Kashmirning muxtoriyat maqomi Hindiston tomonidan bekor qilinishi ortida nima yotibdi?!

31
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Savolga javob

Kashmirning muxtoriyat maqomi Hindiston tomonidan bekor qilinishi ortida nima yotibdi?!

Savol:

“Oq uy bayonotida aytilishicha, juma kuni AQSh prezidenti Donalьd Tramp Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan telefon orqali suhbat oʻtkazib, unga Hindiston bilan Pokiston ikki tomonlama soʻzlashuv orqali Jammu va Kashmirdagi tarang vaziyatni yumshatishga harakat qilishlari juda muhim ekanini aytdi”. (Reyter, 2019 yil 17 avgust). Tramp bu gapni Modiy Kashmirni rasman anneksiya qilgan va endi u Hindiston bilan Pokiston oʻrtasidagi bahsli zona emasligi bilan maqtanayotgan bir paytda aytyapti: “2019 yil 15 avgustda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi mamlakat mustaqilligi bayrami munosabati bilan qilgan murojaatida “oʻz hukumati ilgargi hukumatlar qoʻlga kiritolmagan yutuqqa erishgani”ni taʼkidladi”! (Sharqul Avsat, 2019 yil 16 avgust). Savol shundan iboratki, Hindiston Kashmirni rasman anneksiya qilib olgan boʻlsayu bu soʻzlashuvning nima foydasi bor? Nima uchun Pokiston Kashmirni ozod etish uchun jihod bilan toʻgʻri chora-tadbir koʻrmayapti, vaholanki, uning armiyasi bunga qodirku? Keyin, bu ishda Amerika roli bormi? Alloh ajringizni bersin.

Javob:

Javob yorqin boʻlishi uchun quyidagilarni bayon qilamiz:

1 – AQShning tashqi siyosiy rejalari uchun butun dunyo mintaqalari ichida Yevroosiyo mintaqasi muhim sanaladi. Amerika ayni mintaqada oʻziga raqib chiqmasligi yoʻlida qattiq harakat qilyapti. Bu mintaqada uning toʻrt ehtimolli raqibi – Rossiya, Xitoy, Germaniya va Xalifalikdir. Ammo u ayni vaqtda oʻzining real raqibi Xitoy, deb bilmoqda. Chunki Sovet Ittifoqi qulagach, amerikalik strategik siyosatchilar Xitoyga AQSh manfaatlari uchun eng katta tahdid oʻlaroq qarashmoqda. Amalda amerikalik strateglar Xitoyning dengizdagi bir kuch sifatida oʻsishiga zarba berish uchun Osiyo davlatlari va Tinch okeanidan foydalanishdi. Hind yarim rolini Xitoyning Yevroosiyoda hukmron kuch sifatida yuksalishiga qarshi ishga solishdi. Amerika Tayvan, Tayland, Vьetnam, Filippin, Yaponiya, Indoneziya va Avstraliya kabi davlatlar bilan bir muncha yirik ittifoqlar tuzish orqali Osiyo mintaqasi va Tinch okeanidagi kuchlarini mustahkamlayotgan bir paytda, Hind yarim oroli, xususan, Hindistonda hech qanday yirik ittifoq tuzilmadi. Nihoyat, Vajpai kelib, toʻqsoninchi yillar oxirida Hindiston Bosh vaziri boʻldi. 2000 yilda prezident Klinton Hindistonni ziyorat qilgandan soʻng bu yurtdan foydalanish eng yuqori darajaga koʻtarildi. 2001 yil 11 sentyabar hodisalaridan keyin Bush maʼmuriyati Hindistonga asosiy eʼtiborini qaratdi. Hindiston bilan Xitoy oʻrtasidagi harbiy jarlikni oʻz rejasiga muvofiq toʻldirish maqsadida chora-tadbirlar koʻrib kelinyapti. Masalan, AQSh-Hindiston oʻrtasida yadroviy kelishuv imzolangani kabi.

