Norvegiyadagi masjidga boʻlgan hujum: Musulmonlarga qarshi nafrat yoyilishidan Gʻarb hukumatlari javobgardir

27
0

Norvegiyadagi masjidga boʻlgan hujum: Musulmonlarga qarshi nafrat yoyilishidan Gʻarb hukumatlari javobgardir

Keksa yoshdagi ikki musulmon ibodat qilayotgan musulmonlarni oʻldirmoqchi boʻlgan qoʻrqoqni toʻxtatib yuksak qahramonlik koʻrsatishdi. Ushbu voqea 2019 yil 10 avgust shanba kuni Norvegiyaning Baum shahrida roʻy berdi.

Biz Hizb ut-Tahrir Skandinaviya aʼzolari quyidagilarni taʼkidlaymiz:

•  Avvalo keksa yoshdagi ikki musulmonning muborak arafa kunida amalga oshirgan ajoyib qahramonligiga tasanno aytamiz. Alloh Taolodan ularni tezroq sogʻayib ketishi, ularga koʻp yaxshiliklar ato etishi hamda ularning dunyo va oxiratda darajalarini koʻtarishini soʻraymiz.

•  Yana qayta taʼkidlash lozimki, Gʻarb hukumatlari, siyosatchilari va axborot vositalari tomonidan Islomga qarshi gʻarazli xabarlarning davomiy tarqatilishi masjiddagi oʻq otishga undadi. Gʻarb bachadonidan tugʻilgan ekstremistik vahshiylik musulmonlarga qarshi chiqarilgan alohida qonunlar, repressiv siyosatlar va nafrat qoʻzgʻatuvchi xitoblardan kuch olmoqda. Gʻarb davlatlarining barchasi, shu jumladan Skandinaviya davlatlarining hukumatlari aynan mana shu siyosatni qoʻllamoqda. Ular musulmonlarni taʼqib qilish va ular ustidan hukmronlik qilish uchun oʻz mabdalarini ishga solishmoqda.

•  Shuning uchun Gʻarbda ommalashib ketgan va tabiiy ishga aylangan musulmonlarga qarshi nafratdan Gʻarb hukumatlari va axborot vositalari javobgardir. Siyosiy partiyalar musulmon muhojirlar tomonidan boʻladigan “Jang” va Yevropa fuqarolarining “Oʻrnini egallash” kabi tashviqotlarni qonuniylashtirishga chaqirmoqda. Gʻarb davlatlarida 18 yildan beri Islomga qarshi siyosat va tashviqot orqali Anders Breyvik kabi shaxslar namuna sifatida koʻrsatilmoqda. Bu nusxa oʻzini Kraystcherch salibchi terroristik tashkiloti aʼzosi sifatida tanishtirgan shaxsdir. Gʻarb xavfsizlik organlari esa oʻng ekstremistik doiralaridan koʻz yummoqda. Natijada ular taraqqiy etib, oʻz tarmoqlarini boshqa davlatlarga yoymoqda.

•  Bundan tashqari terrorchi oʻng qanot bilan ajralib turuvchi nafrat va adovat Gʻarbdagi nodir koʻrinish emas. Balki bu yerda Gʻarb harbiy kuchlarining Iroq va Afgʻonistonda amalga oshirayotgan ishlari hamda tinch fuqarolarini qirishi va shaharlarni vayron qilishi ham bor.

•  Mulohaza qilish lozim boʻlgan yana bir muhim jihati shuki, Daniya siyosatchilari sukut saqlasalarda alomatlar yorqin koʻrinib turibdi. Chunki Norvegiyadagi jinoyatdan tashqari musulmonlarga nisbatan nafratlanish mavjudligi aytilmasada sezilib turibdi.

•  Bu holat Yevropa tarixidagi odatiy yoʻnalishdir. Chunki fashizm rejimlari xotiralarda tirikdir. Bu esa, Gʻarb oʻziga jalb etgan mabdaiy inqirozning kuchli ifodasidir. Gʻarb davlatlari siyosatida millatchilik, irqchilik va Islomga qarshi nafrat yaqqol koʻzga tashlanadi.

•  Demak Gʻarb davlatlari va axborot vositalari ushbu yurtlardagi musulmonlarga boʻlayotgan xatardan maʼnaviy va siyosiy jihatdan javobgardir. Shuning uchun ular musulmonlarga qarshi nafrat tuygʻularini paydo qilish orqali ekstremizmni qoʻzgʻash va jamiyatlarini qutblashtirishdan toʻxtatilishi lozim. Chunki bu jinoyat va zoʻravonlikka olib boradi.

Hizb ut-Tahrirning Skandinaviyadagi matbuot boʻlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.