Adanda yuz bergan va yuz berayotgan ishlarning asl mohiyati!

528
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Savolga javob

Adanda yuz bergan va yuz berayotgan ishlarning asl mohiyati!

Savol:

Adanda yuz bergan va yuz berayotgan ishlarning asl mohiyati nima? Zubaydiy Hodiy tomonidan Adanga mer qilib tayinlangan boʻlsayu, qanday qilib Zubaydiy Kengashi bilan Hodiy hukumati oʻrtasida jang ketyapti. Shuningdek, Zubaydiy merlik vazifasidan boʻshatilgach, Hodiy hukumati tomonidan unga qarshi hech qanday chora koʻrilmadi, aksincha, u hukumat koʻz oʻngida bemalol kuch toʻplayapti?! Qolaversa, Oʻtish davri Kengashi Adanni egallab olishi ortidan nima boʻlishi taxmin qilinadi?! Sizga ehtirom ila tashakkur bildiraman.

Javob:

Javob mukammal boʻlishi uchun quyidagilarni bayon qilmogʻimiz lozim:

Birinchi:

Britaniya Saudiyaning “keskinlik boʻroni” nomi ostida havo hujumlarini amalga oshirishi Husiylarni biratoʻla tugatish uchun boʻlmaganini amaliyot boshlangandayoq anglab yetgan. Agar ularni yoʻq qilish kerak boʻlganda edi, Saudiya albatta quruqlik kuchlarini kiritgan boʻlardi. Aksincha, Husiylar Yamanni harbiy samolyotlar hujumidan mudofaa qilayotgan qahramonlar va bir vaqtda mazlumlar boʻlib koʻrinishlari, shu orqali ham xalq, ham jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, Yaman hokimiyatidan biror nasibaga sherik boʻlishlari kerak edi. Shuningdek, agar Saʼda viloyatining qoʻllab-quvvatloviga erishishsa, bu viloyatda bir qabila boʻlib kelgan Husiylar butun Yamanda hukumat bilan raqobatlashadigan kuchga aylanib qoladi! Britaniya mana shularni yaxshi bilgani bois, keskinlik boʻroni koalitsiyasida Amirliklarga Saudiya bilan birga boʻlish vazifasini yukladi… Toki, Amirliklar Husiylarga qarshi real jang qilsin, yuzaki jang qilmasin. Darhaqiqat, Britaniya Amirliklarni bu ishga ikki maqsadda kiritdi:

Birinchi maqsad:

Amirliklar Hodiyga alьternativ yaratib berishi lozim edi. Chunki bugungi kunda Hodiy Saudiyada xuddi asir kabi yashayapti, na kuchi bor, na irodasi. Shuning uchun Adanda Britaniya uchun Hodiyning oʻrniga boshqa bir malay yaratishi, u Saudiyaga emas, Britaniyaga itoat qilishi kerak. Shuning uchun Amirliklar birin-ketin alьternativlar izlab topishga kirishdi. Maʼlumki, 2007 yil oʻzini Yaman janubi, deya rasman eʼlon qilgan Janubiy harakat bor. Muxolif faol Hasan Boum raislik qiluvchi bu harakat Amerika bilan aloqa qiladi va Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Britaniya esa, bu harakatning faoliyatidan xavotirlanar edi va nihoyat, Solih oʻldirilganidan keyin Britaniyaning xavotiri qoʻrquv darajasiga koʻtarildi. Chunki shimolda Husiylar taʼsiri kengayib ketishi oqibatida Britaniyaning u yerdagi nufuzi zaiflashdi… Shuning uchun u Janubda oʻzimga biror kuch paydo qilishim kerak, ana shunda Yaman boshqaruvida kuzir kartaga ega boʻlishim mumkin, agar Yaman boshqaruvida ega boʻlolmasam, hech boʻlmaganda janubda shunday qila olaman, degan qarorga keldi. Shu bois, Britaniya oʻziga Janubda nufuz yaratish haqida jiddiy oʻylay boshladi. Xususan, u Hodiyga toʻla tayana olmasdi, chunki Saudiya uni garovda ushlab turibdi. Ana shu sababdan Britaniya bu ishni Amirliklar orqali qilishga kirishdi. Yaʼni, yo Janubiy harakatning oʻziga yorib kirish yoki sahnada asosiy rolь oʻynaydigan yangi harakat paydo qilib, Janubiy harakatni chetga chiqarib tashlash kerak boʻldi. Keyin Britaniya Amirliklar va tobelari orqali Boum harakatiga parallel boʻlgan va janub masalasida raqobatlashadigan yana bir janub harakatini tashkil qilishga qattiq harakat qildi.

