Ey Shom ahli! Xavf ostida qolgan qoʻzgʻoloningiz va qurbonliklaringizni saqlab qoling!

455
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey Shom ahli! Xavf ostida qolgan qoʻzgʻoloningiz va qurbonliklaringizni saqlab qoling!

Inab Baladiy veb-sayti (hijriy 1440 yil 16 zul-hijja, milodiy 2019 yil 17 avgust shanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Frantsiya tashqi ishlar vazirligi kecha 16 avgust juma kuni nashr qilgan bayonotida Shimoliy Idlib viloyatidagi janglarni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi. Xususan, Janubiy Idlibdagi qochqinlar jamlogʻining bombardimon qilinganini qoraladi. Bombardimon oqibatida oʻnlab oddiy fuqarolar, shu jumladan, ayollar, goʻdaklar halok boʻlgan va jarohatlangan.

Frantsiyada chiqadigan “Le Figaro” gazetasi Frantsiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosarining “Suriyadagi bunday harbiy harakatlarning davom etishi ishonchli hamda muzokaralar ostida ketayotgan siyosiy kelishuv muhokamasini xavf ostiga qoʻymoqda”, degan soʻzini keltirdi”.

Roya gazetasi sharhi:

Qonxoʻr Rossiya va Asad samolyotlari har kuni Shom ahliga qarshi qirgʻin jinoyatlarini sodir etishda hamon davom etyapti. Qoʻzgʻolon koʻlami tobora qisqarib boryapti. Baʼzi qoʻzgʻolonchi yetakchilar hamon “qoʻllab-quvvatlovchi” davlatlarga ishonishda hamda goʻyo hech narsa boʻlmagandek, ularning qizil chiziqlaridan nariga oʻtmaslikda davom etishyapti! Nopok mablagʻ bu qoʻzgʻolonchi yetakchilarni oyoq-qoʻllarini mahkam bogʻlab, faqat shu “qoʻllab-quvvatlovchi” davlatlar rozi boʻladigan ishni qiladigan va ular gʻazablanadigan ishdan chetlanadigan qilib qoʻydi. Shunday qilsak, ularning koʻngliga yoʻl topamiz va yovuzliklaridan omonda boʻlamiz, deb oʻylashyapti. Alloh Taoloning

وَلَنْ تَرْضَى عَنْكَ الْيَهُودُ وَلَا النَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ

“Yahudiy va nasroniylar to ularning dinini qabul qilmaguningizcha sizdan hargiz rozi boʻlishmaydi” [Baqara 120]

degan kalomini esa, oʻzlarini unutganga solishyapti. Ayni davlatlar bilan aloqa qilishi ularga halokat hamda Jabbor va intiqom oluvchi Zotning qahrini keltirdi… Natijada Shom qoʻzgʻoloni qisqarib, tor jugʻrofiy bir yerdagi katta qamoqxonaga qamalib qoldi… Mustamlakachi kofir Gʻarb Shom ahli irodasini sindirish va oʻzining siyosiy yechimiga boʻysundirish maqsadida sistematik ravishda qatli om qilishga kirishdi. Chunki Gʻarb agar qoʻzgʻolon sobit tursa va harakat qilsa, uning soʻnggi qarori va soʻngi soʻzi xalqning qarori ekanini juda yaxshi bilyapti.

Shuning uchun Shom ahli zudlik bilan choʻkayotgan kemalarini qutqarishga harakat qilishlari darkor. Buning uchun albatta, anavi yetakchilarning oʻz taqdirlari bilan oʻynashishlariga qoʻl qoʻymay, qoʻzgʻolonlarini yoʻqotayotgan tinimsiz ziyonlar ustida ulardan hisob talab qilmoqlari hamda “qoʻllab-quvvatlovchi” davlatlar bilan aloqa qilmaydigan va ozod etilgan hududlarni mudofaa qilish uchun oʻz mustaqil qaror va istaklariga ega boʻlgan yangi yetakchilik tuzmoqlari kerak. Shuningdek, Shom ahli qonxoʻr rejimni barcha tayanch va basharalari bilan qoʻshib agʻdarishga harakat qilmogʻi, bu yangi yetakchiliklarni qoʻllab-quvvatlamogʻi lozim. Bu esa, vaqt kech boʻlmasdan tezroq harakat qilishni talab qiladi. Chunki Shom ahli bergan barcha qurbonliklar yoʻq boʻlish xavfi ostida qoldi.

Roya gazetasining 2019 yil 21 avgust chorshanba kungi 248-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.