2 – Amerikaga koʻra, Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida Kashmir bilan bogʻliq davom etayotgan taranglik Hind yarim oroli tomonidan Xitoyga qarshi kurashga salbiy taʼsir qilmoqda… Shu bois, ayni taranglikka barham berish uchun Qoʻshma Shtatlar Hindiston-Pokiston oʻrtasida munosabatlarni normallashtirishga harakat boshladi. Bundan maqsad, bu ikki davlatning Kashmir ustida bir-biri bilan jang qilishdan uzoq tutish va saʼy-harakatlarini Xitoyning rivojlanishiga qarshi Qoʻshma Shtatlar bilan hamkorlik qilishga qaratishdir. Amerika Kashmirni Hindiston annektsiya qilib olsa, men Pokistonga bosim qilib, Hindistonga qarshi harbiy harakat qilishiga yoʻl qoʻymay, mavzuni soʻzlashuv tomonga buraman, shunda Hindiston-Pokiston muammosi tugaydi, deb oʻylayapti. Xuddi Falastindagi Abbos rejimi va arab davlatlari bilan yahudiylar davlati oʻrtasidagi harbiy harakatni oldini olgani kabi. Mana, bugun yahudiylar Falastinni bosib olib, istagancha annektsiya qilib yotibdiku?! Shunday qilib, Modi Jammu va Kashmirni annektsiya qilishga va u yerda aholi tizimini oʻzgartirishga kirishdi, keyin 2019 yil 5 avgustdagi qaroriga, yaʼni konstitutsiyaning Kashmir bilan bogʻliq 370-moddasiga oʻzgartirish kiritish qarorini qabul qildi. Bu moddada Jammu va Kashmir viloyatiga katta avtonomiya berish aytilgan edi. Yaʼni, Kashmir oʻz konstitutsiyasiga, maxsus bayrogʻiga, tashqi ishlar, mudofaa va aloqa ishlaridan tashqari koʻplab masalalarda mustaqil edi. “Qayta koʻrib chiqish” qonuni, deb nomlangan oʻzgartish qarorida esa, bosib olingan Kashmir ikki mintaqaga, yaʼni Jammu va Kashmir mintaqasiga hamda Ladax mintaqasiga boʻlindi, ularning maʼmuriyati Nьyu-Dehlidagi federal hukumatga bogʻlanadigan boʻldi. Ertasiga 2019 yil 6 avgustda Hindiston parlamentining yuqori palatasi “viloyat majlisi” ayni qonun loyihasini 125 nafar deputatning roziligi va 61 nafarning qarshiligi bilan tasdiqladi, 35 moddani esa bekor qildi. Bu moddada kashmirlik boʻlmagan shaxslarning koʻchmas mulk va yer sotib olishlariga taqiq qoʻyilgan. Bu esa, boshqa viloyatlardagi hindularning Kashmirga koʻchib kelishlariga va u yerdan koʻchmas mulklar, yerlar sotib olib, hukumatdagi lavozimlarni egallashlariga olib keladi. Oʻz navbatida, bu aksar aholisi musulmon boʻlgan mintaqaning aholisi va madaniyat jihatidan oʻzgarishiga sabab boʻladi. Boshqacha ibora bilan aytganda, yahudiylar davlatining Falastinda annektsiya amaliyotlari olib borishiga oʻxshaydi! Netanьyaxu buni Amerikaning roziligi va “koʻk chirogʻi” bilan qilayotgan boʻlsa, Modi ham uning roziligi va “koʻk chirogʻi” asosida amalga oshirmoqda. Yaʼni, Modi AQSh roziligi va qoʻllab-quvvatlovi boʻyicha Netanьyaxu modeliga taqlid qilmoqda.