Mana shu yerda inglizlar iqboliga Aydarus Zubaydiy topilib qoldi. Janubiy harakatdagi taniqli yetakchilardan biri boʻlgan bu kimsa inglizlar komandasiga yaqin. Hodiy uni 2015 yil dekabrda Adanga mer qilib tayinlagan. Yaʼni, Saudiyaning “keskinlik boʻroni” boshlanganidan bir necha oy keyin uning merlikka tayinlanishi unga inglizlarning qattiq ishonishini anglatadi. Haqiqatdan ham Aydarus Zubaydiyga Adanda tole kulib boqib, shaharning omadli meriga aylandi, elektr tokini qayta yoʻlga qoʻydi, qurolli jinoyatchilarni quvib chiqardi, Husiylarga qarshi kurashdi… Mana shu yutuqlari bilan Janubiy harakatdagi tarixiy yetakchi Hasan Boumga bas kela oladigan taniqli siyosiy arbob sifatida shuhrat qozondi. Bu siyosiy jihatdan. Harbiy jihatdan esa, Aydarus Zubaydiy Honiy ibn Buraykka tayanadi. Burayk “Janubiy kamar” kuchlarini tuzgan shaxs boʻlib, Amirliklarning janubdagi ishongan odami, deya baholanadi: “Burayk “Janubiy kamar”, deya tanilgan kuchlarga asos soldi. Bu kuchlar Yaman janubida ochiq-oshkora Amirliklar tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi jangarilardir”. (Sasapost.com 2017 yil 2 noyabr). Shunday qilib, Zubaydiy bilan Burayk ikkalasi ham Janubdan manfaatdor. Biroq ikkovi Hodiy hukumatida boʻlishgani va bu hukumatning angliyaparast boʻlgani bois, ikkalasi ham Janub harakatiga daʼvat qilishsa, bunda shuhrat qozonolmaydi. Shuning uchun birinchi qadamda ikkalasini ham oshkora ravishda Hodiy hukumatidan chiqariladigan boʻldi. Ayniqsa, Zubaydiy Hodiy guruhi bilan qattiq janjallashadigan, keyin uning atrofiga janubliklar toʻplanib, yangi harakat tuziladigan boʻldi. Shunday boʻldi ham. 2017 yil 27 aprelda Yaman prezidenti Aydarus Zubaydiyni Adan merligi vazifasidan, Honiy ibn Buraykni davlat vaziri vazifasidan boʻshatilsin, Buraykka nisbatan tergov boshlansin, degan mazmunda qaror chiqardi. Qaror ortidanoq unga qarshi minglab yamanlik Janubiy Adanda norozilik namoyishiga chiqdi. Keyin 2017 yil 11 may kuni Zubaydiyning janub oʻtish davri kengashiga raislik vazifasiga tayinlangani, Honiy ibn Burayk kengashga 26 nafar aʼzo bilan rais oʻrinbosari boʻlishi eʼlon qilindi. Shunday qilib, Britaniya amirliklar orqali Hodiy hukumatiga alьternativ yaratdi. Bu alьternativ oʻtish davri kengashi boʻlib, Britaniya uni vaqti kelganda ishga soladi. Kengash Amirliklar armiyasi tomonidan mudofaa etilgan holda obroʻ bilan Adanda qoldi.

