Britaniya: Jonson siyosati

482
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Britaniya: Jonson siyosati

Ustoz Adnon Xon

Boris Jonson 2019 yil 23 iyuldagi saylovda gʻalaba qozonib, yaqinda boʻlib oʻtgan umumiy saylovlarda gʻolib chiqqan Konservatorlar partiyasiga rais boʻldi va bu bilan Britaniya bosh vaziriga aylandi. U uch yil ichida boʻlgan bosh vazirlarning uchinchisidir. Bu kimsa koʻp omadsizliklarga uchrashiga, noqobil shaxs boʻlganiga, nuqul janjallarga sabab boʻladigan bayonot va qilmishlarga odatlanganiga qaramay, keyingi yigirma yildan ziyod vaqt ichida jamoatchilik diqqati markazida turdi hamda Konservatorlar partiyasida eng xalqchil siyosatchiga aylandi.

Boris Jonson siyosat va jurnalistika sohasida uzoq stajga ega boʻlib, ancha vaqt ommaviy axborot vositasi imkoniyatidan foydalandi. Uning asl oilasi Usmoniy Xalifalikda yashagan. Ota tomonidan bobosi Kamol Ali Usmoniy davlati jurnalistlaridan biri boʻlib ishlagan. Kamol Ali Xalifalikka ochiq qarshi chiqib, kuch toʻplagan va turk istiqloli urushiga kirgan millatchilar harakatiga aʼzo boʻlgan. Mana shunday liberal qarashlari sababli uni sulton Abdulhamid surgun qilgan edi. 1922 yil Kamol Ali oʻldirilganda farzandlari Birinchi Jahon urushi davrida Britaniyada yashashardi. Kamol Alining oʻgʻli Usmon Kamol ona tomonidan boʻlgan bobosining familiyasiga oʻtib, (Usmon) Uilfred Jonson boʻldi. U Arin Uilьyamsga uylandi. Yana bir oʻgʻli Stenli Jonson atrof muhit va aholi sohasi boʻyicha ekspert boʻldi hamda 1979 yildan 1984 yilgacha Konservatorlar partiyasidan parlamentda deputatlik qildi. Stenli oilasining olti farzandi boʻlgan. Ularning kattasi Boris Jonson, yaʼni, bugun Britaniya bosh vaziri boʻlgan kimsa. Jonsonning Jozef Jonson ismli ukasi parlamentda Konservatorlardan deputat. Borisning singlisi Rashel Jonson ham siyosatga bogʻlangan va milliy axborot vositalarida tezda-tezda koʻrinib turadi.

Boris Jonson oilasi va zurriyoti yuz yildan ortiq vaqt siyosiy hayotda ishtirok etdi. Boris ham siyosatga kirishdan oldin axborot va jurnalistika sohasida mehnat qildi. Faoliyatini Britaniya imperatorligi va muassasasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi Tayms gazetasidan boshlaydi. Biroq tovlamachilik va yolgʻonchilik aybi bilan ishdan haydaladi. Keyin Deyli Telegrafga jurnalist boʻlib joylashadi. Konservatorlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi bu gazetaning Bryusseldagi muxbiri boʻlib ishlaydi.

Jonsonning asosiy diqqat-eʼtibori Yevropa Ittifoqidan faqat bemaʼni va yomon narsa keladi, degan tushunchaga asoslangan. Yevropa Ittifoqiga doir masalalarda turli yolgʻon-yashiq gaplar gapirganiga qaramay, ayni ittifoqqa qarshi maqsadi bilan Britaniyada nom chiqardi. Masxarabozlik tabiatiga ega boʻlgan Jonson “Menda sen uchun yangiliklar bormi” nomli yumoristik teleshouda muntazam bellashib keldi.

U Maykl Xezeltayn nafaqaga chiqqanidan soʻng 2001 yilda parlamentga kirdi. Sakkiz yil deputat boʻlib, soʻng parlamentdan boʻshatildi va London meri lavozimiga oʻtdi. Bu vaqt ichida juda kam yutuqqa erishdi va hukumatda aytarlik rolь bajarmadi. Mamlakatda moliyaviy firibgarlikni nazorat qilish qoʻmitasiga rais boʻlib ishladi. Koʻplab partiyaviy uchrashuvlarni oʻtkazib yubordi, qatnashmadi. Parlamentdagi ovozlarning yarmidan kamida ishtirok etdi. Odatdagidek, partiya yoʻlini qoʻllab-quvvatladi va Iroqqa qilingan urushga boshida qarshi chiqqan boʻlsa-da, keyinchalik uni ham qoʻllab-quvvatladi.