3 – Hindiston Kashmirning muxtoriyat maqomini bekor qilish toʻgʻrisidagi mazkur qarorni eʼlon qilganda Pokiston ham beqaror-subutsiz pozitsiya egallab, bunday vaziyatga chek qoʻyish uchun qoralashdan nariga oʻtmadi. Masalan, Pokiston tashqi ishlar vazirligi chiqargan bayonotda “Pokiston Nьyu-Dehli tomonidan 2019 yil 5 avgust dushanba kuni chiqarilgan qarorga qattiq norozilik bildiradi, Hindistonning bunday bir tomonlama koʻrgan tadbiri oʻrtadagi nizoni oʻzgartirolmaydi, bunday noqonuniy tadbir-choralarga qarshi Pokiston ushbu xalqaro nizoning bir qismi sifatida, qoʻlidan kelgan choralarni koʻradi”, deyildi. (Frans-Press agentligi, 2019 yil 5 avgust). Shuningdek, Pokistonning Moskvadagi elchisi Qozi Xalilulloh “Ayni paytda Pokiston hukumati Hindistonning Kashmirdagi chora-tadbirlariga diplomatik, siyosiy va huquqiy javob qaytarishga tayyorgarlik koʻrmoqda, bu xususda hukumatga tavsiyalar taqdim etishi uchun maxsus komissiya tuzildi”, dedi. Demakki, Pokiston rejimi aynan Abbos rejimi va arab davlatlari pozitsiyasini tutadi… Ular yahudiy vujudining muborak Falastin zaminidagi qonunbuzarliklariga qarshi hech qanday harbiy harakatga oʻtmagan holda, qoralash va norozilik bildirish bilan kifoyalanayotgani kabi, Pokiston ham armiyani jangga harakatlantirmagan holda, faqat qoralash bilan ayni pozitsiyani tanlamoqda! Bu ham yetmagandek, muammolarini hal etib berishlari uchun BMT va AQShga iltijo qilyapti, holbuki, ular dushmandirlar!

﴿هُمْ الْعَدُوُّ فَاحْذَرْهُمْ﴾

“Ular dushmandirlar. Bas, ulardan ehtiyot boʻling”        [Munofiqun 4]