Ikkinchi maqsad:

Hadidani Husiylardan ozod qilish:

a)            Amirliklar Yamanga ham havodan, ham quruqlikdan kirgan. Chunki to quruqlikdan aralashuv boʻlmas ekan, havodan qilingin aralashuvning oʻzi jangni hal qilolmaydi. Shuning uchun Amirliklar oʻz kuchlari bilan birga Hadidadagi yordamchilarini ham jangga undadi va agar AQSh insonparvarlik yordamlari, degan dastak ostida unga qarshilik qilmaganda edi, Hadidani Husiylar changalidan sugʻurib-egallab olishiga bir baxya qolgandi. Endi, nima uchun Hadida bunchalar muhim ekaniga kelsak, Britaniya Husiylarni asosan Eron qoʻllab-quvvatlayotganini biladi, Sanʼo aeroporti yopilib, Janub portlari nazoratga olinganidan soʻng, Eron uchun Husiylarga yordam yetkazib beriladigan yagona yoʻlak Hadida boʻlib qoldi, deyilsa mubolagʻa boʻlmaydi. Shuning uchun Amirliklar Hadidani egallash sari yoʻnaldi… Husiylar tang ahvolda qolishdi. Chunki Amirliklar tomonidan qoʻllanuvchi kuchlar Hadida va uning porti yaqiniga kelib, u yerlarni bosib olishi mumkin boʻlib qoldi. Keyin Hadidada janglar sodir boʻlishi hamda Amirliklar va undan yordam oluvchi jangarilarning Hadida portini egallab olishi ehtimoli tugʻilib, Husiylarning Yamandagi hokimiyati xavf ostida qoldi. Shuning uchun Abdulmalik Husiy bor kuchlarini ayni xavfni bartaraf qilishga safarbar qildi. AQSh ham barcha masʼullarini safarbar qilib, Yamanda gumanitar vaziyat xavf ostida qoldi, u yerdagi ocharchilikni oldini olishning birdan-bir yoʻli Hadida portidir, deya yolgʻon koʻz yoshi toʻka boshladi. Zotan, Amirliklar va uning mahalliy ittifoqchilari hujumlarni kuchaytirish, yaqiniga borib qolgan Hadidani toʻla egallash maqsadida xalqaro imkoniyatlar qidirishar edi. Qolaversa, Amirliklarning Hadidaga boʻlgan hujumini toʻxtatish Amerika uchun katta muammoga aylandi. Chunki bu shahar Husiylar qoʻlidan chiqib ketadigan boʻlsa, boshi berk koʻchada qolishadi!

b)           Keyin Istanbulda saudiyalik jurnalist Xoshaqjiy joniga qilingan vahshiyona suiqasd hodisasi yuz berdi. Bu hodisa Saudiyaga, shuningdek uni himoya qilgan Trampga nisbatan xalqaro doirada keskin muhit paydo qildi. Shunda Amerika jamoatchilikni bunday xalqaro muhitdan chalgʻitib, maʼlum darajada Xoshaqjiy mavzusini yopadigan va Saudiya bilan Trampni xijolatdan chiqaradigan mavzuni, yaʼni Yaman mavzusini koʻtarib chiqish kerak, degan fikrga keldi. Keyin AQSh Senati Amerikaning Yamandagi urushni harbiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga yakun yasashga ovoz berdi, “Senat Yamandagi Saudiya boshchiligida olib borilayotgan kampaniyani harbiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni tugatishni 41 ovoz qarshisida 56 ovoz bilan maʼqulladi”. (Reyter, 2018 yil 14 dekabr). Shunga binoan, Saudiyani xalqaro tanglikdan chiqarish va Xoshaqjiy masalasini yopish uchun Amerika Yamanda oʻttiz kun oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi… “AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettis Yamandagi kurashayotgan tomonlardan oʻttiz kun oʻt ochishni toʻxtatishni va yurtdagi urushga chek qoʻyish uchun jiddiy muzokaralar boshlashni talab qildi. U “Yamanda bir-biriga qarshi jang qilayotgan tomonlarga tinchlik sari qadam tashlash vaqti kelgani”ni taʼkidlar ekan, jumladan, “Buni amalga oshirishimiz uchun bizga oʻttiz kun kerak, menimcha, Saudiya bilan Amirliklar bu borada qadam tashlashga tayyor”, dedi”. (Xolij onlayn, 2018 yil 31 oktyabr).

