Boshqaruv kengashida sobiq rejim uslubidagi regional kvotalar asosida ish yurgizilmoqda

24
0

Boshqaruv kengashida sobiq rejim uslubidagi regional kvotalar asosida ish yurgizilmoqda

Oʻtish davri harbiy kengashi raisi Abdulfattoh Burhon seshanba kuni kechqurun fuqaro va harbiylardan iborat boshqaruv kengashini tashkil qilish toʻgʻrisida konstitutsion farmon chiqardi. Kengashga harbiylardan rais Abdulfattoh Burhon, Muhammad Hamadon Doqlu “Xamidati”, Shamsiddin Kabboshiy, Yosir Ato va Ibrohim Jobir Karimlar, oddiy fuqarolardan esa Hasan Muhammad Idris Qozi, Sodiq Tovur Kofiy, Muhammad Fakkiy Sulaymon, Muhammad Hasan Taoyishiy, Oisha Muso Said va Rajo Nikola Abdulmasihlar aʼzo boʻlishdi. Boshqaruv kengashi raisi Abdulfattoh Burhon chorshanba kuni ertalab sud tizimi rahbari oldida qasamyod qildi. Shuningdek kengash aʼzolari shu kun peshin payti Burhon va sud raisi oldida qasamyod qilishdi. Oʻzgartirish kuchlari boshqaruv kengashidagi vakillarini sobiq rejim uslubidagi regional kvotalar uslubida tanlashdi. Shuningdek oʻn birinchi aʼzo sifatida nasroniy ayolni tanlash boʻyicha harbiylar bilan kelishishdi.

Konstitutsion hujjatning fikriy va siyosiy manbasi islomiy aqida asosida boʻlmas ekan, tabiiyki, uning ustiga qurilgan barcha narsalar Islom hukmlariga toʻla va batafsil teskaridir.

Biz Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati aʼzolari ushbu boshqaruv kengashi tuzilishidagi shariatga zid nuqtalarni quyida bayon qilamiz:

Birinchidan: Boshqaruv kengashi davlat asosini gavdalantiradi, uning oʻn bir shaxsdan iborat boʻlishi Islom hukmlariga zid. Chunki Islomda hokim bitta, u ham boʻlsa musulmonlar xalifasidir. Xalifa boshqaruv va shariat hukmlarini ijro qilishda Ummatning vakilidir. Shuningdek, xalifa bittadan ortiq boʻlishi mumkin emas. Rosululloh ﷺ aytadilar:

“إذا بُوِيعَ لِخَلِيفَتَيْن فَاقْتُلُوا الآخِرَ منهما”

“Agar ikki Xalifaga bayʼat qilinsa ikkinchisini oʻldiringlar”.

Ikkinchidan: Hokim xalifa boʻlishi uchun sharʼiy bayʼat orqali tiklanishi lozim. Chunki Xalifalik hokim va Ummat oʻrtasidagi rozilik bitimidir. Boshqaruv kengashi aʼzolari esa, Ummat tomonidan bayʼat orqali tanlanmadi. Shuning uchun ularning boshqaruvda turishi sharʼan botildir.

Uchinchidan: Hokim gʻayrimusulmon yoki ayol kishi boʻlishi mumkin emas. Xalifa boshqaruv ishlarida ishlash uchun erkak, musulmon, aqlli, balogʻatga yetgan va ozod kishi boʻlishi kerak. Boshqaruv kengashida ikki ayol boʻlib, ulardan biri gʻayrimuslimadir. Shuning uchun boshqaruv kengashi sharʼiy hukmga ziddir. Rosululloh ﷺ aytadilar:

“لَنْ يُفْلِحَ قَوْمٌ وَلَّوْا أَمْرَهُمْ امْرَأَةً”

“Oʻz ishini ayol kishiga topshirgan qavm najot topmaydi”.

Toʻrtinchidan: Boshqaruv kengashi egallab turgan saltanat cheklangan, ularda toʻla boshqaruv salohiyati mavjud emas. Bu Islomga zid, chunki Islomdagi hokimning boshqaruvda toʻla salohiyati bor va unga hech kim sherik boʻla olmaydi. Xalifa quyidagi salohiyatlarga ega:

a) Xalifa Ummat ishlarini nazorat qilish uchun Kitob va Sunnatdan istinbot qilingan sharʼiy hukmlarni tabanniy qiladi. Bu hukmlarga itoat qilish vojib va unga qarshi chiqish mumkin emas.

b)  Xalifa davlatning ichki va tashqi siyosatidan masʼul. U armiya qoʻmondoni boʻlib, urush eʼlon qilish, sulh va kelishuv tuzish salohiyatiga ega.

v)  Xalifa chet el elchilarini qabul qilish va qabul qilmaslik hamda musulmon elchilarni tayin qilish va boʻshatish salohiyatiga ega.

g)  Xalifa muovinlar va voliylarni tayin qiladi va ishdan boʻshatadi. Ular xalifa va Ummat majlisi oldida masʼuldirlar.

d)  Xalifa bosh qozi va qozilarni tayin qiladi va ishdan oladi. Lekin mazolim qozisi xalifa, muovinlar va bosh qoziga qarshi shikoyatlarni koʻrib chiqayotgan paytda xalifa uni ishdan boʻshata olmaydi. Xalifa yana idora mudirlari, armiya sarkardalari va viloyat amirlarini tayin qiladi va ishdan boʻshatadi. Ularning barchasi xalifa oldida masʼul, lekin Ummat majlisi oldida masʼul emas.

ye)  Xalifa davlat byudjeti unga qarab belgilanadigan sharʼiy hukmlarni tabanniy qiladi. U yana byudjet boʻlimlari va barcha chiqimlarni belgilaydi. Bu mablagʻlar kirimga aloqadormi yoki chiqimgami farqi yoʻq.

Shuning uchun aholisi sof kishilar boʻlgan ushbu yurtdagi musulmonlar Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni tiklash orqali islomiy hayotni qaytadan boshlash uchun faoliyat qilayotgan kishilar bilan birga harakat qilishlari lozim. Toki ularning hayotlari Alloh buyrugʻi asosida toʻgʻri boʻlsin.

إِنَّمَا كَانَ قَوْلَ الْمُؤْمِنِينَ إِذَا دُعُوا إِلَى اللَّهِ وَرَسُولِهِ لِيَحْكُمَ بَيْنَهُمْ أَنْ يَقُولُوا سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ

“Alloh va Uning paygʻambariga oʻrtalarida hukm chiqarish uchun chorlangan vaqtlarida, moʻminlarning soʻzi “eshitdik boʻysundik”, (demoqdir). Ana oʻshalargina najot topguvchilardir” [Nur 51]

Hizb ut-Tahrirning Sudandagi matbuot boʻlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.