AQSh va “Tolibon” Afgʻonistondan xorij qoʻshinlarini olib chiqib ketish muddati toʻgʻrisida kelishib oldi

81
0

AQSh va “Tolibon” Afgʻonistondan xorij qoʻshinlarini olib chiqib ketish muddati toʻgʻrisida kelishib oldi

 AQSh va “Tolibon” harakati vakillari Dohada boʻlib oʻtgan muzokaralarda Afgʻonistondan xorij qoʻshinlarini olib chiqib ketishning vaqtinchalik koʻrsatkichlari toʻgʻrisida kelishib oldi. Bu haqda Pokistonning Doongazetasi xabar berdi.

 “Biz qoʻshinlarni olib chiqib ketishning vaqtinchalik doirasi haqida kelishib oldik. Endilikda uni amalga oshirish boʻyicha muzokaralar ketmoqda”, – dedi toliblar vakili Suhayl Shahin. Ammo qoʻshinlarni olib chiqib ketish muddati toʻgʻrisida hech bir tomon maʼlumot bermadi.

 Xabar qilinishicha, Vashington bu boradagi kelishuv 1 sentyabrgacha imzolanishiga umid qilmoqda.

 Keyingi yil davomida AQSh va “Tolibon” qoʻshinlarni olib chiqib ketish, oʻt ochishni toʻxtatish va ichki muammolarni hal qilish boʻyicha sakkiz marta muzokara oʻtkazdi.

 Izoh: Maʼlumki, AQSh oʻziga kerak boʻlgan vaqtda nopok uslublarini ishga solishga imkon qoldirish uchun har doim ikkiyoqlama siyosat yuritadi. Rasmiy Vashington “Tolibon” harakatiga nisbatan ham huddi shu asosdan turib munsabat bildirib keladi.

  AQSh moliya vazirligi “Tolibon” harakatini terrorchi tashkilotlar sirasiga kiritib, unga qarshi sanktsiyalar qoʻllagan. Shuningdek, AQSh milliy aksilterror markazi ham “Tolibon”ni terrorchi tashkilot hisoblaydi.

 Biroq, AQSh davlat departamentining “xorijiy terrorchi tashkilotlar” roʻyxatiga “Tolibon” harakati kiritilmagan.

 Amerika “Tolibon” harakatini harbiy yoʻl bilan yoʻq qila olmagach, yana oʻzining eski uslubini ishga soldi. Davlat depatramenti tomonidan mazkur harakat “terrorchi tashkilotlar” sirasiga kiritilmaganidan foydalanib Tolibonni muzokaraga tortish yoʻllarini qidira boshladi. Shu maqsadda AQSh koʻrsatmasi bilan Qatar hukumati oʻz poytaxtida “Tolibon” harakati uchun ofis ochishga ruxsat berdi va “Tolibon” 2013-yil iyun oyida Doxada oʻz vakolatxonasini ochdi.

 Chunki AQShning afgʻon urushidan magʻlubiyatga uchraganini koʻrsatmagan holda chiqishi uchun Toliboni muzokaralar stoliga oʻtkazishdan boshqa chorasi yoʻq edi. Bu variant Amerikaning Afgʻonistondagi strategiyasiga aylandi. Shuning uchun ham 2018 yil 5 sentyabrda AQSh davlat departamenti Zalmay Xalilzodni Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakil qilib tayinlab, unga muayyan vazifa topshirdi: “AQSh davlat departamentining dastlabki bayonoti xulosasiga koʻra, Xalilzodga muayyan vazifa belgilab berilgan boʻlib, uning bu vazifasi Amerikaning Tolibonni muzokara stoliga oʻtqazishga qaratilgan saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish va oʻsha tomonga yoʻnaltirishdan iborat”.

 AQSh “Tolibon” bilan afgʻon rejimi oʻrtasida muzokara boshlashga urinib koʻrdi, ammo bunga erisholmadi. Chunki, “Tolibon” afgʻon hukumatini Amerika qoʻlidagi bir qoʻgʻirchoq deb hisoblagani sababli muzokaraga rozi boʻlmay keldi. Endilikda muzokaralar bevosita Tolibon harakati bilan Amerika oʻrtasiga koʻchdi. Ammo bugun Tolibon ayni hukumatni tuzgan mana shu Amerika ekanini bila turib, Amerika bilan muzokara oʻtkazishga rozi boʻldi va goʻyoki AQSh Afgʻonistondan sharmandalarcha magʻlub boʻlgan holda emas, balki muzokara va kelishuv natijasida chiqib ketayotgandek koʻrinishiga imkon paydo qilyapti.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.