v)            Buning ortidan Yaman mavzusini hal qilish uchun Shvetsiya shartnomasi imzolandi. Britaniya shularni anglab yetdiki, bu shartnomani AQSh Husiylar foydasiga boshqarib turganini bilardi. Muzokarachi tomonning birinchisi Husiylar boʻlsa, ikkinchi tomon Saudiyaning buyrugʻiga boʻysunuvchi Hodiydir. Xabarlarda kelishicha, hukumat delegatsiyasi shartnomaga imzo chekmaslik kerak, chunki unda Husiylarning Hadidadan chiqishlari aytilmagan, deb hisoblanmoqda. Biroq Saudiyaning bosimlari ostida Hodiy rozi boʻldi! “Baʼzi manbalarning Al-Jaziraga maʼlum qilishicha, hukumat delegatsiyasi Riyozda yashayotgan Hodiyga maktub yuborib, shartnomaga imzo chekmaslikni tayinlab, unda Husiylarning Hadida shahri va portidan chiqib ketishlari aytilmaganini bildirdi. Ammo Yaman prezidenti oʻtgan soatlar mobaynida Saudiya tomonidan qattiq bosimlar boʻlishi ortidan unga imzo chekdi”. (Al-Jazira 2018 yil 13 dekabr). Tabiiyki, Amerika shartnomani ochiqchasiga olqishladi, “AQSh davlat kotibi Pompeo “Yamanda tinchlik qaror topishi mumkin”, deya hisoblab, shartnomaning imzolanganini olqishladi”. (Bi-Bi-Si, 2018 yil 14 dekabr). Husiylarning Hadidadan chiqib ketmagan holda shartnoma imzolanishi Amerika uchun muhim edi. Chunki u muzokarachi tomonlar, yaʼni, Husiylar ham va Saudiyada garovda yashayotgan Hodiy ham uning koʻrsatmasi boʻyicha yuradi, deb oʻylagan edi.

Ikkinchi:

Shu yerda Britaniya Hodiyning alьternativini ishga tushirish vaqti keldi, deb bildi. Masalan, Amerika shimolda Husiylarni mustahkamlashga muvaffaq boʻladigan boʻlsa, inglizlar janubda Hodiyning alьternativini tayyor qilib qoʻygan boʻladi. Yaʼni, bu shunday alьternativ ediki, Amerika ham, uning malayi Saudiya ham garovda saqlashayotgan ingliz malayi yordamida Husiylar bilan biror yechimga kelolmaydi. Balki qarshilarida janubdagi inglizlar malaylari harakatiga guvoh boʻlishadi, bu malaylarning Saudiya ham garovda ushlab turolmaydigan, faqat Britaniya foydasiga ishlaydigan kuchli tikonli harakat ekaniga amin boʻlishadi. Bu bilan Britaniya Yaman mavzusini hal qilgan boʻladi. Shunday qilib, Adan hodisalarini boshlash uchun alьternativ, yaʼni, Zubaydiy kengashi harakatga keltirildi.

1 –          Adanda yuz bergan soʻnggi voqealar qasddan tezlashtirildi va bu narsa aniq sezilib turardi! Yaʼni, janub oʻtish davri hukumati bilan Adandagi qonuniy hukumat kuchlari taranglashdi, soʻng 2019 yil 7 avgustda “xavfsizlik tasmasi” bilan hukumat kuchlari oʻrtasida toʻqnashuvlar boʻldi… Toʻqnashuvlardan toʻrt kun oʻtib, 2019 yil 10 avgust shanba kuni ushbu eʼlon yangradi: “Toʻqnashuvlardan toʻrt kun oʻtib, shanba kuni janub oʻtish davri kengashi Adandagi Maoshiq saroyini egallaganini eʼlon qildi”. (Frans 24, 2019 yil 10 avgust). Shuningdek, Adandagi boshqa harbiy qism va idoralar ham Hodiy hukumati qoʻlidan ketdi!

