Doʻppi tor kelib qolganda AQSh oʻz malaylarini uloqtirib tashlayveradi qilgan xizmatlarini mutlaqo qadrlamaydi

511
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Doʻppi tor kelib qolganda AQSh oʻz malaylarini uloqtirib tashlayveradi qilgan xizmatlarini mutlaqo qadrlamaydi

Joriy yil 14 avgust chorshanba kuni AQSh maʼmuriyati Sudan xavfsizlik xizmati sobiq direktori general-mayor Saloh Abdulloh (Qush)ga Amerikaga kirishni taqiqlash toʻgʻrisida qaror chiqardi. Ushbu qaror ortidan Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati rasmiy notigʻi ustoz Ibrohim Usmon (Abu Xalil) matbuot bayonotida quyidagilarni taʼkidladi:

Amerikaning asl basharasi shu. Bu davlatning shunday qilmishlaridan va makridan Hizb ut-Tahrir musulmonlarni doim ogoh etib keldi. Qush esa, “terrorizm”ga qarshi kurash dastagi bilan Islomga qarshi kurash sohasida Amerikaga katta xizmatlar koʻrsatgandi. Biroq bu xizmatlari uni qutqarolmadi. Chunki Amerika oʻz malaylarini xuddi axlat savatiga uloqtirgandek, xor va rasvo qilib uloqtirib ketaveradi. Yurtlarida shuncha imkoniyatga ega boʻlganliklariga qaramay, Alloh, Rosuli va moʻminlarga xiyonat qilishgani uchun ahvollariga maymunlardan boshqa hech kim yigʻlamaydi. Bunday ish birinchi boʻlishi emas. Chunki Bashir rejimining oʻzi eʼtirof etgan, u Amerika foydasiga juda koʻp jinoyatlar qildi va uning provokatsiyalariga uchradi, bu jinoyatlar sababli odamlar rejimdan qattiq gʻazablandi… Biroq Amerika undan yana koʻproq xizmat qilishni talab qilaverdi… Oxir borib, ularni agʻdarib, oʻrniga boshqa malaylar olib keldi!!

Abu Xalil tabiiy savolni oʻrtaga tashlaydi: Bundan AQSh, Rossiya va Yevropa kabi mustamlakachi kofir davlatlar bila aloqa qilayotgan siyosatchilar ibrat olib, Robbilariga tavba qilisharmikin, es-xushlarini yigʻib, qoʻllarini xolis musulmon birodarlari qoʻllariga berisharmikin?! Zero, bu xolis insonlar Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish uchun faoliyat olib bormoqdalar. Ushbu Xalifalik butun musulmon yurtlaridan kofirlar nufuzini chiqarib tashlab, yurtlari va fuqarolarini ularning hukmronligidan qutqaradi.

Roya gazetasining 2019 yil 21 avgust chorshanba kungi 248-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.