Sokuluk tumanida roʻmolli qizlar maktabga kiritilmadi

1040
0

Sokuluk tumanida roʻmolli qizlar maktabga kiritilmadi

 Chuy viloyati Sokuluk tumaniga qarashli Jani-Paxta qishlogʻida roʻmol oʻrab kelgan oʻquvchi qizlar maktabga kiritilmadi. Bu haqda “AKIpress”ga oʻquvchi qizlardan birining akasi xabar qildi.

 Taʼlim va fan vazirligining maʼlum qilishicha, konstitutsiyaga muvofiq Qirgʻiziston dunyoviy davlat boʻlib, umumtaʼlim maktablari ham dunyoviy hisoblanadi.

 Vazirlikning taʼkidlashicha, “Hukumat tomonidan maktab formasi boʻyicha tavsiyalar tasdiqlangan, yuqori qismi oq, pastki tomoni qora. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun taʼlim muassasalarida oʻqitishning dunyoviyligi belgilab qoʻyilgan”. 

 “Roʻmol oʻragan qizlar bilan maktab raxbariyati tushuntirish ishlarini olib bormoqda”, – deyiladi vazirlik xabarida.

 Izoh: Qirgʻiziston aholisining 85 foizidan ortigʻini musulmonlar tashkil etishiga qaramay soʻnggi yillar mobaynida maktablarda roʻmol masalasi dolzarbligicha qolmoqda. Rasmiy hukumat ham Qirgʻizistonda boshqa muammo qolmaganidek, eʼtiborini yagona maktab formasi joriy etishga qaratish orqali musulmon oʻquvchi qizlarni huquqlarini paymol etilishiga yoʻl ochib berdi.

 Qirgʻiziston hukumati 2014- yildan boshlab maktab oʻquvchilari uchun yangi maktab formasini joriy etish qarorini tasdiqladi.

  Maʼlumki, mustamlakachi Gʻarb oʻz taʼsir doirasini kengaytirish va mustamlaka qilib olgan islomiy oʻlkalarda musulmon farzandlari Islom dini asoslaridan boxabar boʻlib qolmasliklari uchun bu oʻlkalarning barcha sohalariga aralashgani kabi taʼlim sohasining ham ikr-chikirlarigacha aralashdi. Muslimalar uchun sharʼiy farz boʻlgan satri avrat masalasigacha kirishib oʻsib kelayotgan yosh avlod zehnida or-nomus, hayo tushinchalarini sugʻurib tashlashga intildi.

 Musulmon farzandlariga oʻz dunyoqarashidan kelib chiqqan saqofatni singdirishga, hatto hech qanday ehtiyoj boʻlmagan holda yigit-qizlarni aralash taʼlim olishlarini joriy etib, musulmon farzandlarini mayl-istaklarini ham oʻzgartirishga qattiq intildi.

 Bundan tashqari barcha ishlarini sof moddiy manfaat ustiga barpo etadigan va beradigan taʼlimida ham shu jihatni ustun qoʻyadigan Gʻarb saqofati natijasida ota va farzand, aka va uka oʻrtasidagi mehr oqibat koʻtarilib ketdi. Bugungi kunda yetimxonalar, qariyalar uyi oʻz yaqinlari voz kechgan bolalar va qariyalar bilan toʻlib ketdi. Bularning barchasi faqatgina shu dunyoda yaxshi yashab qolish tushunchasi asosida shakllashtirilgan taʼlim dasturining natijasidir.

 Mazkur muommolardan qutulish uchun Gʻarb saqofati bilan sugʻorilgan aralash taʼlim dasturidan butunlay voz kechish, Allohning roziligini ota-ona roziligi bilan bogʻlovchi, qarindosh-urugʻchilik rishtalarining uzishni Allohning rahmatidan bebahra qilishga olib boruvchi gunoh, dayuslik Allohning jannatidan mahrum etuvchi amal sifatida baholanuvchi islomiy taʼlim-tarbiya asosiga qaytishlik zarur.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.