2 –          Bu voqealarning toʻrt kun ichida tezlashib ketishiga Hodiy hukumati, uning apparati, respublika prezidenti va uning noibining Britaniya malayi ekani ham yordam berdi. Chunki ular janub oʻtish davri kengashi zimmasiga Britaniya tomonidan yuklangan vazifaning bajarilishiga qulaylik yaratib berib turishdi! Shu tarzda Kengash masalani bir yoqlik qilishni uddasidan chiqdi va buning bir necha dalillarini keltirib oʻtamiz:

a)            “Biz Maoshiq saroyini prezidentlik kuchlaridan qarshiliksiz oldik, dedi. Xavfsizlik kamari kuchlaridagi bir rasmiy manba” (Frans 24, 2019 yil 10 avgust).

b)           “Yaman Ichki ishlar vaziri Ahmad Maysariy – Yaman prezidentligining Adanda yuz berayotgan voqealarga jim turishi shubha uygʻotmoqda, bu toʻgʻri emas, dedi”. (Al-Jazira, 2019 yil 11 avgust).

v)            “2019 yil 10 avgust shanba kuni Yaman hukumati maxsus kuchlari qoʻmondoni general-leytenant Bazl Boish armiyadan boʻlinib chiqib, oʻtish davri kuchlariga qoʻshilganini eʼlon qildi. Ayni kuchlar tomonidan tarqatilgan videoda u qonuniy hukumat qurolli kuchlaridan boʻlinib, oʻzi qoʻshinlari bilan birgalikda general-leytenant qoʻmondonligi ostidagi janub oʻtish davri kengashiga qoʻshilganini aytdi”. (Middlie Tast online, 10 avgust).

g)            Bundan tashqari, Amirliklar ham katta rolь oʻynadi. Xuddi xoʻjayiniga oʻxshab faqat aldadi… Chunki Zubaydiyni eng koʻp qoʻllagan Amirliklar boʻladi! Masalan, u Saudiya rejalariga qarshi biror ish qilsa, darhol ortidan – biz Saudiya yetakchiligidagi koalitsiyada hamkormiz, deya bayonot berdi! Ikkalasi ham Yaman barqarorligi uchun “harakat qilishadi”!

Uchinchi:

Aftidan, Saudiya ishlar – ayniqsa haj mavsumida – bunchalik keskinlashib ketadi deb oʻylamagan koʻrinadi. Shu bois, 2019 yil 10 avgust shanba kuni kechki payt oʻtish davri kengashi Adanni egalladi… Ana shunda Saudiya bunga nisbatan chora koʻrishga kirishdi. Masalan:

a)            “… Kecha kechqurun Yamandagi qonuniylikni qoʻllab-quvvatlovchi koalitsiya Adan shahridagi barcha harbiy tashkilot va muassasalarni, jumladan, janub oʻtish davri kuchlari va u yerni nazorat qilayotgan xavfsizlik kamari kuchlarini zudlik bilan oʻz joylariga qaytishga, oʻtgan kunlar ichida bosib olgan joylardan chiqib ketishga hamda shaxsiy va omma mulklariga tajovuz qilmaslikka chaqirdi. Shuningdek, koalitsiya oʻtgan tunning yarim kechasi soat 01:00dan boshlab Yamanning muvaqqat poytaxti Adanda oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi hamda koalitsiya kuchlari ayni chaqiriqqa qarshi chiqqan har qanday tomonga harbiy kuch ishlatishini taʼkidladi. Muhlat boshlangandan bir necha daqiqa oʻtib, janub oʻtish kengashi oʻt ochishni toʻxtatishga rozi ekanini eʼlon qildi va Riyoz daʼvatiga yuksak baho berdi”. (Sharqul Avsat, 2019 yil 11 avgust). Shunga qaramay, “Kengash raisi oʻrinbosari Honiy Ali Burayk Tvitter orqali kengash koalitsiyaga rioya qilishda davom etadi, biroq bunday tahdid ostida muzokara boʻlmaslik kerakligini taʼkidladi. Arab koalitsiyasidagi bir rasmiy manba oʻtish davrining oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi bayonotni “yaxshi”, deya baholadi, ammo qurol yordamida nazorat qilayotgan joylardan chiqib ketish zarurligini hisobga olganda, bu chaqiriq kifoya emas, dedi. Unga koʻra, “oʻtish davri kuchlari chiqib ketib, oʻz obʼektlariga qaytishlari bilanoq”. Yamandagi tomonlar oʻrtasida uchrashuv boʻlishini maʼlum qildi”. (Arab tilida chiqadigan Independent gazetasi, 2019 yil 11 avgust).

