Jazoirda milliy dialog yechimmi yoki koʻzboʻyamachilik?!

20
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Jazoirda milliy dialog yechimmi yoki koʻzboʻyamachilik?!

Abu Hamza Xutvoniy

Oʻtgan hafta Jazoir prezidentligi vazifasini bajaruvchi Abdulqodir ibn Solih xalqning oʻzgarish talablarini jilovlab olish maqsadida navbatdagi siyosiy hiylani amalga oshirishga kirishdi. U milliy dialog uchun yangi tashabbus bilan chiqdi. Bu tashabbus “milliy shaxslar” roʻyxati borasida maslahatlar oʻtkazishni taqozo qiladi. Zero bu roʻyxatdagilar ana shu milliy dialog, degan narsaga yetakchilik qilishadi. Bu bilan butun yurtni oʻz domiga tortgan siyosiy krizisdan chiqishni hamda Jazoirni bir oz barqarorlikka olib boradi deya koʻrilgan siyosiy yechimga erishishni koʻzlashgan. Ibn Solih “Prezidentlik saylovi yagona real va maʼqul demokratik yechim boʻlib qolmoqda. Davlatimiz milliy dialog orqali barcha talab qilingan shartlarni kafolatlaydi”, dedi. Butun jazoirliklarni oʻzining tashabbusini qabul qilishga chaqirar ekan, bu tashabbusda “barcha shaxsiy va partiyaviy manfaatlar koʻtarilajagi”ni taʼkidladi. Maslahat aʼzolariga muvofiqlashuvchi rostgoʻy milliy shaxslarni tanlash ixtiyorini berishini, bu shaxslar yakdil milliy forumni nazorat qilib borajaklarini, saylovlarni hukumat va harbiy muassasaning maʼmuriy aralashuvidan xoli ravishda oʻtishi uchun mustaqil oliy komissiya tuzilishiga bosh-qosh boʻlishini daʼvo qildi.

Xoʻsh, aslida bu qanday dialog oʻzi? Unga ishonsa boʻladimi? Qoʻzgʻolon talablarini qondirishga qodirmi? Yoki u qoʻzgʻolon talablarini jilovlab olishga urinishdan boshqa narsani bilmaydimi?! Ayni tashabbus qay darajada muvaffaqiyat qozona oladi? Qolaversa, Jazoirda surunkali davom etayotgan boshqaruv krizisiga chek qoʻyish unga nasib qiladimi?

Bu tashabbusni tatbiq qilish uchun dialogning yangi bosqichi boshlanadi, bu bosqich shunday bosqichki, unda hokimiyatga gʻoyat oʻch partiyalar, mansab kursilariga har qancha qimmatga tushsa ham oʻtirishga chiranuvchi siyosiy “shaxs”lar bilan birga harakat qilinadi.

Eʼlon etilishicha, tashabbus Jazoirdagi ogʻir siyosiy krizisni hal etishga qaratilgan boʻlib, unda mustaqil, deya daʼvo qilingan 500 nafar shaxs qatnashadi. Ular turli siyosiy kuchlardan iborat, jumladan, muxolafat partiyalari, adliya vakillari, talabalar tashkilotlari, “fuqarolik jamiyati”dagi faollar kabi. Ular ichida koʻzga tashlanuvchi asosiy figuralar bor, masalan, sobiq hukumat raisi, hozirda Hurriyat Yoshlari partiyasiga raisi Ali ibn Flis, Tinchlik Jamiyati harakati raisi Abdurazzoq Muqri, Adolat va Rivojlanish Fronti partiyasi raisi Abdulloh Jobulloh, Yangi Avlod partiyasi raisi Abdulqodir ibn Qarina, Ziyolilar Harakati klubining matbuot kotibi Ammor Jaydal kabilar.

Tashabbusning asosi boʻlgan ushbu dialog milliy dialog klubi, degan dastak ostida oʻtkaziladi. Chunki undan oldin ikki tashabbus omadsizlikka uchradi. Ikkalasini ham Ibn Solih mumkin qadar tezroq prezidentlik saylovini oʻtkazish uchun oʻtgan oylar davomida taklif qilgan. Chunki shu vaqtga qadar konstitutsion kengash 4 iyulga belgilangan saylovni bekor qilishga majbur boʻldi. Chunki uni qoʻzgʻolon yoʻqqa chiqardi.

“Barcha erkin va shaffof saylovga borishga rozi”, degan shior ostida forum ish boshladi. Forumni sobiq vazir Abdulaziz Rahobiy boshqarib, “anjumanimiz qatnashchilari saylov va uning mustaqilligini taʼminlash uchun milliy hayʼat tuzish masalasini muhokama qiladilar”, dedi. U yana “Bu forumning maqsadi, keng qamrovli muloqot uchun xalq bilan hokimiyatga zamin boʻluvchi siyosiy tashabbusni tashkil qilish” ekanini taʼkidladi. Forum qatnashchilari ayni milliy dialog forumi xalq harakatining barcha talablarini, xususan, Buteflika rejimidagi barcha eski rahbarlarni ketishiga oid talablarni qoʻllab-quvvatlash uchun tuzilganini iddao qilishdi.