4 – Bunga dalil, Pokiston Bosh vaziri Imron Xon 2019 yil 11 avgust kuni Tvitterda Hindistonning bu qadamiga “Hindistondagi musulmonlarni repressiya qilishga, keyin esa, Pokistonni nishonga olishga olib keladi, bu irqiy tozalash orqali Kashmirdagi aholi vaziyatini izdan chiqarishga urinishdan boshqa narsa emas”, deya baho berdi. Shuning uchun xalqaro hamjamiyatdan yordam talab qilib, Hindistonni bundan tiyib qoʻyish uchun xalqaro hamjamiyatda qudrat borligini taʼkidladi! Goʻyo Pokiston ham qudratga egaligini unutgandek. Bu yaqqol koʻrinib turibdi, masalan, Hindiston 2019 yil 26 fevralda Kashmirdagi jamoalar lagerlariga havo hujumlarini amalga oshirib, “lagerlarda koʻp sonda odamlarni qirib tashladi”. Chunki bundan oldin Kashmirdagi jamoalarning 2019 yil 14 fevral kuni Hindistonning bosib olingan Kashmirdagi qoʻshiniga qarshi amaliyot olib borib, 41 nafar hind askarini oʻldirgani aytilgan edi. Hindiston hujumining ertasiga Pokiston Hindistonning ikkita samolyotini urib tushirib, bitta uchuvchini asir olganini ikki nafarini oʻldirganini… xabar qildi. Bu esa, Pokiston armiyasi Hindistonni tiyib qoʻyib, yer tishlatishga qodirligiga, biroq uning rejimi buning uchun biror jiddiy qadam tashlamayotganiga, aksincha, Amerika buyruqlariga itoat qilganiga dalolat qiladi. Masalan, Amerika ikki samolyotning urib tushirilishi hodisasida vaziyatni murakkablashtirmaslikni talab qildi. Xabarlarga koʻra, “AQSh davlat kotibi Pompeo Hindistonning Jayshu Muhammad jamoasi lageriga havo hujumini sodir etishi ortidan hindistonlik va pokistonlik hamkasblari bilan telefon orqali suhbatlashdi, soʻng chiqargan bayonoti orqali ikkala tomonni tinchlik saqlashga, xavf va keskinlikni kuchaytiradigan har qanday harakatdan tiyilishga targʻib qildi”. Amerika mana bu bayonoti orqali hatto Hindiston tarafida turdi: “Hindistonning havo zarbalari terrorizmga qarshi kurash hisoblanadi, biz Pokistonni oʻz yerlarida faoliyat qilayotgan terrorchi jamoalarga qarshi jiddiy harakat qilishga chaqiramiz”. (Frans press va Reyter agentliklari xabarlari, 2019 yil 28 fevral). Bu bayonotdan Amerikaning, xuddi Falastinda qilgani kabi, Hindiston tarafida turib, uning bu qadamini qoʻllab-quvvatlayotgani yaqqol koʻrinib turibdi. Zero, u oʻz yurtlarini mudofaa qilib, uni ozod etishga harakat qilayotgan musulmonlarga qarshi doimo yahudiylar vujudini tarafini olib kelyapti. Hindistonning shunday jinoyatlariga qaramay, Pokiston rejimi ham Abbos rejimi va arab davlatlari rejimlari kabi, oʻzining Amerikaga murojaat qilish va muammoni hal etish uchun uning aralashuvini kutish odatiga sodiq qolmoqda. Pokiston Amerikaning Hindiston tarafida ekanini biladi. Misol uchun, Pokistonning Vashingtondagi elchisi Muhammad Xon 2019 yil 2 fevral kuni oʻz bayonotida bunday degan edi: “AQSh Davlat kotibi bayonotidan Hindiston pozitsiyasi qoʻllab-quvvatlanayotgani koʻrinib-tushunilib turibdi. Bu esa, Hindistonni yanada ruhlantirmoqda”. Soʻng “Ehtimol, hech bir davlat AQShdan yaxshiroq rolь oʻynay olmasa kerak”. (Frans-Press, 2019 yil 2 fevral), deya qoʻshimcha qildi. Yaʼni, Muhammad Xon AQSh davlat kotibi bayonotidan Amerikaning Hindistonni qoʻllab-quvvatlayotganini tan olmoqda, biroq muammoni hal etish roliga Amerika loyiq, deb hisoblamoqda! Zotan, bu hukmdorlarni Xavfsizlik Kengashi va BMT… kabi narsalar bilan ovora qilib turish Amerikaning odatlaridan biri. Haqiqatda ham, Pokiston rejimi shunday qildi va Hindiston bilan vaziyatni taranglashtirishni istamayotganini, Nьyu-Dehliga qarshi BMTga rasmiy norozilik taqdim etishini, bundan ortiq ham, bundan kam ham harakat qilmasligini eʼlon qildi. Hatto bu rejim ikki qotil uchuvchini Hindistonga topshirmoqchiligini rasman maʼlum qildi va “tinchlik alomati, degan narsani iddao qilib, amalda topshirdi ham. Shunday qilib, Kashmir annektsiyasi ortidan Pokiston “Kashmir viloyatining avtonomiyasi bekor qilingandan soʻng Xavfsizlik Kengashini ayni viloyatning maqomi boʻyicha maxsus sessiya oʻtkazishga chaqirdi… Yigʻinda Pokistonning BMTdagi vakilasi Maliha Lodhi Xavfsizlik Kengashining Kashmir masalasini maxsus sessiyada mubohasa qilish toʻgʻrisidagi qarorini olqishlab, Kashmir masalasining xalqaro darajada oʻrtaga tashlanganini va albatta, Hindiston bilan muloqot orqali hal etilishini taʼkidladi”. (Arabiy jadid, 2019 yil 16 avgust)!

