Boji Qoid Sabsiy allaqachon oʻlib boʻlgan edi, faqat dafni kechikkan xolos

455
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Boji Qoid Sabsiy allaqachon oʻlib boʻlgan edi, faqat dafni kechikkan xolos

Ustoz Muhammadnosir Shuvayxa

Boji Qoid Sabsiy 2019 yil 25 iyul kuni oʻlgan edi. Oʻlimi ortidan Tunis prezidentligiga kim loyiq, degan gaplar urchigan. Shuningdek, uning oʻlimidan keyin siyosiy sahna qanday boʻlarkin, degan sovollar ham koʻpaygan. Bu savolga Sabsiyning butun Tunis siyosiy sahnasidagi oʻrni, ayniqsa, 2011 yildan keyingi xatti-harakatlari turtki boʻlgan. Xoʻsh, Sabsiy Tunis siyosiy sahnasida bir narsa qildimi va unga taʼsir oʻtkazdimi?! Xususan, uning 2014 yilgi saylovlarda gʻolib chiqqan Nidoi Tunis partiyasining asoschisi va raisi ekani eʼtiboridan, endi uning oʻlimi ortidan nima oʻzgarishi mumkin?!

Tunisning qoʻzgʻolondan oldingi siyosiy sahnasi:

Maʼlumki, rasmiy Tunis Yevropaning, xususan, Britaniyaning hukmronligi ostida. Bu 1956 yil Britaniya oʻz malayi Burqibani qudratga olib kelgandan beri shunday. Keyin uni 1987 yil navbatdagi malayi Ibn Aliga almashtirdi. Burqiba ham, Ibn Ali ham hokimiyatda Dastur nomli bitta partiya bilan boshqarishdi. Keyinchalik Ibn Ali uni Dasturiy Demokratik Ittifoq partiyasiga oʻzgartirdi. Bu partiyadagilar jamiyatning har bir boʻgʻiniga kirib borib, mayda ikir-chikir narsalar ham ularning nazaridan chetda qolmadi, hammasiga hukmronlik qilishdi… Vaziyatni nazorat ostida ushlab turish uchun bu partiya qoʻritish, tahdid qilish va xavotirli vaziyat yaratishni oʻziga qurol qilib oldi. Barcha ilmoniy doiralarni toʻplab oldi. Har bir bosqichda raqiblarini partiyadan chiqarib tashlab, muxoliflarga hech bir darcha qoldirmay yopib tashladi.

Sabsiyning siyosiy sahnadagi mavqeiga kelsak, unga tayanch boʻluvchi shaxslardan biri Burqiba edi… Sabsiy doim Burqibaga hoziru nozil boʻlib, xizmatlarini vafodorlik bilan bajo keltirardi. Sabsiy Ibn Ali davrida (birinchi parlament davrida 1988 yildan 1993 yilgacha) vakillar palatasi spikeri lavozimida ishladi. Keyin qarib qolgani va oʻsha paytda uning keragi boʻlmay qolgani sababli siyosiy sahnada koʻrinmay qoldi.

Birinchi qoʻzgʻolon yillari siyosiy sahnaning izdan chiqishi:

Tunis va qoʻzgʻolondagi siyosiy doiralarga hukmronlik qilishda Britaniyaning quroli boʻlgan ushbu partiya qoʻzgʻolon vaqtida buzildi va ilmoniylar arkonlari vayron boʻldi, hammalari tarqab ketishdi. Qoʻzgʻolon boshlangan paytda siyosiy sahnaga chiqishga jurʼatlari yetmay, nufuzlarini yoʻqotishdi.

Qoʻzgʻolonning boshlanish paytida odamlar Nahza harakatiga yoʻnalishdi. Chunki u islomiy sifatga ega boʻlib, hukmron partiyaga dushman edi. 2011 yil Nahza saylovda keskin gʻolib keldi… Agar makkor va nopok saylov qonuni boʻlmaganida, Nahza taʼsis kengashining bemalol aksarini tashkil qilgan boʻlur edi. Shunday qilib, siyosiy sahna buzildi, ilmoniylarning Nahzaga qarshi tura olmasliklari ayon boʻldi. Ana shunda Britaniya siyosiy sahnada maʼlum muvozanat yaratishga, Nahzaga siyosiy sahna toʻrisidan joy bermaslikka harakat qildi. Chunki Nahzaning islomiy sifati uni choʻchitayotgan edi. Nahzani Britaniyaning oʻzi Londonda oʻstirib tarbiya qilgan, tarkibidagi yetakchilar ham oʻzining qoʻlidan oʻtgan boʻlsa ham, uning islomiyligidan qoʻrqar edi. Bu Britaniyaning eski siyosati… Islomga zarba berish uchun kerak boʻlsa islomiy yurt farzandlarining oʻzidan, Islomdan foydalanadi. Demak, Nahzani ham undan foydalanish zarur boʻlib qolgan paytda vaqtincha islomiy sifat bilan yetishtirib chiqargan.

