Sudan va xalqaro kurash olovi

377
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sudan va xalqaro kurash olovi

Muhandis Hasbulloh Sulaymon – Sudan

Xalqaro inqiroz guruhining Sudan masalasi boʻyicha xalqaro eksperti Abdulfattoh Fotihiy “Arabiya DW” telekanaliga intervьyu berdi. Uning fikricha, Sudan ishi Misr, Saudiya va Amirliklarning harbiy xuntasi tomonidan keng koʻlamda qoʻllab-quvvatlanishi natijasida allaqachon xalqaro darajaga olib chiqilgan. Uch kun davom etgan fuqarolar isyoni Efiopiya vositachiligi aralashuvi bilan tugatilgach, oʻsha kunning oʻzida AQSh oʻzining faxriy diplomati Donalьd Butni Sudanga maxsus vakil qilib tayinladi. Shuningdek, AQShning Afrika masalalari boʻyicha davlat kotibi Tibor Nad Sudanning Harbiy Kengashi hamda Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari bilan uchrashdi.

Fotihiyning soʻzlariga koʻra, AQShning Sudanga vakil tayinlagani, u yerda boʻlajak hokimiyatning siyosiy xususiyatlarini yaratishga qiziqayotganidan darak beradi. Bugun Qoʻshma Shtatlar xususan, Sudanning chegaradosh davlatlar bilan ittifoq va kelishuvlar imzolayotganini anglab yetgan ekan, bu yurtda oʻz strategiyasini amalga oshirishga kirishdi. “Rabot shahridagi Sahro va Afrika strategik tadqiqotlar markazi”ni boshqarayotgan Fotihiyning taʼkidlashicha, bir necha regional davlatlarning aralashuvi Sudan inqirozi umrini uzaytirmoqda. Misr, Saudiya va Amirliklardan tashqari, ayni inqirozga sabab boʻlgan boshqa regional davlatlar ham bor, masalan, oʻtgan aprel oyida Turkiya prezidenti Erdogan ham – Afrika yuragi hisoblangan Sudan barcha masalalarda xorijiy aralashuv qurboni boʻlmoqda, dedi. Maʼlumki, Erdogan Sudanni 2017 yilda ziyorat qilgan. U oʻshanda Sudandagi Savokin orolini boshqarish vazifasi Turkiya tomonidan olib borilishini qoʻlga kiritgan edi. Soʻng Sudan ichkarisida sarmoyalarni asta sekin oshirib borib, 10 milliardga yetkazishni rejalashtirayotganini bildirgan edi.

Sudanga boʻlgan aralashuvlar hatto Addis-Abebadagi muzokarachilarga ham oʻz taʼsirini oʻtkazishga ulgurdi. Masalan,  falastinlik Muhammad Mushorifa kutilmaganda muzokaraga mezbonlik qilayotgan “Radisson” mehmonxonasida paydo boʻldi. Bu Mushorifa, degan kimsa Abu Dabi valiahdi Ibn Zaydning maslahatchisi Muhammad Dahlonning yaqin odami hisoblanadi. Ammo u Sudandagi tomonlarning hech biriga daxli yoʻq!

Faollar Sudan Harbiy Kengashi bilan Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari oʻrtasidagi Addis-Abeba muzokaralaridan Amirliklar nima istamoqda, degan tabiiy savollarni oʻrtaga tashlashdi. Haqiqatdan ham, Abu Dabi sultoni bilan qalin aloqada boʻlgan bu kimsaning muzokaralarga mezbonlik qilayotgan mehmonxonada paydo boʻlishi gʻayritabiiy hol. Uning xatti-harakatlari, muzokaradagi shaxslar bilan uchrashuvlar oʻtkazishi hamda muzokarada boʻlayotgan ishlar toʻgʻrisida kimlar bilandir telefon orqali tinimsiz soʻzlashishi savollarni yanada kuchaytirdi. U yerda Qatar ham bor edi. Efiopiya sultonligi Adolat va Tenglik partiyasi raisi Jibril Ibrohimni uchrashuvga taklif qilib, uchrashuv ortidan uni Qatarning Addis-Abebadagi elchisi bilan uchrashtirgan. Manbalarning aytishicha, Jibril Addis-Abebadagi Davha elchixonasida boshqa qatarlik rasmiylar bilan ham uchrashgan va u yerda xorijiy razvedka xodimlari ham boʻlgan. Manbalarning aytishicha, Efiopiya xavfsizlik xizmati ayni maʼlumotlarga yetarli darajada ega boʻlib, Jibrilni soʻroqqa chaqiradi va muzokaralarni barbod etish koʻzlangan bu uchrashuv xususida tergov olib boradi. U yerda koʻp sonda Qatar razvedkasi ham boʻladi va u Sudan Harbiy Kengashi bilan boʻlgan muzokarani barbod etish maqsadida Sudan muxolafati yetakchilarini jalb qilishga harakat qiladi. Taʼkidlash joizki, Efiopiya rasmiylari Afrika vositachilari aralashuvidan soʻng Jibrilni yurtdan chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorini bekor qiladi.

