Chegara mojarolarining cheki bormi?

152
0

Chegara mojarolarining cheki bormi?

 Qirgʻiz-tojik chegarasida navbatdagi mojaro vujudga keldi. Qirgʻiziston chegara xizmatining xabar qilishicha, qirgʻiz chegarachilari osmonga ogohlantiruvchi oʻq otgan.

 “Tushinmovchilik 31-avgustda Batken rayonining Tash-Tumshuk qishlogʻida boʻldi. Tojik tomon aniqlanmagan hududga asfalьt yotqiza boshlagan, Chegarachilar ishni toʻxtatishni iltimos qilishgan. Biroq, ular bunga eʼtibor berishmaganidan soʻng chegarachi ogohlantirish maqsadida osmonga oʻq otgan. Tojik tomon Qirgʻiziston chegarachilari tosh ota boshlaganda qirgʻiz tarafdan mahalliy aholi ham voqeaga aralashgan”, – deyiladi xabarda. 

 Davlat chegara xizmati mojaro tezda xal etilganini bildirdi. Voqea boʻlgan joyga huquqni muxofaza qilish organlari hamda mahalliy hokimiyat vakillari borib qoʻshni xalq vakillari bilan tushintirish ishlarini olib borgan.

 “Shundan soʻng tojik tomoni asfalьt yotqizishi toʻxtatgan, chunki bu ishlar qirgʻiz tomoni bilan kelishilgan emas”. 

 Izoh: Mustamlakachi kofirlar tomonidan musulmonlarni boʻlib tashlash uchun foydalangan millat va vatan tushunchalari bugungi kunda qadar oʻz mevasini berib kelmoqda. Kofirlar musulmonlar oʻrtasiga sunʼiy chegaralar tortib, bu chegaralar boʻylab aniqlanmagan va baxsli hududlar qoldirish orqali musulmonlar oʻrtasida doim kelishmovchilik va ziddiyatlar paydo qilish imkoniyatlarini qoldirgan.

 Afsuski, qirgʻiz-tojik chegarasida vujudga kelgan bu kabi chegara mojarolari birnchisi ham emas, oxirgisi ham emas. Eng achinarlisi, bu kabi mojarolarda musumlonlar bir-biriga qarshi qurol qoʻllashgacha yetib borib, oʻrtada qurbonlar berilayotgani boʻlmoqda.

 Maʼlumki, joriy yilning 22-iyul kuni Qirgʻizistonning Ak-Say va Tojikistonning Vorux qishloqlarida boʻlib oʻtgan navbatdagi chegara mojarasida 1 kishi qurbon boʻlib, 10lab odamlar turli darajada jarohatlangan edi.

 Agar yaqin tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak biron yil yoʻqki chegarada mojaro kelib chiqmagan, odamlar va mol-mulkka ziyon yetmagan boʻlsa:

 2013-yilning 24-oktyabr kuni Qirgʻizistonning Tojikiston bilan chegara hududida joylashgan “Katta-Tuz” neft qazib olish qudugʻi sababli munozarali vaziyat vujudga keldi. Qirgʻiziston chegara xizmati xabariga koʻra, Qirgʻiziston hududida joylashgan neft qazib olish qudugʻiga Tojikiston chegarachilari bostirib kirishgan va mazkur quduq oʻzlariniki ekanligini daʼvo qilishgan.

 2014-yilning 11 yanvar kuni Botken viloyati Botken tumani Oqsoy qishlogʻida joylashgan suv taqsimlash inshoati hududida Qirgʻiziston davlat chegara xizmati harbiylari va Tojikiston chegara qoʻshini harbiy xizmatchilari oʻrtasida qurolli toʻqnashuv yuz berdi. Otishma natijasida har ikki tomondan ham yarador boʻlganlar bor.

 Oʻsha yilning 25-avgust kuni Batken viloyatiga qarashli Laylak tumanining Maqsat qishlogʻida qirgʻiz-tojik chegarachilari oʻrtasida navbatdagi otishma boʻlib oʻtdi.

 Oʻsha yilning oʻzida qirgʻiz-tojik chegarasida 28 marotaba ziddiyat kelib chiqdi. Bu ziddiyatlar natijasida oʻnlab odamlar jarohatlanib, bir necha kishi qurbon boʻldi.

 2015-yilning 16-yanvar kuni Qirgʻizistonning Tojikiston bilan chegaradosh Laylak tumanidagi “Aykol” chegara zastavasiga nomaʼlum qurollangan shaxslar tomonidan hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida bir kishi qurbon boʻlib, ikki kishi yaralandi.

 Navbatdagi mojarolardan yana biri 2015-yil 4-avgust kuni sodir boʻldi. Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasidagi otishma oqibatida ikki kishi yaralandi. Voqea chegaradagi Chorkoʻh qishlogʻida sodir boʻlgan…

 Bu roʻyxatni yana davom ettirish mumkin. Ammo biz bu bilan oʻtgan ishlarni qoʻzgʻash yoki bitgan yaralarni yangilamoqchi emasmiz. Balki, bu kabi kelishmovchilik va janjallardan faqat mustamlakachilar manfaatdor ekanligini, musumlonlar esa ular qoʻlida qoʻgʻirchoq boʻlib, dindosh birodarlariga qarshi qurol qoʻllab, bir-birlarini toshboʻron qilishlari harom ekanligini eslatib oʻtmoqchimiz xolos.

“إِذَا الْتَقَى الْمُسْلِمَانِ بِسَيْفَيْهِمَا فَالْقَاتِلُ وَالْمَقْتُولُ فِي النَّارِ”

“Ikki musulmon bir-biriga qilich koʻtarsa, oʻldirgan ham, oʻlgan ham doʻzaxdadir” (Buxoriy rivoyati).

 Qolaversa bu muammolar chegaralarni kuchaytirish yoki ikki davlat oʻrtasidagi baxsli hududlarni xal etish bilan yechilib qolmaydi. Balki mustamlakachi davlatlar oʻzlariga malay boʻlgan hokimlar orqali musulmonlar zehniga singdirib tashlagan “millatchilik” va “vatanparvarlik” kabi tuban va chirik fikrlarni uloqtirib tashlab, yana qayta oʻz dinlari Islomga qaytishlari, Allohning hukmlarini oʻz hayotlariga tatbiq etishlari bilangina xal boʻladi. Ana shunda oʻrtalarimizda tortilgan sunʼiy chegaralar uloqtirib tashlanib, bizlar yana qayta paygʻambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallam bayroqlari ostida birlashishimiz mumkin boʻladi, in sha Alloh.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.