Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati Qazorif shahrida davriy forum oʻtkazdi

436
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati Qazorif shahrida davriy forum oʻtkazdi

2019 yil 27 iyul shanba kuni Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati Qazorif shahrida oylik davriy forum oʻtkazdi.

“Ittifoq: Sudandagi siyosiy boʻhron tugaydimi” nomli forumda nutq soʻzlaganlar:

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati markaziy aloqalar qoʻmitasi raisi ustoz Nosir Rizo;

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati rasmiy notigʻi yordamchisi ustoz Muhammad Jome (Abu Ayman);

Ikkala notiqning maʼruzasida asosan quyidagilar taʼkidlandi:

Harbiy Kengash bilan Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari oʻrtasida tuzilgan ittifoq botildir. Chunki u odamlarni aldash uchun faqat shaxslarni almashtirish bilan eski ilmoniy demokratik respublika boshqaruvini qayta olib kelmoqda. Barcha eski muassasalar yangi boshqaruvda ham bor. Masalan, Alloh nozil qilmagan narsalar bilan qonun chiqaruvchi qonunchilik kengashi, vazirliklar, siyosiy ulushlarni qoʻlga kiritish va “tort”ni boʻlishib olish tushunchalari, moliyaviy muassasalarning sudxoʻrlik asosida muomala qilishlari kabi. Hammasidan ham yomoni, yangi boshqaruvda ham mustamlakachi kofirga hukmronlik berilgan. Yaʼni, AQSh vakili Harbiy Kengash orqali, Britaniya va Yevropa Ittifoqi Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari orqali imzolangan yangi ittifoq tafsilotlariga, hatto muzokara tafsilotlariga aralashadi. Har bir kuzatuvchiga yaqqol maʼlumki, adolat oʻrnatish va qoʻzgʻolonchi yoshlar qoni masalasi hamda zulmni toʻxtatish kabi qator masalalar til uchida muhokama qilinib, ikkilamchi masalaga chiqarildi. Bundan tashqari, maishiy muammolar, narx-navoning koʻtarilishi va xorijiy investitsiya nomi bilan boyliklarning tashib ketish kabi muammolarga yechim berilgani yoʻq.

Harbiy boshqaruv ham, fuqarolik boshqaruvi ham ilmoniy davlat, degan bitta tanganing ikki tomonidir. Ilmoniy davlatning asosiy sifatlari shuki, unda Islom tatbiq qilinmaydi, mustamlakachi kofirning yurt va fuqaro ustidan hukmron qilishiga yoʻl qoʻyilgan, insonlar muammolariga yechim berilmaydi… Sudan mustamlakachilik ortidan olti oʻn yillikni boshdan kechirgan boʻlsa, shuning oʻttiz yili fuqarolik boshqaruvi, oʻttiz yili harbiy boshqaruv bilan oʻtdi va ikkala boshqaruv ham yurtga xorlikdan boshqa narsa keltirmadi. Birdan-bir tatbiq qilinmagan boshqaruv esa, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati boshqaruvidir.

Bunday buzuq voqelikni Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatidan boshqa birorta ham davlat tuzatolmaydi. Ushbu roshid Xalifalik boshqaruvining Sudandagi hukm yuritish, siyosat, iqtisod, ijtimo, taʼlim kabi barcha soha muammolariga yechim berishga qodirligiga dalil va isbotlari talaygina. Ushbu muammolarning barchasi uchun Hizb ut-Tahrir 191 moddadan iborat batafsil dastur taqdim etdi. Hizbda yetuk qobiliyatli davlat rahbarlari mavjud boʻlib, ular yakkayu yolgʻiz Alloh Taoloning izni ila, har qachon Islom davlati barpo boʻlsa, uning ishlarini boshqarishga loyiqdirlar.

Notiqlar yakuniy soʻzlarida Xalifalikni barpo etish namoz, roʻza ahkomlari kabi har bir musulmon uchun farz ekanini, Ummat uni barpo etishga loyiq ekanini taʼkidladilar.

Forum qatnashchilari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik-taassurot juda kuchli boʻldi. Forumda Qazorif viloyat ulamolar hayʼati raisi shayx Usmon Arzaq, Qazorif shahri yetakchilari va boshqa qator hurmatli shaxslar qatnashdi.

Savollar va munozaralar uchun ajratilgan vaqtda forum qatnashchilaridan maʼlum qismi ishtirok etib, ularning aksari yangi ittifoqning sharʼiy va voqeiy jihatdan botil ekanini taʼkidladilar. Bu munozarada kommunistik partiya va Baas partiyasi vakillari ham qatnashdi. Ozodlik va Oʻzgarish kuchlarining bir qismi hisoblangan bu ikki partiya vakillari oʻzlarining tashkilotlari bilan Harbiy Kengash oʻrtasida imzolangan ittifoq toʻgʻrisidagi oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlashdi va bu qarashlarida xatolar mavjudligini bayon qilishdi. Bahs-munozara qizgʻin, javoblar kuchli va qoniqarli boʻldi, Allohga behad hamd boʻlsin.

Uchrashuv soʻnggida forum boshlovchisi Hizb ut-Tahrir aʼzosi ustoz Maysara Yahyo chiroyli tinglov va hamkorlik uchun ishtirokchilarga tashakkur izhor etdi.

وَسِعَ رَبُّنَا كُلَّ شَيْءٍ عِلْمًا عَلَى اللَّهِ تَوَكَّلْنَا رَبَّنَا افْتَحْ بَيْنَنَا وَبَيْنَ قَوْمِنَا بِالْحَقِّ وَأَنتَ خَيْرُ الْفَاتِحِينَ

“Robbimizning ilmi hamma narsani qamrab olgandir. Allohning Oʻziga tavakkul qildik (suyandik). Robbimiz, biz bilan qavmimiz oʻrtasida haq hukm qilgaysan, oʻzing hukm qilguvchilarning yaxshirogʻidirsan”   [Aʼrof 89]

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.