b)           Koalitsiya eʼlonini ishonchli eʼlonga aylantirish uchun, obʼektlardan biri nishonga olindi: “Yaman poytaxti Adandagi qonuniy hukumatga qarshi separatist kuchlar tomonidan tahdid hisoblangan hududlardan biri nishonga olindi. Koalitsiya buni ayni ishda birinchi marta amalga oshirilgan amaliyot ekanini hamda oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi bayonotga amal qilinmaydigan holat yuz bersa, bu nishonga oluv yana davom etishini, chunki bayonotda rioya qilmaganlarga kuch ishlatilishi bilan ogohlantirilganini taʼkidladi”. (Arabiyya, 2019 yil 11 avgust).

v)            Arab davlatlari koalitsiyasidagi rasmiy manbaning bildirishicha, janubiy oʻtish davri kengashi ularga qarashli obʼektlardan biri koalitsiya tomonidan nishonga olinganidan keyin Adandagi oʻzlari nazorat qilib kelayotgan ayrim mintaqalardan chiqib keta boshlagan.

Toʻrtinchi:

Endi nima boʻlishi haqidagi taxminga kelsak, ikki ishdan biri boʻlishi mumkin:

Birinchi taxmin: Saudiya ikki tomonni oʻzida muloqotga chaqirgan ekan, Zubaydiy va uning kengashini – xuddi Hodiy va uning hukumatini qilgani kabi – oʻz nazorati ostiga olishga harakat qiladi. Biroq bu oson ish emas. Chunki Britaniya Hodiyning Saudiya nazorati ostiga tushib qolgani sababli shu kengashni tuzgan. Shuning uchun Hodiy masalasida yiqilgan oʻraga yana yiqilish yuz berilishiga yoʻl qoʻymaydi. Koʻproq taxmin, Saudiya Zubaydiy va kengashiga nisbatan avrab tuzoqqa ilintirish siyosatini qoʻllaydi, yaʼni, hukumatda keng vakolatlar berish bilan Hodiy hukumatida ishtirok etish bilan aldaydi, Hodiyning vakolatlari Zubaydiy vakolatiga nisbatan oz boʻladi, Zubaydiy esa, obroʻni saqlab qoluvchi sifatida hukumatga bosh vazir boʻlib qoladi, Zubaydiga – agar bunga rozi boʻlmaydigan boʻlsa, unga qarshi harbiy hujumlar qilish bilan tahdid qiladi. Qirol Salmonning 2019 yil 12 avgustda Abu Dabi shahzodasi bilan uchrashuvida ham, ishlarni avvalgi holatiga qaytarish maqsad qilingan boʻlishi mumkin. Chunki Saudiya Zubaydiy raisligidagi oʻtish davri Kengashi ortida Amirliklar turganini yaxshi biladi.

