Sisiy inqilobidan beri uch ming nafar mahbusa qiynoq va tahqirlarga duchor boʻlgan

105
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sisiy inqilobidan beri uch ming nafar mahbusa qiynoq va tahqirlarga duchor boʻlgan

Al-Jazira net veb-sayti (hijriy 1440 yil 2 zul-hijja, milodiy 2019 yil 3 avgust shanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Inson huquqlari boʻyicha yangi platforma misrlik ayollarga nisbatan sodir etilgan zoʻravonliklar haqida “Biz qayd etamiz” nomli hujjat tayyorladi. Bu zoʻravonliklar vafot etgan prezident Muhammad Mursiy hokimiyatiga qarshi 2013 yil 3 iyulda sodir boʻlgan inqilobdan boshlab joriy yilning 31 iyuniga qadar sodir etilgan.

Oʻzini xalqaro inson huquqlari oʻlaroq tanishtirgan ushbu platforma maʼlumot toʻplab, qurbonlar, faollar va fuqaroviy tashkilotlar koʻmagida hujjatlar nashr qiladi. Uning kuzatuvi boʻyicha, mazkur vaqt mobaynida “2762 nafar ayol qamalgan, ulardan 125 nafari hanuz qamoqda yotibdi, 396 nafar ayolni Misr rejimi dom-daraksiz yoʻq qilgan, yana 15 nafarining shunday boʻlishi xavfi bor”.

Noqonuniy qatl qilishga kelsak, hujjatda 312 nafar ayolning shunday holatda oʻldirilgani aytiladi. Ular yo qasddan oʻldirilgan yoki namoyishlar qatnashchilariga birvarakayiga oʻq uzilgan vaqtda yoxud havo hujumida yoki Shimoliy Sinay viloyati aholisi qirgʻinida halok boʻlishgan.

Platforma hujjatida yana, Misr universitetlarida ishlovchi muallimalardan besh nafari ishdan haydalgani, talaba qizlardan 530 nafari oʻqishdan haydalgani qayd etilgan.

Hujjatga koʻra, Misr rejimi ayollarga nisbatan – hujjatdagi ibora boʻyicha aytganda – zoʻravonlik va intiqomning yana bir uslubini oʻylab topdi. Bu oʻnlab ayollarning mablagʻini noqonuniy, balki maʼmuriy ravishda ushlab qolish va yuzdan ortiq qizlarning mol-mulkini musodara qilish hamda baʼzilarining qarindoshlariga hokimiyat tomonidan bosimlar oʻtkazish kabi uslublardir. Bunday uslub bilan oʻch olishning sababi bu ayollarning ommaviy tadbirlarda ishtirok etishgani boʻldi, xolos.

Hujjatda keltirilgan qonunbuzarliklardan yana biri, 160 nafar ayol xorijga chiqishdan noqonuniy ravishda mahrum qilingan. Bunga ham ularning ommaviy tadbirlarda ishtirok etganlari yoki siyosiy pozitsiyalar ortidan qidiruvga berilgan shaxslarning oilalariga mansub boʻlganliklari sabab boʻlgan.

Roya gazetasining 2019 yil 21 avgust chorshanba kungi 248-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.