AQShning Sudandagi maxsus vakiliga kelsak, siz uning yurt ichkarisida va tashqarisida qilayotgan aloqalariga va Sudan masalasida berayotgan bayonotlariga nazar tashlasangiz, bu yurtdagi oliy vakil oʻsha ekaniga amin boʻlasiz. Masalan, u Harbiy Kengash bilan ham uchrashdi, Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari bilan ham, Sodiq Mahdiy bilan ham uchrashdi, qurolli harakatlar bilan ham, Saudiya bilan ham, Amirliklar bilan ham, Misr bilan ham uchrashdi… Muzokaralar qayeriga yetib keldi, qachon qayta boshlanadi, umumiy pozitsiya qanday va qayerga olib boradi, bular va boshqa barcha ishlar AQSh vakilining doimiy vazifasiga aylangan!

Harbiy toʻntarish boʻladi, deya eʼlon qilinganiga kelsak, bu ishni Sudanga koʻz olaytiruvchi ajnabiy qoʻllar sodir etishi ehtimoldan xoli emas. Zero, bu beshinchi marta shunday eʼlon qilinishi, shu paytga qadar bunga urunilib, muvaffaqiyatsiz chiqdi. Bu safargi urinishdagi ishtirokchilar orasida – aytishlaricha – armiya bosh shtabi boshligʻi, quruqlik kuchlari qoʻmondoni, zirhli texnika qoʻmondoni, maxsus kuchlar qoʻmondoni, raketa kuchlari qoʻmondoni, xalq mudofaasi qoʻmondoni, harbiy zona qoʻmondoni ishtirok etadi. Ulardan 13 nafari brigada qoʻmondoni, 40 nafari polkovnik, 70 nafardan ziyodi turli unvondagi zobitlar, 15 nafar xavfsizlik xizmati va razvedka zobitlari, shuningdek, islomiy harakatlar rahbarlari va Millik Kengress rahbarlarini tashkil qilishi aytilmoqda. Xoʻsh, mana shularning barchasi harbiy toʻntarishga til biriktirib, soʻng muvaffaqiyatsiz chiqishi aqlga toʻgʻri keladimi?!!

Bu xuddi Erdoganning “tozalash” ishlarini amalga oshirishda muvaffaqiyatsiz chiqqan davlat toʻntarish amaliyotidan foydalanganiga oʻxshaydi. Sudan va Misr diplomatik manbalari buning “regional davlatlarning Sudanda oʻz odamlarini kasb qilish va oʻzlariga tobe rejim yaratish maqsadidagi kurashlari doirasida boʻlishi”ni aytishdi. Ilgari manbalar Amirliklar bilan Saudiya oʻrtasida kelishmovchilik boʻlganini ochiqlashgan edi. Biroq maʼlumki, bu regional davlatlar xalqaro kurashdagi qurollar, xolos. Ularning har biri haqiqiy ish boshqaruvchi va amaldagi tomonlar hisoblangan yirik davlatlar koʻrsatmasi boʻyicha harakat qiladi.

Mening butun musulmonlarga, xususan, Sudan ahliga aytar soʻzim: qachongacha biz vahshiylar kurashidagi oʻljalar boʻlib qolaveramiz?! Alloh Taoloning

كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ

“Sizlar insonlar uchun chiqarilgan ummatlarning eng yaxshisi boʻldingiz” [Oli Imron 110]

degan kalomidagi kishilar biz emasmizmi?! Qoʻzgʻolon vositasida hokimiyatga yetib olishga halloslab chopayotgan bu siyosatchilarga ishonish Bashir rejimini yoʻq qilish uchun sarflangan ulkan saʼy-harakatlarni zoye ketkazadi. Bas, xalqaro hamjamiyat va ochkoʻz davlatlarga emas, Allohga yuzlanaylik, yollanganlar yoki hokimiyatparastlarga emas, Ummatimiz farzandlariga yuzlanaylik… ana shunda kapitalistik demokratik hokimiyat oʻrniga, Allohning Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik hokimiyatini barpo etamiz.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.