Devid Kemeron Konservatorlar partiyasiga rais boʻlgach, yoshlikda birga oʻqigan Boris Jonsonga soya hukumatidan joy bermadi va Borisning muvaffaqiyatga erishish imkoniyati tugagandek boʻldi. Biroq, London meri unga Konservatorlar partiyasidan vakil boʻlishni taklif qildi va 2008 yil muntazam kampaniyada London meriga aylandi.

Jonson parlamentga qaytdi va 2015 yil parlamentdan Aksbridj va Uaytinsvill oʻrinlarini egallashga muvaffaq boʻldi. Eng dahshatlisi, Tereza Mey uni oʻzining Tashqi ishlar vaziri lavozimiga oʻtqazdi, vaholanki u bilan oralaridagi dushmanlik hammaga ayon edi. Borisning eng katta xatosi odobsiz gapi boʻldi va shu gapi tufayli Eron qamogʻida yotgan eronlik-britaniyalik Nozanin Zogariy-Retkliffning qamoq muddati yana uzaytirildi. Bu bilan Jonson tarixda tashqi ishlar vazirlarining eng yomoniga aylandi.

U doim Yevropa Ittifoqiga qarshi edi va bundan ham oʻzining kasbiy hayotiga asos sifatida foydalanardi. Otasi Yevroparlamenti aʼzosi hamda Yevrokomissiyaning katta aʼzosi sifatida Bryusselda ishlagan. Boris Jonson mana shu Bryusseldan turib Yevropa Ittifoqi loyihalari va tortishuvlari toʻgʻrisida yolgʻon va tuhmatlarga toʻla maqola yozdi. 2009 yildan boshlab, Britaniyaning Yevropa Ittifoqdagi aʼzoligiga qarshi referendum oʻtkazishga chaqirib keldi. Britaniyaning YeIga aʼzoligi uning “asl” xalqi maoshi bosim ostida qolishiga olib kelganini taʼkidlab, “Evropa Ittifoqi eng yirik davlatga aylanishni va Britaniyani mustaqilligidan mahrum etishni istaydi, dedi. 2019 yilda Jonson – kelishuv boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼiy nazar – Britaniya Yevropa Ittifoqidan joriy yilning oktyabrida albatta chiqadi, dedi.

Jonson – Britaniya AQSh bilan yaqin aloqada boʻlishi kerak, chunki bu Britaniya manfaatiga xizmat qiladi, deb doim gapirib keldi. Tramp ham Jonson haqida ijobiy mulohazalar bildirgan, ayniqsa, bosh vazir boʻlgandan beri. Shuning uchun ikkovlon yaxshi ketishyapti. Lekin bu biror tub oʻzgarish keltirishini koʻramizmi yoʻqmi, nomaʼlum. Jonson Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan tashqarida dunyoda yangi buyuk kuchga aylanishini doim taʼkidlab keldi. U Britaniyaning kuchayishiga Yevropa Ittifoqi toʻsiq boʻlyapti, deb biladi. Uning strategiyasi boʻyicha, Britaniyaning hech qanday kelishuvsiz Yevropa Ittifoqini tark etishi, Yevropa Ittifoqini Britaniya uchun eng yaxshi bitimni taklif qilishga majbur qiladi. Toʻgʻri, Britaniya bosh vaziri parlamentini oʻzgartirdi, Yevropa Ittifoqi oʻzgarishsiz qoladigan boʻldi, Britaniya parlamenti Yevropa Ittifoqidan ajralishga qarshi chiqdi. Biroq Konservatorlar partiyasi kichik partiya bilan koalitsiya tuzgan hukumatda koʻpchilikni tashkil qiladi. Shu nuqtai nazardan, oʻzining mavqeini kuchaytirish uchun saylovlar oʻtkazilishi mumkin. Jonson esa, kuchli yetakchi emas… Briksitning belgilangan muhlati tugaydigan boʻlsa, Jonson sinovdan oʻtadi va masala uni almashtirishga borib taqalishi mumkin.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.