Ostona va Sochi shartnomasi achchiq mevalarini bera boshladi

51
0

Ostona va Sochi shartnomasi achchiq mevalarini bera boshladi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriyaning Idlib shahridagi qurolli guruhlarga qarshi qattiq choralar koʻrilishini va bu masalada Rossiya bilan Turkiya oʻrtasida uzluksiz va intensiv harbiy aloqalar mavjudligini maʼlum qildi. Lavrovga koʻra, Rossiya endi faqat, tomosha qilib oʻtirishdan qoniqish hosil qilmaydi.

“Biz turk rasmiylaridan Idlibda otashkesimga qoʻshilishga tayyor qurolli muxoliflardan terrorchi guruhlarni ajratishini kutib kelyapmiz. Bu mintaqa Turkiya rasmiylari tarafidan sulhga qoʻshilishga tayyor boʻlgan qurolli muxolifat va “terrorchi” guruhlarni bir-birlaridan ajratilishi shart boʻlgan mintaqadir. Biz faqat vaziyatni diqqat bilan kuzatish bilan cheklanib qolanimiz yoʻq. U yerdagi “xavfsiz mintaqa”da bizning askarlarimiz mavjud”, dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri.

Lavrovning daʼvo qilishicha, Idlibdagi qurolli guruhlarning Idlibga qoʻshni boʻlgan mintaqalariga hujumlar uyushtirishi va oʻz nazorat maydonlarini kengaytirish harakatlarini davom ettirishi soʻnggi vaziyatlarga sabab boʻlmoqda. Shuningdek Lavrov oʻtgan yili Anqara va Moskva oʻrtasidagi Sochi kelishuviga ishora qilar ekan, Idlibda turk qoʻshinlarining mavjudligi “terror” hujumlariga toʻsqinlik qilish uchun ekanligini qoʻshimcha qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham oʻz bayonotida Idlibdagi “terrorchilar” oʻz hududlarini kengaytirib borayotganini bildirdi.

“Terrorchilar oʻtgan yili Idlibdagi tanglikni kamaytirish zonasining qariyb 50 foizini nazorat qilishgan. Endi ular hududning 90 foizini nazorat qilishmoqda. Bu qabul qilinishi mumkin emas”, dedi Putin.

Izoh: Darhqiqat Ostona va Sochi shartnomalari achchiq mevalarini bera boshladi. Chunki Ostona va Sochida uyushtirilgan uchrashuvlarda Rossiya, Eron va Turkiya davlatlari Suriyada “xavfsiz mintaqa yaratish” va “nazorat punktlarini oʻrnatish” masalalarida kelishib olganligini daʼvo qilishgan boʻlsa-da, u yerdagi asl maqsad Idlibdagi qarshilik harakatini zayiflashtirish va Idlibni rejim kuchlariga topshirish edi. Yaʼni bu shartnomalar Asad rejimini quchaytirish uchun tuzilgan shartnomalar edi. Afsuski, Turkiya xuddi Halabda boʻlganidek bu masalada ham faol rol oʻynamoqda.

Kuni-kecha Putin va Erdogan Idlib masalasida kelishib olganligi xabar qilindi! Bu haqida Kremldan berilgan bayonotda Putin va Erdogʻan Idlibda boʻlishi mumkin boʻlgan terrorizm tahdidini bartaraf etish uchun birgalikda saʼy-harakatlarni kuchaytirishga kelishib olganligi bildirildi.

Hozirda Rossiya va Asad kuchlari, “radikal unsurlar va muxolifat guruhlariga qarshi hujum” bahonasida muxolif guruhlarning muhim boshpanasi boʻlgan Idlibga shafqatsizlarcha bomba hujumlari uyushtirib, ayollar, bolalar, tinch aholi qatliom qilmoqda. Hama va Idlibning baʼzi mintaqalarini oʻz nazoratiga olishga ham muvaffaq boʻldi. Ammo u yerdagi “xavfsiz hudud” nazoratini oʻz zimmasiga olgan Turkiya esa, bu holat jiddiy insoniy inqirozga sabab boʻlishi mumkinligidan ogohlantirish bilan cheklanmoqda.

Suriya tashqi ishlar vazirligi Idlibda bir necha oylardan buyon davom etib kelayotgan amaliyotlarning kuchayishi sababli mintaqadagi tinch aholini evakuatsiya qilish uchun xavfsiz yoʻlak ochilganligini bidirdi. Demak, Turkiyaning roziligi bilan Idlib ham Halab kabi Asad kuchlariga topshirila boshladi. Xoinlarga Allohning Oʻzi kifoya qilsin!

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.