5 – Bunday pozitsiya shularga dalolat qilmoqdaki, Pokiston rejimi Hindistonni toʻxtatish uchun hargiz harbiy pozitsiyaga oʻtmaydi va unga qarshi biror jiddiy harakat qilmaydi. Bu esa, Kashmirning muxtoriyat maqomini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi Hindistonning qarorini mustahkamlaydi va uning bosqinchiligini kuchaytiradi. Maʼlumki, 2019 yil 21 iyulda Imron Xon Pokiston armiyasi qoʻmondoni Javid Bajva, Razvedka va ichki xavfsizlik xizmati rahbari Fayz Hamidlar hamrohligida AQShga safar qildi. Uchrashuv chogʻida Tramp undan Afgʻonistonda Amerika foydasiga rolь oʻynab berishni talab qilib, “Pokistonning 18 yildan beri Afgʻonistonda davom etib kelayotgan urushga yakun yasash yoʻlida siyosiy kelishuvga erishish uchun vositachi boʻlishiga va bu ishda yordam berishiga umid qilayotgani”ni bildirdi. Imron Xon darhol Tramp amriga itoat qilib, “Tolibon bilan uchrashaman va bor kuchimni sarflab, uni Afgʻon hukumati bilan muzokaraga oʻtirishga koʻndirishga harakat qilaman”, dedi. Keyin Pokiston rejimining xoinligi va Amerikaga xizmat qilayotganidan faxrlanib, “Pokiston razvedkasi amerikaliklarga Usoma bin Ladinning joyini aniqlashga yordam beruvchi maʼlumotlarni taqdim etgan”. (Reyter, 2019 yil 22 iyul), dedi. Bunday xizmatlarning barchasini u amerikaliklar Hindistonni Pokiston hisobiga qoʻllab-quvvatlashayotgan bir paytda koʻrsatmoqda! Masalan, Hindiston Kashmirning muxtoriyat maqomini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan paytda AQSh tashqi ishlar vazirligi “Biz Kashmir va boshqa tashvishli masalalar toʻgʻrisida Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida bevosita soʻzlashuv oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatlaymiz”. (Reyter, 2019 yil 7 avgust), deya bayonot chiqardi. Amerika Hindistonning bu qadamini qoralamadi va bu xalqaro qonunlarga zid, demadi, bilʼaks, soʻzlashuvga taklif qilish bilan Imron va uning rejimini tahqirladi. Bas, qanday soʻzlashuv boʻlishi mumkin, holbuki, Hindiston Kashmirni rasman anneksiya qilib boʻlgan boʻlsa?! Bu Amerikaning Hindiston tomonidan tashlangan ayni qadamga rozi ekaniga dalolat qiladi. Roziligigagina emas, hatto oldindan buni yaxshi bilganini koʻrsatmoqda. Chunki Hindiston Amerika bilan maslahatlashmasdan va undan “koʻk chiroq” olmasdan avval bu kabi qadamni tashlamaydi.

6 – Bizning 2004 yil 21 mayda nashr qilganimiz “Bosib olingan musulmon yurtlaridagi siyosiy masalalar” kitobimizda Kashmir masalasi haqida bunday deyilgan: “Shuning uchun Amerika oʻz nufuzi ostidagi ikki davlat – Hindiston va Pokiston oʻrtasida Kashmir borasida tushunmovchilik boʻlib qolmasligiga harakat qila boshladi. Muammoni hal qilish uchun asosiy nuqtai nazarini oʻzgartirdi, yaʼni boshlanishda masalaga xalqarolik tusi berilgan boʻlsa, endilikda u ikki yoqlama masalaga aylandi. Amerika Kashmirni taqsimlash bilan masalani hal qilmoqchi boʻldi. Bunda ozod Kashmir Pokistonniki, Hindiston hukmronligi ostidagi Kashmir esa Hindistonniki boʻlib qoladi”. Zero, bugun boʻlayotgan voqea-hodisalar ushbu kitobimizda aytilgan fikrlarga mos kelmoqda. Hindiston bu qadamni oʻzining Kashmirdagi bosqinchiligini mustahkamlash maqsadida tashladi va u yerda yangi vaziyatni yaratdi.