Har qanday ziyrak siyosiy inson uchun yaqqol koʻrinib turgan narsa shuki, dialog qatnashchilarining aksari, oʻlgan Buteflika rejimining bir boʻlagi boʻlgan “milliy” va “islomiy” partiyalarni tashkil qiladi. Hammalari “prezidentlik saylovlarini erkin va shaffof oʻtishini kafolatlovchi vakolat hukumati tuzilishini hamda eski rejim davridagi korruptsiyaga aralashgan barcha rahbarlarning ishdan haydalishi”ni talab qilishdi. Oʻzlarini qoʻzgʻolon va uning talablari tarafdorlari ekanliklarini daʼvo qilishdi. Ularga koʻra, forum maslahatchilarining yakuniy tavsiyalari boʻyicha, aynan qoʻzgʻolon talablarini taʼkidi sifatida, Nuriddin Badaviy hukumati tarqatilishini talab qilish lozim, uning oʻrniga ular daʼvo qilgan qobiliyatli hukumat tuzish kerak, shuningdek, prezidentlik saylovlari oʻtkazilishi uchun bugungi krizisni jilovlash huquqi faqat mana shu hukumatga berilishi shart. Xalq Harakatining yaltoqligi qoʻzib, Jazoir dialog guruhi muvofiqlashtiruvchisi Karim Yunus ham bir nimalarni taʼkidladi. U – ayni harakat mahbuslarini ozod etish, xavfsizlik kuchlarining tinch namoyishlar xarakterini hurmat qilishi, namoyishchilarga zoʻravonlik ishlatishning har qanday turiga chek qoʻyish, bularning hammasi barcha tomonlar kelishib olgan qator talablar jumlasidan ekanini bildirdi.

Shunday qilib, forum qatnashchilari prezident vazifasini bajaruvchi Abdulqodir ibn Solih maʼruzasida aytilgan narsalarni qoʻllab-quvvatlashga qaror qilishdi. Ular “dialogni boshqarish hayʼati”ni tuzishga hamda prezidentlik saylovlarini eʼlon qilish huquqiga ega mustaqil milliy hayʼat tuzish zarurligiga kelishib olishdi. Ularning daʼvosi boʻyicha, ushbu milliy dialogning ayni yoʻli prezidentlik vazifasini bajaruvchi Ibn Solih tashabbusiga emas, balki siyosiy islohotlarni talab qilayotgan ommaviy norozilik namoyishlariga haqiqiy maʼnoda javob beradi.

Shubhasiz, bu dialog na qoʻzgʻolonni tamsil etadi va na qoʻzgʻolonchilarni. Chunki undagi qatnashuvchilar, aynan eski rejimni saqlab qolishga hissa qoʻshganlardir. Hatto ular orasida sobiq hukumat raisi Ali ibn Flis kabi Buteflika rejimi tarafdorlari hamda oʻsha rejimni hamon qoʻllab-quvvatlayotgan vazirlar va rahbarlar bor. Binobarin, dialog oʻz ishonchini yoʻqotmoqda va unda eski rejimning hamma basharalaridan qutulish istagi yoʻq. Bundan tashqari, Tinchlik Jamiyati harakati raisi Abdurazzoq Muqri, Adolat va Rivojlanish Fronti partiyasi raisi Abdulloh Jobulloh kabi Buteflikaning munofiq sheriklarining nomi, ayni dialogdagi nomlarning asosiy qismini tashkil qiladi.

Ularning qoʻzgʻolon toʻlqinini jilovlab olishayotganiga kelsak, albatta, bu zalolatga yetaklovchi nopok siyosiy harakatdir. Maqsadlari, arzimas taʼmirlash ishlarini qilib, aslida, davlat rejimini sobiq inglizlar tarafdori boʻlgan va Britaniya bilan uning odamlarining hukumatdagi taʼsirini kafolatlaydigan rejim sifatida saqlab qolishdir.

Frantsiya odamlarini ishdan olinishiga kelsak, buni inglizlar odamlari bosimi ostida Frantsiya toʻlayotgan badal, deyish mumkin. Chunki Britaniya frantsiyaparast generallardan iborat siyosatchilarni – ularning zaifliklari koʻrinib, qilgan ishlari qoʻzgʻolon qarshisida fosh boʻlib qolganliklari sababli – qurbon qildi. Demak, Britaniya odamlari xalqning qonxoʻr Farantsiya odamlarini yomon koʻrishidan foydalangan holda, hokimiyatni yakka oʻzlari monopoliya qilib olishdi. Masalan, jazoirlik jurnalistlardan biri bunday dedi: “Hamma shuni yaxshi biladiki, xalq oʻtgan asrning toʻqsoninchi yillaridagi qonli davrini unutgani yoʻq. Oʻshalar Frantsiya zobitlari boʻlib, bu jazoirliklar eng koʻp yomon koʻrgan guruhdir va ularning toʻqsoninchi yillarda davlat boʻgʻinlariga yakkahokimlik qilishgani hammaga ayon”.

Xullas, bu dialog qoʻzgʻolonga qarshi til biriktirayotgan va hokimiyatni oʻzlashtirishni istayotgan, yakkahokimlik bilan yurtdagi inglizlar nufuzini toabad saqlab qolishga harakat qilayotgan malay siyosiy kuchlar diologidir. Bunday dialog albatta zavolga yuz tutadi. Shuning uchun biz Hizb ut-Tahrir aʼzolari qoʻzgʻolon yetakchilari va kuch-quvvat ahlidan haqiqiy oʻzgarish loyihasini qabul qilishni iltimos qilamiz. Ushbu yagona buyuk islomiy loyihagina mustamlakachi Gʻarb nufuzidan qutilishni kafolatlaydi hamda butun olamga tatigulik Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali insonlarga Islom ahkomlari va adolatini tatbiq etadi.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.