Islom bu siyosatdir

25
0

Islom bu siyosatdir

“Radikalizm va ekstremizm” atamalarining botilligi haqida

Siyosat – Ummatning ichki va tashqi ishlarini boshqarmoq boʻlib, u davlat va ummat tarafidan olib boriladi. Davlat ushbu boshqaruvni amalda bevosita olib boradi, ummat esa bu boshqaruvni qanday olib borayotgani xususida davlatni muhosaba qiladi.

Islom dini – insonning oʻzi va oʻzi kabi atrofidagi boshqa insonlar hamda Yaratuvchisi bilan boʻlgan barcha aloqalarini tartibga solish uchun Alloh Oʻz paygʻambari orqali yuborgan nizomdir.

Islom mafkurasi siyosiy aqidadir. “Alloh insonni bu dunyoga imtihon uchun yaratdi. Inson Yaratuvchisi qoʻygan tartibga muvofiq yashasa oxiratda qayta tiriltirilib, jannat bilan taqdirlanadi. Oʻz holicha, yaʼni tartibdan tashqarida hayot kechirsa jahannam bilan jazolanadi”, deb qatʼiy tasdiq bilan ishonishga iymon deyiladi.

 Islom insonlarning oʻzaro aloqalarini boshqarish uchun nozil boʻldi. Ular bu boshqaruvga itoat yoki osiylik qilganiga qarab mukofotlanadi yoki jazolanadi. Shunga ishonib tasdiqlagan odam musulmon, ishonmagan odam kofir deb ataladi. Bu esa, Islom aqidasi siyosiy aqida ekaniga dalolat qiladi.

 Demak hayotimizni Allohning hukmlariga muvofiqlashtirishimiz kerak. Bu esa, Islomni hayotimizga hakam qilishni, yaʼni har bir aloqa va munosabatlarimizni sharʼiy hukm asosiga qurishni va bu aloqani islomiy qonunlar (tariqat hukmlari) bilan muhofaza qilish farzligini anglatadi!

Kufr olami bunday mafkura egalarini “ekstremist, radikal” deb nomlab olishdi. Maqsadlari Islom mafkurasi bilan qorishib ketgan islomiy shaxsiyatlarni oradan ajratib olib, kufr bilan qorishgan “moʻʼtadil Islom”chilar bilan musulmonlarni zaharlashda davom etishdir! Buning uchun ular iymoniy muhit ustiga qurilgan islomiy muhitni buzib, uni manfaat asosidagi Islomni niqob qilib olgan buzuq fikriy vujudga almashtirishmoqchi boʻlishyapti. Imomlarimizga atayin stipendiyalar (oylik maoshlar) belgilab berish va diniy xizmatchilarga haj yoki umra safarlariga odam olib borish uchun imtiyozlar yaratib berish bilan ularni moddiy manfaat asosida oʻz tomonlariga ogʻdirib olmoqchi boʻlishyapti.

Natijada, baʼzi daʼvatchilar hukumat daʼvatga ruxsat bergani uchun ularni haqqiga duo qila boshlashdi. Alloh farz qilgan ishga maxluqdan yana “ruxsat soʻrash kerak” deb shirkka yoʻl ochib berishgani ozlik qilganidek, musulmonlarni ulardan ruxsat olib, keyin daʼvat qilishga chaqirishmoqda.

Birodarlar, daʼvat farz, u hukumat yoki boshqa bir maxluqdan ruxsat olib, yoki ularni rozi qilish uchun emas, balki faqat Allohning roziligi asosida olib boriladi.  Kufr Islomni oʻz manfaati asosi tomon burmoqchi. Lekin u oʻz maqsadiga erishishda biz musulmonlarni vosita qilib, bizni tashqi koʻrinishimiz islomiy boʻlgan kufr xizmatchilariga aylanitirmoqchi. Ogoh boʻlaylik, Alloh Islomni siyosiy (hayotimizni boshqaruvchisi) qilib nozil qilgan boʻlsa, kufr bergan arzimas dunyo matohlari evaziga dinni taʼvil qilib, kufrga moyillashtirib, iymonimizni sotib yubormaylik!

Abdurazzoq Moʻʼmin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.