Ikkinchi taxmin: Agar oʻtish davri Kengashi rozi boʻlmasa, soʻng Saudiya harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, ana shunda Britaniya Yaman ishiga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashadi… AQSh bilan muzokara oʻtkazib, oʻtish davri kengashini Husiylar bilan muzokaraga undashni, shu orqali Husiylarga hukumatdan obroʻli ulush berilishini Amerikaga vaʼda qiladi. Darvoqe, Husiylarning siyosiy boʻlimi aʼzosi Muhammad Buxaylining oʻzining feysbuk sahifasida tarqatgan chaqirigʻi ham tasodif emas. Oʻtish davri kengashining Adanni egallashi ortidanoq hamda Saudiyaning tomonlarni muloqotga chaqirishi bilan bir vaqtda yangragan uning chaqirigʻida bunday deyilgan: “Biz barcha siyosiy tashkilotlarni, xususan, Ansorulloh, Kongress partiyasi, Isloh partiyasi, oʻtish davri kengashi kabi boshqa tashkilotlarni Yaman urushiga chek qoʻyish uchun muzokara stoliga oʻtirishga hamda barchani oʻzida mujassamlovchi yangi oʻtish davri hokimiyatini tuzib, soʻng sulh loyihasiga kelishib olishga chaqiramiz”.

Shunday qilib, mana shunday bir yechimga zamin tayyor koʻrinadi. Chunki Amerika Shved muzokaralari oldidan qilgan bayonotlaridan koʻrinib turganidek, Yaman masalasiga yakun yasashni istamoqda. Saudiya ham Yaman botqogʻidan chiqishni istamoqda. Britaniya esa, Saudiyaga itoat qilmay, oʻzining buyrugʻi boʻyicha harakat qiladigan shaxsni qoʻlga kiritdi va shu bois ham muzokaralarga rozi boʻlyapti, ishlari avvalgi Hodiy asir boʻlib qolganidek davom etishini istamayapti. Qachon AQSh bilan Britaniya birgalikda yechimga kelishishsa, uni Husiylar, oʻtish davri kengashi va Saudiya kabi tobelari ijro qilishadi. Biroq kapitalistlarning har qanday yechimi oldida ekspluatatsiya hamda ularning asl qonida mavjud boʻlgan utilitarizm-manfaat nazariyalari toʻsiq boʻladi. AQShning ham, Britaniyaning ham ustuvor vazifalari mana shu mushtarak yechim emas. Balki ikkalasini bu yechimdan oldin qiziqtiradigan muhim narsa ayni yechimning oʻz manfaatlariga mos kelishidir. Shu sababdan oʻzaro muzokaralari choʻzilib ketmoqda… Husiylar, Hodiy va kengash esa, kutishyapti!

Beshinchi:

Ammo masalaning biz uchun eng alamli tomoni Yaman ahli masalasidir. Agar ular Alloh Subhanahuga xolis va Rosuli ﷺga sodiq tursalar oʻz masalalarini oʻzlari hal etishga qodirdirlar. Bas, qachongacha muammolari yechimini dushmanlarga topshirib qoʻyadilar?! Chunki bu kofir mustamlakachilar Yaman masalasini musulmonlar qoni orqali hal etish yoʻllarini izlashyapti, soʻng oqizishgan shu qonlarni kechib yurib, oʻz manfaatlariga mos yechimni tanlashyapti. Ularning musulmon yurtlaridagi malay hukmdorlari va gumashtalari ham, zalolat botqogʻiga tobora botmoqdalar. Sodir boʻlayotgan bu kabi hodisalar goʻyo musulmonlar yurtlarida emasdek, butunlay boshqa davlatlarda boʻlayotgandek! Bu hukmdorlarning bizning masalalarimizni kofir mustamlakachilar qoʻliga topshirishlari shunday bir gunohi azimki, uni qilgan kimsalarni bu dunyoda xorlik, oxiratda alamli azob kutadi.

سَيُصِيبُ الَّذِينَ أَجْرَمُوا صَغَارٌ عِنْدَ اللَّهِ وَعَذَابٌ شَدِيدٌ بِمَا كَانُوا يَمْكُرُونَ

“Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib oʻtgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob yetajakdir”  [Anʼom 124]

12 zul-hijja 1440h

13 avgust 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.