat boʻldi:

Ijtimoiy taʼminot va Abyaz taʼlim kasalxonasida davolanayotgan yaradorlar ziyorat qilindi, ularning sogʻliklaridan xabar olinib, Allohdan shifo soʻrab duo qilindi va ahl-oilalariga hamdardlik bildirildi.

Shahid Muhammad Fotih oilasiga taʼziya bildirildi.

Peshin namozidan soʻng taʼziyada ustoz Muhammadhusayn kuchli maʼruza qilib, yigʻilganlarni qattiq taʼsirlantirdi. Ustoz – bir oddiy insonlarni oʻldirishning oʻzi gunohi kabira va manfur amal boʻlsa-yu, bu begunoh bolalarni oʻldirishni nima deyish mumkin, der ekan, Alloh Subhanahudan marhumlarning ota-onasi uchun sabri jamil va sabot soʻradi. U kishi – qotillardan hisob soʻrash, qasos olinishini talab qilish va qonlar daxlsizligini himoya qilish zarur ekanini taʼkidladi. Alloh Taologa duo qilib, bu hodisalarni Rosululloh ﷺ bashorat qilgan haqiqiy oʻzgarishga sabab qilishini, shu orqali Ummatni birlashtirib, zolimlarni magʻlub etish va jinoyatchilardan intiqom olishini soʻraldi. Har bir muammo va inqirozning yagona yechimi Islom ekanini, fuqarolik davlati ham, harbiy davlat ham emasligini, Islom davlati Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati ekanini taʼkidladi.

Shahid Muhammad Fotihning oilasi nomidan gapirish, ustoz Nazir Muhammadhusaynga topshirildi. Ustoz Ozodlik va Oʻzgarish kuchlarining Abyazga kelgan delegatsiyasi maʼruzasi ortidan kuchli bir maʼruza qilib, ayni kuchlar deregatsisiga raddiya bildirdi. Taʼziya bildirar ekan, “vafot etgan kishi Alloh nazdida Islom uchun shahid boʻladi, fuqaroviy davlat uchun emas, fuqaroviy davlat qurishga hamda Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etishni bir chetga surishga yoshlarimizni majbur qilayotganlar, Ummatga yetakchi boʻlishga loyiq emaslar, chunki Ummat yoshlari jonlarini oʻz dinlari va nomuslari yoʻlida qurbon qilmoqdalar, ularning qonidan birovlarning foydalanishi uchun emas, dedi.

Shahid Muhammad Fotih oilasi Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyatidan Harbiy Kengash delegatsiyasini kutishayotganini, Kengash bilan bogʻlanganliklarini va uning yigʻinga kelishini taʼkidladi. Ushbu oila Harbiy Kengashga murojaat qilish vakolatini ustoz Nazirga topshirdi. Kengashni uzoq vaqt kutishdi, biroq u kelmadi!

Xotima oʻrnida aytar soʻzimiz: Hizb ut-Tahrir nafaqat Sudan, balki butun dunyo boshdan kechirayotgan inqiroz muammosiga Islom aqidasidan kelib chiqib yechim taqdim etayotgan ekan, odamlar bundan taʼsirlanmoqdalar. Bu shunga dalolat qiladiki, Ummat oʻz dini va aqidasidan balqib chiqqan ushbu yechimlar bilan uygʻunlashmoqda, Hizb ut-Tahrirga quloq tutayotgan har bir kishi, Ummatga tegishli loyiha bilan, yurtimizda oʻz manfaatlarini amalga oshirishni koʻzlayotgan mustamlakachi kofirga tegishli loyiha oʻrtasini aniq farqlamoqda.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.