Malayziyaning Saboh viloyatida Hizb ut-Tahrirga tuhmat qilindi

440
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Malayziyaning Saboh viloyatida Hizb ut-Tahrirga tuhmat qilindi

Hizb ut-Tahrirning Malayziyadagi rasmiy notigʻi

Ustoz Abdulhakim Usmon

Saboh viloyati Malayziyada Hizb ut-Tahrirga qarshi yolgʻon fatvo chiqarilgan viloyatlardan ikkinchisi boʻldi. Bundan oldin Selangor viloyatida shunday fatvo chiqarilgan edi. 2017 yil 7 sentyabrda chiqarilgan fatvo Selangor fatvosi bilan bir xil, hatto abzats va nuqtalari ham oʻzgartirilmagan “kopiya”si boʻldi. Hizbga qarshi tuhmat, uydirma va yolgʻonlar bilan toʻlib-toshgan 7 sentyabrdagi bu fatvoga 2017 yil 8 noyabrda eʼtiroz risolasi nashr qilish bilan raddiya berilib, 13 noyabr kuni Saboh viloyati muftisiga berilgan edi. Taʼkidlash joizki, muftiy hazratlarining ham, muftiyotning ham, viloyat fatvolar kengashining ham risolaga javob berish qoʻlidan kelmagan va Alloh Subhanahu va Taoloning irodasi ila, hanuz javob berolmayaptilar.

Adashgan mazhablar bilan bogʻliq oʻsha fatvoga va Saboh viloyati tomonidan chiqarilgan boshqa tuhmat fatvolarga asoslanib, qonun va viloyat mahalliy ishlari boʻyicha vazir Idiy Muxtor – Sabohda 2017 yildan beri 25ta adashgan mazhablar bor, dedi. Bu soʻzlarni u yaqinda 2019 yil 6 avgustda viloyat qonunchiligi kengashining qonun loyihasiga oʻzgartirish kiritish yigʻini chogʻida aytdi. Shuningdek, oʻsha mazhablar ichida Millati Ibrohim, Hizb ut-Tahrir va Shia ham borki, ular rahbarlarimiz va hukumatimizga qarshi urushni oʻzida mujassamlagan ekstremistik gʻoyalarga ega. Ular bizning rahbarlar ularning fikrlariga imon keltirmaganlari yoki ularning taʼlimotlariga yurmayotganlari sababli ularga qarshi chiqishyapti. U yana bunday dedi: “Adashgan, ayniqsa, mana shunday ekstremistik taʼlimotlarning borligi nafaqat musulmonlar, balki boshqa din va millat vakillari tinchligiga ham rahna solishdan boshqa narsani keltirib chiqarmaydi”.

Viloyat qonunchiligi kengashi aʼzolari jinoyat toʻgʻrisidagi 1995 yilgi qonunga oʻzgartish kiritish hamda Islom va ahli sunna val jamoa taʼrif-qoidalariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisidagi qonunni bir ovozdan tasdiqlashdi. Shu bilan birga, Islom shariatiga yoki davlatda tatbiq qilinayotgan biror fatvoga zid keluvchi darslar yoki mazhablar yoxud tadbirlar uchun darralash jazosi qoʻllash toʻgʻrisidagi qonun ham bir ovozdan tasdiqlandi.