Sabsiyning 2011 yilgi saylovdan soʻng siyosiy sahnaga suqilib kirishi:

Shundan soʻng Britaniya oʻzining tarqalib ketgan ilmoniylarini toʻplashga harakat qildi. Ular siyosiy sahna toʻrisini egallab, “barqaror” vaziyat yaratishga urinishdi. Soʻng Britaniya Boji Qoid Sabsiyga Nidoi Tunis partiyasini tuzishni buyurdi. Bu partiya oʻziga asosan eski siyosatchilarni jamladi, biroq keng targʻibot olib borishi va katta mablagʻ sarflashiga qaramay, boshlanishda mashhur boʻlolmadi, odamlar tomondan yaxshi kutib olinmadi. Oqibatda 2013 yil boshida qator suiqasdlar boshlanib ketdi: taniqli soʻl qanotchilardan biri Shukriy Bilaidga suiqasd boʻldi. Keyin Milliy assambleyachi Muhammad Brahmiyga suiqasd qilindi. Shunda Sabsiy tez harakatga kirishdi va namoyish oqimini jilovlash uchun soʻlqanot Xalq fronti bilan ittifoq tuzdi. Bu ishda unga Nahza pozitsiyasining zaifligi, boshqaruvni eplolmayotgani, yurtni boshqarishda omadsizlikka yuz tutgani, norozilik namoyishlarini jilovlay olmagani qoʻl keldi. Natijada, Sabsiy namoyishi kelib chiqdi… Uning namoyishi saxovatpesha boylar tomonidan moliyalashtirildi, hamma ilmoniylar, Nahzagi qarshi kuchlar, opportunistlar toʻplanishdi. Nahza orqaga chekindi, Ali Ariz (Laraid) hukumati tarqab ketdi, oʻrniga oʻtish davri hukumati (Ali Juma hukumati) tuzildi, bunga (Tunis Mehnat Uyushmasi, Advokatlar boshqarmasi, Bojxona ittifoqi va Tunis Inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti doxil toʻrt guruhdan iborat) Milliy Muloqot Kvarteti bosh-qosh boʻldi.

Shunday qilib, Britaniya oʻzining yangi partiyasi (eski qoʻriqchisi)ni Nahzaga parallel ravishda joylashtirib olishga muvaffaq boʻldi. Ayni kombinatsiya bilan 2014 yildagi qonunchilik va prezident saylovlaridan keyingi siyosiy sahna shakllandi. Shunga eʼtibor berish lozimki, mashhur Parij uchrashuvi boʻlib oʻtishi, siyosiy “muvofiqlashuv” eʼlon qilinishi va prezidentlik saylovlarida Sabsiyning qoʻllab-quvvatlanishi… Mana shurlar ortidan siyosiy sahnaning bunday shakllanishida Nahza va Gʻannushiy faol rolь oʻynadi.

Nidoi Tunis partiyasining kuchayishi va 2014 yildagi qonunchilik va prezidentlik saylovlarida muvaffaqiyat qozonishi hamda Sabsiyning Nahza yordamida prezidentlikka chiqishi mana shunday boʻldi. Sabsiyning tarqoq ilmoniylar va aksilislomchilarni qayta toʻplagani aniq boʻldi. Aniqki, Britaniya Nahza harakatini siyosiy maydonda yolgʻiz qoldirib ketmas edi, balki ushbu eski soqchisini maydonga qayta olib kelardi.

Ha, shunday boʻldi, biroq…

Jodugar jodusi yakun topib, ilmoniylar ogʻusi foyda bermadi:

Nidoi Tunis tarqab, parchalanib ketdi, keyin Mashrui Tunis partiyasi va uning ortidan Tahyo Tunis partiyasi paydo boʻldi. Qolgan partiyalar esa, ikki boʻlakka boʻlinib, ommaviy axborot vositalarida va sud zallarida dahanaki jang qilishdi… alal oqibat, oʻlgan Sabsiyning oʻgʻli Hofiz Qoid Sabsiy boʻlagi gʻolib chiqdi. Ikkinchi boʻlak esa, ovozi oʻchdi-qoldi. Aftidan, u aʼzo boʻlish uchun boshqa biror partiya axtarayotgan koʻrinadi. Chamasi, bu boʻlinishlarni na oʻlgan Boji Sabsiy hisobga olgan va na Britaniya. Chunki boʻlinish tufayli partiya zaiflashdi, undagi ilmoniylar yanada koʻproq tarqala boshladi, yanada koʻpchilik bilan xusumatlashdi. Boji Sabsiy ayni vaziyatni qoʻliga olishga hayotining oxirigacha urindi, biroq partiyani qayta birlashtirishda ayanchli ravishda omadsizlikka uchradi. Chunki yetakchilar oʻrtasidagi kurash kuchli, har biri hokimiyatdagi “tort”dan oʻz nasibasiga ega chiqishni istaydi. Alhol, “tort” hammalariga yetmaydi. Zotan, Sabsiy urinishlarini chippakka chiqargan va siyosiy kuchini tugatgan ham shu. Boji Sabsiy 2014 yildan beri kuchini yoʻqotgani, 2016 yildan beri esa, oʻz komandasiga taʼsir oʻtkazishga ojiz ekani yaqqol namoyon boʻldi.

