Amerika oʻzining malaylarini – ular orqali oʻz maqsadlarini amalga oshirib boʻlgach – danak kabi tuflab tashlaydi

534
0

Amerika oʻzining malaylarini – ular orqali oʻz maqsadlarini amalga oshirib boʻlgach – danak kabi tuflab tashlaydi

Xoʻsh, bundan ibrat oladilarmi

AQSh maʼmuriyati 2019 yil 14 avgust chorshanba kuni Sudanning sobiq razvedka idorasi raisi Saloh Abdulloh (Qush)ni Amerikaga kirishini man etuvchi qaror qabul qildi. Tashqi ishlar vaziri Mayk Pompeo vazirlik saytida tarqatgan bayonotida Amerika Qushni “Inson huquqlari qoʻpol tarzda” buzilishiga aloqador boʻlgani uchun ushbu qarorni qabul qilganini aytdi. Sudan minbari saytida tarqalgan xabarda shunday iboralar kelgan: (Eʼtiborli jihati shuki, Qush 2018 yil razvedka va xavfsizlik idorasi raisi boʻlib ishlagan paytda, Mayk Pompeo MRB raisi edi. Lekin bu Qushga yordam bermadi. Ayniqsa, Amerikaning milliy manfaatiga zid boʻlmasa bu borada tashqi ishlar vaziri istisno qilish huquqiga ega edi).

Amerikaning asl basharasi mana shudir. Hizb ut-Tahrir musulmonlarni uning hiylasidan doim ogohlantirib kelmoqda. Qush Islomga qarshi kurash borasida Amerikaga katta xizmat qilgan edi. Lekin bu ishlar uni na qutqardi, na shaʼnini oshirdi va na qadrini ziyoda qildi. Vashington Tayms gazetasi 2016 yil 18 mayda “Sudan terrorga qarshi kurash orqali Amerika xayrixohligiga erishmoqda” nomli maqola chop etgan edi. Maqolada keltirilishicha, Sudanning Amerikadagi elchisi Muoviya Usmon Xolid gazeta muxbiri bilan boʻlgan uchrashuvda Sudan davlati Amerika xavfsizlik idorasiga muhim maʼlumotlarni topshirganini aytgan… Sudan razvedka idorasi masʼullari Afrika miqyosida terrorga qarshi kurashdagi amaliyotlarni bajarishda frantsuz, italyan va amerikalik sheriklari bilan hamkorlik qilishgan.. Shuningdek, Sudan olam miqyosida terrorga qarshi kurashda Amerikaning ishonchli sherigi hisoblanadi. (Al-Jazira net).

Amerika shularning barchasiga qaramasdan, malaylarini axlat qutisiga tashlagandek, xorlab, yoʻlning oʻrtasida tashlab ketaveradi. Malaylar Amerika uchun oʻz yurtlarida imkoniyatlar yaratib bergani hamda Alloh, Rasuli va Ummatiga xiyonat qilganiga qaramay, ularga hech kim qaygʻurmaydi. Bashir rejimi Amerika foydasiga va unga aldanib amalga oshirgan jinoyatlarini tan olgan. Ushbu jinoyatlar tufayli Bashir rejimi odamlarning gʻazabiga uchragan paytda ham Amerika ulardan yanada koʻproq xoinlik qilishlarini talab qildi. Natijada ular qulab, oʻrniga boshqalar keldi.

Sudan tashqi ishlar vaziri Dardiriy 2018 yil 22 noyabr Frans 24 kanali bilan boʻlgan suhbatda shunday degan edi: “Sudan davlati mintaqadagi eng katta va ogʻir masalani, yaʼni Janubiy Sudan masalasini hal qilishda Amerikaga yordam berdi”. Sudanning yana bir tashqi ishlar vaziri Ibrohim Gʻandur 2017 yil 13 aprel payshanba kuni (Janubni boʻlish til biriktiruv asosida amalga oshirilgan boʻlib, biz uni qabul qilgan edik) degan edi. Prezident Bashir 2017 yil 25 noyabr shanba kuni “Sputnik” sayti bilan boʻlgan suhbatda shunday degan edi: “Amerikaning Sudanga boʻlgan bosimi va til biriktiruvi kattadir. Amerika Darfur va Janubiy Sudan muammolarida yordam berdi va qoʻllab-quvvatladi. Amerika bosimi bilan Janubiy Sudan boʻlindi. Bu boʻlinish Amerika bosimi va til biriktiruvi bilan amalga oshdi. Sudanni vayron qilish va beshta davlatga boʻlib yuborish rejasi bor…).

Biz Hizb ut-Tahrir Sudan viloyati aʼzolari Amerika buyruqlariga ergashish hamda uning yurt va odamlarga qarshi xatarli rejalarini amalga oshirish xataridan koʻp ogohlantirib kelganmiz. Shuningdek, bu ishlar Allohning buyruqlariga qarshi chiqish deb aytganmiz.

إِنَّ الْكَافِرِينَ كَانُواْ لَكُمْ عَدُوّاً مُّبِيناً

“Albatta kofirlar sizlarga ochiq dushman boʻlgan kimsalardir” [Nur 55]

Shunday ekan, Amerika, Yevropa va Rossiya kabi mustamlakachilarga bogʻlangan siyosatchilar bundan qachon saboq oladilar va qachon toʻgʻri yoʻlni tutadilar? Qachon ular Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni tiklash uchun faoliyat qilayotgan xolis birodarlari bilan birlashadilar? Zero, Xalifalikkina musulmonlar yurtlaridagi kofirlar nufuziga barham beradi. Shuningdek Xalifalik barcha shirklardan pok Allohning vaʼdasi va Rosulining xushxabaridir.

وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُم فِي الأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْناً

“Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari oʻtgan (imon-eʼtiqodli) zotlarni xalifa qilganidek, ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan (Islom) dinini gʻolib-mustahkam qilishni hamda ularning xavfu-xatarlaridan soʻng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qoʻyishni vaʼda qildi” Nur 55]

Hizb ut-Tahrirning Sudandagi matbuot boʻlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.