Falastin rejimi qoʻlida hibsda qolayotgan Hizb ut-Tahrir aʼzolarining ozod etilishini talab qiluvchi namoyish

439
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin rejimi qoʻlida hibsda qolayotgan Hizb ut-Tahrir aʼzolarining ozod etilishini talab qiluvchi namoyish

Taniqli va nufuzli kishilar hamda Hizb ut-Tahrir tarafdorlari 2019 yil 8 avgust payshanba kuni Xalil shahri Davro mahkamasi oldida Hizb ut-Tahrir yigitlarining ozod etilishini talab qilib namoyish oʻtkazdilar. Bundan bir necha kun muqaddam rejim xavfsizlik xizmati bu yigitlarning xonadonlariga bostirib kirib, tintuv oʻtkazib, oila aʼzolari va ularning mulklari daxlsizligini poymol qilgan edi.

Namoyishchilar qoʻllaridagi koʻtarib chiqqan plakatlar orqali ularning zudlik bilan ozod etilishini talab qildilar. Ular shuningdek, bunday siyosiy qamoqqa olish va xavfsizlik xizmatining vahshiyona xatti-harakatini qoraladilar, ayniqsa, Rosululloh ﷺning bayroqlarini olib tashlab, bayroq egalarini qamoqqa olganiga keskin norozilik bildirdilar!

Roya gazetasining 2019 yil 14 avgust chorshanba kungi 247-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.