Uygʻurlar Tүrkiyadan deport qilinmoqda

704
0

Uygʻurlar Tүrkiyadan deport qilinmoqda

 Ayni vaqtda yuzlab uygʻurlar Turkiyada hibsga olingan, ularning qirqtasini deport qilish masalasi turibdi. Turk hukumati yana qancha uygʻurni nishonga olgani nomaʼlum. Bu haqda “Financial Times” gazetasi yozmoqda.

 Maʼlumotlarga koʻra, uygʻur musulmonlarni Xitoyga Tojikiston orqali deport qilish boshlangan. Hozir Turkiyada 30 mingga yaqin shinjonlik uygʻurlar yashaydi.

 Bunga qadar turk hukumati Xitoydan 3,6 milliard dollar qarz soʻragan. Soʻralgan qarzdan 1 milliard dollari iyun oyida Turkiyaga yetkazildi. Oradan koʻp oʻtmay Xitoy rahbari Si Tszinьpin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan bilan Tojikistonda uchrashdi. Uchrashuvda Si terrorizmga qarshi kurashda ikki davlat hamkorlikni kuchaytirishi zarurligini bildirgan. U Turkiyada har qanday kuchga Xitoyga qarshi kayfiyat paydo qilishiga imkon bermagani uchun Erdogandan minnatdor ekanligini qoʻshimcha qilgan edi. Oʻz navbatida Erdogan Turkiya Xitoy bilan hamkorlikka alohida eʼtibor qaratayotganini aytib oʻtgan.

 Shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, Xitoy 2009-yil iyul voqealaridan soʻng uygʻur musulmonlarni taʼqib qilishni kuchaytirgan. Shu sababli ular jon saqlash uchun Turkiya va boshqa davlatlarga qochib chiqishgan. Oʻz vaqtida Turkiya ularni qabul qilish bilan birga Xitoyga qarshi tanqidiy fikrlarni bildirgan edi. Biroq, bugunga kelib Erdogan oʻz soʻzidan qaytib, qardosh musulmonlarni mushrik Xitoy hukumatiga topshira boshladi. Bunga qoʻshimcha, turk hukumati “noqonuniy migratsiya”ga qarshi kurash doirasida mamlakat ichida reydlar oʻtkazmoqda. Iymonini saqlash uchun qochib chiqqan qardoshlarda qonuniy hujjat boʻlarmidi?!

Mumtoz Movarounnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.