Yahudiy vujudi ham Fors Koʻrfazidagi kemalar qatnovi xavfsizligini himoya qilish bahonasida arab davlatlari bilan birga AQSh yetakchiligi ostidagi koalitsiyasida ishtirok etadigan boʻldi

561
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yahudiy vujudi ham Fors Koʻrfazidagi kemalar qatnovi xavfsizligini himoya qilish bahonasida arab davlatlari bilan birga AQSh yetakchiligi ostidagi koalitsiyasida ishtirok etadigan boʻldi

Hijriy 1440 yil 5 zul-qaʼda, milodiy 2019 yil 6 avgust seshanba kuni Al-Jazira sayti quyidagi xabarni tarqatdi (xabardagi ayrim soʻzlar oʻzgartirilgan): “Yahudiy vujudi Tashqi ishlar vaziri Israel Kats Fors koʻrfazi dengiz xavfsizligi mudofaasi boʻyicha AQSh daʼvat qilgan koalitsiyada yahudiy vujudi ham ishtirok etishini ochiqladi. Bundan oldin uning amerikalik hamkasbi Mayk Pompeo oʻz davlati oltmishdan ziyod davlatni oʻz ichiga oladigan koalitsiya tuzish niyatida ekanini maʼlum qilgan edi.

Knessetga qarashli tashqi ishlar va xavfsizlik qoʻmitasi yigʻinida qilgan nutqida Kats yahudiy vujudining AQSh va mintaqadagi shu xususda olib boriladigan munozaralarda qatnashishi, razvedka va boshqa sohalarda koalitsiyada ishtirok etishi hamda bu borada yuksak qobiliyat va ustunlikka ega ekani toʻgʻrisida gapirdi. U yaqinda iyun oyi oxirida Abu Dabiga safar qilganini, safari chogʻida Amirliklarning oliy darajadagi bir rasmiysi bilan uchrashganini, uchrashuv ortidan yahudiy vujudi tashqi ishlar vazirligiga koʻrsatma berganini taʼkidladi. Bu koʻrsatma Fors Koʻrfazidagi kemalar qatnovi xavfsizligini himoya qilishga qaratilgan AQSh koalitsiyasiga yahudiy vujudini ham qoʻshish toʻgʻrisida boʻlgan”.

Roya gazetasi sharhi:

Amerika mintaqa tuzilmasini qayta ishlashni va buni mana shunday koalitsiya va qutblar orqali amalga oshirishni maqsad qilgan. Bu koalitsiyalarning zohiri Islom va musulmonlarga qarshi adovatga, botini til biriktiruvlarga toʻla.

Amerika musulmon yurtlari hukmdorlari, xususan, Fors koʻrfazi davlatlari hukmdorlariga “olaboʻji” qilib koʻrsatishda Erondan foydalanar ekan, ayni yurtlardagi oʻz manfaatlarini u yerlarga yanada qattiq chang solish bilan mustahkamlamoqchi. Hatto manfaati taqozo qilganda u yerlarda urush olovini yoqib, buzgʻunchilik va vayronagarchilik sodir etyapti. Yaqin yillarda sodir boʻlgan Suriya, Yaman, Liviyadagi hodisalar bunga yaqqol misol boʻladi.

Bu kofir davlat mintaqaga yahudiy vujudini oʻzining oʻsha yerga nisbatan nazariyasi asosida qoʻshmoqchi. Shuning uchun, Falastin masalasini yoʻq qilish uchun oʻzining mashʼum bitimini tiqishtirdi. Chunki yahudiylar vujudining arab davlatlar bilan boʻlgan koalitsiyasiga qoʻshilishiga toʻsiq boʻlayotgan narsa Falastin masalasidir.

Jinoyatchi yahudiy vujudining arab davlatlari bilan ushbu koalitsiyada ishtirok etishi arab davlatlari hukmdorlarining ayblarini yashirib turgan bir parcha pardani ham ochib tashladi hamda ularning haqiqatan kofir Gʻarbga malayligini va oʻz xalqiga xoinligini tasdiqladi.

Insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat oʻziga qarshi toʻqilayotgan fitnani allaqachon anglamogʻi vaqti keldi. U qarshilik va mudofaa harakati, degan yolgʻon shiorlarga aldanmasligi, darhol harakatga kelib, bunday togʻut rejimlarning barchasini agʻdarmogʻi va ularning xarobalari uzra Paygʻambarlik minhojiga asosidagi roshid Xalifalikni barpo etmogʻi darkor. Xalifalik yahudiy vujudini ildizi bilan qoʻporib tashlab, butun musulmon yurtlaridan AQSh va uning malaylari nufuzini yoʻq qiladi.

Roya gazetasining 2019 yil 14 avgust chorshanba kungi 247-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.