7 – Xitoy Hindistonning bu qadamini qoraladi. Masalan, Hindiston “Qayta koʻrib chiqish” qonuni, degan nom ostida oʻz konstitutsiyasining Kashmir bilan bogʻliq 370-moddasiga oʻzgartirish kiritish qarorini qabul qilib, bosib olingan Kashmirni Jammu va Kashmir hamda Ladax mintaqasiga boʻlib tashladi va bu ikki mintaqa maʼmuriyatini Nьyu-Dehlidagi federal hukumatga bogʻladi. Ayniqsa, Ladax mintaqasi Xitoyga yaqin Tibet togʻlarida joylashgan. Ammo Hindiston bu qonunni qabul qilishdan oldin Xitoy bilan maslahatlashmadi. Shuning uchun, Bayon gazetasiga koʻra, joriy yil 8 avgustda Xitoy tashqi ishlar matbuot kotibasi Xua Chunьin bunday bayonot berdi: “Soʻnggi paytda Hindiston chegara bilan bogʻliq oʻzining mahalliy qonunlarini Pekinga murojaat qilmagan holda oʻzgartirish bilan Xitoyning regional siyosatini buzmoqda, Xitoy bunday xatti-harakatga rozi boʻlishi mumkin emas”. Bu bayonot oʻtgan dushanba Nьyu-Dehli tomonidan chiqarilgan qarorga raddiya sifatida yangradi. Qarorda Ladax birlashgan hudud boʻlib, Xitoy-Hindiston chegaralarining gʻarbiy qismini oʻz ichiga olishi taʼkidlangan. Bayonotda yana “Xitoy oʻz yerlarining Hindiston maʼmuriy viloyati, degan dastak ostida Hindiston tomonidan qoʻshib olinishiga doim eʼtiroz bildirib kelgan”, deyiladi.

8 – Yuqorida keltirganlarimizni quyidagicha xulosa qilamiz:

a)    370-moddaning bekor qilinishi, soʻng Modining qilgan va hamon qilayotgan ishlari Amerikaning “koʻk chirogʻi” va qoʻllab-quvvatlovi ostida boʻlmoqda. Amerika – bu anneksiya musulmonlarga Kashmirni unuttiradi, endi Hindiston bilan Pokiston oʻzaro muammosiz davlatlarga aylanadi, chunki ikkalasi ham mening rejam boʻyicha yuruvchi rejimdir, deya gumon qilyapti. Biroq Kashmirning Pokiston va boshqa yerlardagi musulmonlar yuragi toʻridan joy olganini va ular bu Kashmirga boshqa bosib olingan islomiy yurtlar kabi nazarda qarashlarini AQSh ham, Hindiston ham unutgan koʻrinadi yoki oʻzlarini unutganga solishyapti.

b)    Pokiston rejimining Kashmir annektsiyasiga rozi boʻlib, sukut qilayotgani aslo Pokiston musulmonlari va armiyasining rozi boʻlib, sukut qilayotganlarini anglatmaydi. Bu armiyaning zarbalarini Hindiston juda yaxshi biladi, ikki samolyotining urib tushirilishi hodisasi ham yaqinda boʻldi. Imron rejimi Pokiston armiyasining Kashmirni ozod qilish uchun hujumlar uyushtirishga yoʻl bermay, uni faqat mudofaada ushlab turgan va uning bu mudofaasi ham cheklangan bir paytda armiya shunday zarbalar yoʻlladi! Agar bu armiya jangga safarbar etilsa nima boʻlishi mumkin. Demak, dushman bu armiyada oʻz halokatini koʻrib-his etishi muqarrar!