Adashgan taʼlimotlarga ega, deya Hizb ut-Tahrir nomini qora qilishdan tashqari, Saboh viloyati fatvosida “Hizb ut-Tahrir hukumat, parlament va ulamolarni kofir, deb hisoblaydi, ular kufr tuzumini qabul qilishgani uchun ularga qarshi urushga chaqiradi”, deyildi. Hizbni badnom qilishga qaratilgan ayni yolgʻon fatvoni, hozirda – bu safar ham ham mutlaqo tekshirish va oʻrganishsiz – viloyat qonunchilik kengashiga taqdim qilishga tayyorlashyapti! Qanday qilib davlat kengashi aʼzolari bu fatvoni tekshirmay tasdiqlasharkin?! Aftidan, ular masala Hizb ut-Tahrir haqida boʻlsa aqllarini, fikru farosatlarini yoʻqotib qoʻyishayotgan koʻrinadi. Axir, Hizbning biror fikrini oʻrganishganmikin? Yoʻq, oʻrganishmagan albatta. Viloyatda yoki dunyoning biror yerida Hizb ut-Tahrirning kufr tuzumini tatbiq qilishgan hukmdorlarni “kofir”, deganini eshitishganmikin?! Hizb ut-Tahrirning biror hukmdorga yoki hukumatga qarshi urush qilganini guvohi boʻlishganmikin?! Hizb 1953 yil tashkil topib, toʻqsoninchi yillar oxirida Malayziyaga kirib kelgandan buyon uning qoʻli bilan bir topchi qonning toʻkilganini koʻrishganmikin?! Shunchalik ham kazzob boʻlishadimi bular?!!

Davlatning Saboh viloyatidagi kengashi aʼzolari daʼvosicha, Hizb ut-Tahrir nafaqat musulmonlarga, balki boshqa odamlarga ham salbiy taʼsir koʻrsatar emish. Agar bu kimsalarning koʻzi ochiq boʻlganda edi, Hizbning koʻplab Ummat yoshlarini uygʻotish hamda hayotdan koʻzlangan maqsadni oʻrgatish orqali jaholatdan qutqarayotganini koʻrgan boʻlardilar. Shuningdek, Hizbning yoshlarni Islom bilan maʼrifatlab, buzuq axloqlarini oʻnglash orqali Alloh Subhanahuga itoat qiluvchi avlodga aylantirayotganiga, Qurʼondan bitta soʻzni ham bilmaydigan yoshlardan Qurʼon posbonlari yetishtirayotganiga, Gʻarbning kufr ideologiyasidan Islomning hayotiy yoʻl sifatidagi tariqatiga olib chiqayotganiga guvoh boʻlishardi. Ularda koʻz boʻlganda edi, Hizb ut-Tahrir yoshlarining, ayniqsa, Saboh viloyatidagi hizbiylarning jamiyatda koʻplab ezgu ishlar va tadbirlar oʻtkazayotganlarini, viloyatdagi musulmon boʻlmagan kishilarning Hizb aʼzolari bilan suhbatlashish ortidan Islomni qabul qilishayotganini koʻrishgan boʻlur edi.

Viloyat kengashi aʼzolari Hizb ut-Tahrirni jamiyatga salbiy taʼsir keltirishda ayblashar ekan, bu bilan xuddi osmonga tupurgan odamning ishini qilishayotganini bilishmayapti. Zero, kim osmonga tupursa, tupugi oʻzining yuziga kelib tushadi! Saboh viloyati ahli yaxshi biladilar: ularning boyliklarini tortib olib, oʻz choʻntaklariga urayotganlar kimlar ekanini, yashash turmush tarzini ogʻirlashtirganlar kimlar ekanini, taʼlim va taraqqiyot sohasida oʻnlab yillardan beri qoloqlik keltirib chiqarganlar kimlarligini, Saboh viloyati Malayziyadagi eng boy viloyatlardan biri boʻla turib, uning aholisi eng kambagʻal aholi ekanini yaxshi biladilar. Shu bilan birga, bu aholiga kimlar salbiy taʼkir oʻtkazayotganini ham yaxshi tushunadilar! Bu viloyat kengashi aʼzolari birovlarning yuziga qora choplashdan oldin oynaga boqib, oʻz basharalarini koʻrsalar, yaxshi boʻlardi!

Xullas kalom, Malayziya davlatining Saboh viloyati kengashi aʼzolari Hizb ut-Tahrirga qarshi tuhmatlarning hech qanday yaxshilik keltirmasligini, nafaqat bu dunyoda, balki oxiratda ham yomonlik keltirib chiqarishini tushunisholmadi!

Roya gazetasining 2019 yil 28 avgust chorshanba kungi 249-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.