Shu jihatdan, Boji Qoid Sabsiy allaqachon oʻlgan edi, faqat dafni kechikdi, xolos, deya olamiz. Chunki u 2016 yildan boshlab oʻziga yuklangan vazifani ado etolmadi. Aftidan, Britaniya uning oʻrniga rolь bajaruvchi alьternativ topmagan koʻrinadi, axir, ilmoniylarni toʻplash kerak, ularni tayansa boʻladigan siyosiy kuchga aylantirish haqida esa, hali gapirilmasa ham boʻladi.

Nahza va xalq otasi roli:

Siyosiy sahnada hamon tarqoqlik hukm surmoqda. Tarqoqlikka sabab, eski soqchi partiyaning siyosiy sahna tashkil etishga ojizlik qilayotganidir. Qolgan bor imkoniyat bilan Tunisning yarim barqarorligiga erishish va inglizlar rejalarini amalga oshirish uchun Nahza harakatiga tayanish zarur boʻldi. Oʻz navbatida, Britaniya Nahzaga tayandi va uning raisiga asosan, Yusuf Shohid va uning Tahyo Tunis partiyasidan iborat ilmoniylarni qoʻllash vazifasini topshirdi, toki, ular oʻz oʻrinlariga ega boʻlishsin.

Bu shuni anglatadiki, Nahza – xususan, mustamlakachilar uni oʻzining islomiyligidan voz kechgan partiyaga aylantirishgach – endi mustamlakachilarning Tunisdagi siyosatiga tayanch boʻladi, mustamlakachilik dasturini (hech boʻlmasa, hozirgi vaqtda) tatbiq etilishini taʼminlaydi. Nahza yetakchilarining, ayniqsa, raisi Roshid Gʻannushiyning bayonotidan u ayni vazifani bajarishga tayyor ekani koʻrinib turibdi. Bunga dalil, Gʻannushiy qonunchilik saylovlariga nomzodini taqdim etdi va aftidan, Sabsiyning oʻrnini bosish uchun prezidentlikka uning nomzodini koʻrsatish maqsad qilinayotgan koʻrinadi. Nahza harakati prezidentlik sayloviga nisbatan ikkilanish va noaniq pozitsiyada turibdi… Shunday boʻlsa ham, yo harakat ichkarisidan bitta nomzod, yaʼni uning raisini nomzod qilib koʻrsatadi yoki harakat tashqarisidan “kamyob qush” nomzod qilinadi. Bu noyob qush ilmoniy boʻlishi va ilmoniy doiralarga maqbul boʻlib, Nahza bilan muvofiqlashgan holda ish yurituvchi boʻlishi kerak boʻladi.

Kasaba uyushma tashkilotlari va saylov muvozanatini barqarorlashtirish:

Nahza harakati dinni siyosatdan ajratganini eʼlon qilsa ham, Britaniya unga hech qachon ishonmaydi. Shu bois, Britaniya Tunisdagi eng katta tashkilot hisoblangan Bosh Kasaba uyushmaga namoyishchilar gʻazabini aldab-bostirish vazifasini yukladi. Shuningdek, saylov boʻyicha muvozanat buzilishi xavfi paydo boʻladigan boʻlsa, uni barqarorlashtirishni ham shu uyushmaga topshirdi. Uyushma ayni vazifani ado etadi ham. Chunki uyushma bosh kotibi Nuriddin Tobbubiy kelasi saylovlarda uyushmamiz ishtirok etadi, dedi hamda ayni ishtirokni ochiqlab, uyushmamizdan hech qanday nomzod koʻrsatilmaydi, dedi. Bu esa, muvozanatni barqarorlashtirish vazifasi, demakdir.

Xotima:

Tunisdagi umumiy sahna mana shunday. Yaʼni, mustamlakachi kuchlar bu sahnani deyarli bevosita boshqarib turishibdi. Partiyalar, tashkilotlar va Sabsiy kabi siyosiy figuralarning esa bajarishdan boshqa roli yoʻq. Bu figuralar bajarayotgan siyosiy rolning umri, bajara olishlariga bogʻliq. Qachon bajarolmay qolsa, chetlashtirilib, maʼlum vaqtdan keyin boʻlsa ham boshqa figura olib kelinadi. Sabsiy ham 2016 yilga qadar Britaniyaga faol rolь ado etib berdi, ammo undan keyin rolini bajarolmay qoldi… Faqat Tunisda demokratiya modelini goʻyo muvaffaqiyatli qilib koʻrsatishga, Tunis hokimiyati tepasiga tinch oʻtish davri orqali kelganini isbotlashga urindi, xolos. Shuning uchun uning oʻlimidan demokratiya modelini maqtashda foydalanishdi.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.