v)    Xitoy Hindistonning bu qadamini qoraladi. Xitoy tashqi ishlar vazirligi chiqargan bayonotda bunday deyildi: “Hindistonning bu qarori bir yoqlama hisoblanib, Xitoyning regional suverenitetiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda hamda xalqaro shartnomalarni buzmoqda. Pekin Kashmir viloyatining qonuniy maqomini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi Hindistonning bir taraflama qaroriga aslo rozi boʻlmaydi va uni qabul qilib boʻlmas qaror, deb biladi”. (Onadoʻli, 2019 yil 8 iyun). Yaʼni, Xitoy Hindiston tomonidan tashlangan bunday qadam mintaqadagi Hindiston pozitsiyasini mustahkamlashini, uni Xitoy bilan raqobatlashadigan regional davlatga aylantirishini, bu esa, Xitoyning regional qudratiga qarshi koʻzlangan AQSh rejasiga muvofiq boʻlayotganini anglamoqda. Xususan, Kashmir viloyatidagi Ladax Xitoyga yaqin Tibet togʻlarida joylashgan, uning aholisi oz (270000) boʻlishiga qaramasdan, Kashmir muammosining Xitoy bilan maslahatlashmasdan, Hindiston-Xitoy chegaralaridagi Ladax mintaqasida mana shunday shaklda hal etilishi, Xitoy tanqidlariga sabab boʻldi. Agar Xitoy oʻz qadamlarini mustahkamlab, siyosiy ongidan toʻgʻri foydalangan holda Ladax vaziyatidan oʻz manfaati yoʻlida foydalanishni uddalay olsa, AQSh rejalarini chilparchin qilishi muqarrar. Hamda AQSh Ladaxni oʻz kuchlarining Xitoyga qarshi oldingi operatsion bazasiga aylantirishni rejalashtirayotgan bir paytda, agar Xitoy buning uddasidan chiqsa, AQShning ayni rejasi amerikalik kuchlarning qaytib chiqolmaydigan darajada jarlikka qulashiga olib kelishi mumkin!

9 – Xullas, bizning musibatimiz musulmon yurtlaridagi hukmdorlarda. Zero, oʻz haq-huquqimizni kuch bilan qaytarib olishga va dushmanga to oʻlgunicha unutmaydigan saboq berib qoʻyishga qoʻlimizdagi potentsiallarimiz yetarli, hatto ortiq hamdir! Biroq Alloh, Rosuli va moʻminlar xoini boʻlgan bu hukmdorlar, mustamlakachi kofir xoʻjayinlariga Robbul olamindan ming barobar koʻp sajda qilishyapti… Armiyalarimizga bosib olingan Kashmirlarini dushmandan ozod etishlariga yoʻl berishmayapti. Bu ham yetmagandek, xoru zor ahvolda BMT va Xavfsizlik Kengashi yoʻlaklaridan ushoqlarni umid qilishyapti… agar ushoqlarga ega boʻlishsa albatta!

Biroq shu musibatlarga qaramay, Falastin, Kashmir, rohingalar yeri Birma, Sharqiy Turkiston, Kavkaz, Checheniston va uning atroflari va Qrim hamda muazzin azoni yangragan va Islom dushmanlari tomonidan bosib olingan har bir mintaqa Allohning izni ila, ertaga musulmonlar qalqoni boʻlmish roshid Xalifalikning mujohid armiyasi qoʻli bilan qayta Islom diyoriga aylanadi, bu mintaqalar osmonida Islom bayrogʻi hilpiray boshlaydi. Kimda-kim bu dunyodagi kuch-qudratni va oxiratdagi Firdavsi Aʼloni sevsa, bas, xolisona rostgoʻylik bilan yeng shimarib, ushbu Xalifalik uchun harakat qilayotganlarga qoʻshilsin hamda bu harakat uning qonida, yuragida, tan-tanida oqsin.

﴿إِنَّ هَذَا لَهُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ * لِمِثْلِ هَذَا فَلْيَعْمَلِ الْعَامِلُونَ﴾

“Albatta mana shu (ahli jannat yetadigan neʼmatlar) ulugʻ baxtning oʻzidir. Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt-saodat) uchun amal qilsinlar!”  [Soffat 60-61]

17 zul-hijja 1440h

18 avgust 2019m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.