Qoʻchqorov va Jamsran Qirgʻizistondagi gender barobarligi masalasini muhokama qilishdi

806
0

Qoʻchqorov va Jamsran Qirgʻizistondagi gender barobarligi masalasini muhokama qilishdi

Mehnat va ijtimoiy taraqqiyot vaziri Ulugʻbek Qoʻchqorov va BMTning Qirgʻiziston ayollari boʻyicha vakili Ulziysuren Jamsran gender sohasida kelajakda hamkorlik qilish haqida fikr almashishdi. Bu haqida Qirgʻiziston Mehnat va ijtimoiy taraqqiyot matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot jarayonida Ulziysuren Jamsran genderlik siyosatining rivojlanib borishida bir necha yoʻnalishlarni bayon qildi, shuningdek demografiya va aholi xavfsizligi masalasini hukumat muhokamasi darajasiga chiqarishni maslahat berdi.

Qoʻchqorovning taʼkidlashicha, ayni paytda davlatning ijtimoiy buyurtmasiga binoan  inqiroz markazlari taʼsis etilgan boʻlib, bu markaz zulm va zoʻravonlikka uchragan ayollarni qoʻllab quvvatlash bilan shugʻullanadi.

“Rejaga muvofiq joriy yilda yana 2ta krizis markazlari ishga tushadi. Bu markazlar aholiga ruhiy, ijtimoiy va huquqiy jihatdan yordam berish hamda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni oʻz faoliyati qilib belgilagan. Shuningdek qishloq aholisi orasida oilani tartibga solish toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib boramiz”.

Qoʻchqorov shu jumladan Bishkekda boʻlib oʻtgan ayollarning “Ayol tadbirkorlar” ikkinchi forumi xususida aytib oʻtdi. Unga koʻra ayni damda Qirgʻiziston hukumati ayolning jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun barcha vosita va kuchlarni safarbar etadi.

Bundan tashqari u ayollarning mahalliy kengash saylovlarida oʻz nomzodini koʻrsatishni tavsiya qildi. Unga koʻra agar ayol jamiyatda yuqori lavozimda boʻlsa,  jamiyatga ijobiy taʼsir oʻtkazadi va doimiy oilaviy janjallarning oldi olinib, ijtimoiy savollarga javob topiladi.

Vazir javob tariqasida shunday dedi: “Maslahatlaringiz oʻrinli, kelajakda erkaklar va ayollar  teng huquqli boʻlishi uchun faol ishlar olib boramiz. Siyosiy, ijtimoy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarda ikki jins huquqini teng taʼminlaymiz”.

 Izoh: Bunday muhokamalarsiz ham, hayotimiz genderdan battar boʻlib ketyapti. Gender siyosati Shoʻro davridan qolgan buzuq siyosatdir. Oʻshanda tabiatan va jismonan ojiza ayollar erkak kishilar bilan bir qatorda mehnat qilib, goʻyoki jamiyat rivojiga hissa qoʻshishi shart boʻlib qolgan edi. Bu qabih siyosat jarayonida hatto dala-dashtlarda ayollarning koʻz yorishi, qon yoʻqotib halok boʻlishi yoki koʻplab illatlarga giriftor boʻlish hollari roʻy bergan.

Hozirchi? Ayollar olib-sotiladigan buyum boʻlib qoldi, Erkak kishini esa oilada va  jamiyatda mavqeyi yoʻqoldi. Shariat erkak va ayol oʻrtasiga jiddiy farq oʻrnatib, har birini haq-huquqini alohida belgilab oʻtgan. Tabiiyki, Yaratuvchi belgilab qoʻygan hadga rioya kilmagan har kanday ayol va erkakni ikki olamda xorlik kutadi. Biz Gʻarb koʻzqarashi bilan emas, Alloh buyurgan hadlar orqali turmush tarzimizni shakllantirishimiz lozim. Buning uchun hech qanday loyiha tuzish, tadqiqot olib borish, soʻrovnoma oʻtkazishga ehtiyoj yoʻq. Shunchaki Qurʼon taʼlimotidan bahra olib, Sunnatni yaxshi oʻzlashtirib olsak, shuning oʻzi kifoya. Biroq men va siz hayotimizga tatbiq qilganimiz bilan, yon qoʻshni, atrofdagilar, qoʻyingki jamiyatdagi deyarli hamma oʻsha iflos siyosat girdobida kun koʻrishmoqda. Demak men va Siz garchi yuzlagan oilalarni isloh kilishga harakat kilsak-da, umumiy ravishda buni tartibga solish davlatning qoʻlidadir. Davlat esa ilmoniylik asosida qurilgan, bola bogʻchasidan boshlab to oliygohga kadar barcha insonlarni teng huquqli, deya taʼlim berib kelyapti. Shuning uchun davlat siyosati toʻgʻri yoʻlga quyilsagina ijtimoy hamohanglik, xotirjamlik hukm suradi. Bunday davlat sof Islom asosida boshqarilishi lozim. Biz uchun Alloh Taolo yagona ibrat qilib Paygʻambarimiz (s.a.v.) buyurmoqda. Faqat Paygʻambarimiz (s.a.v.) tariqatidagi Islomiy Xalifalik Davlati barcha muammolarga yechim topib, musulmonlarni gender siyostati kabi Islomga yot boʻlgan buzuq siyosatlar xatarlaridan  muhofazat qiladi.

 Munavvara Aziz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.