Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi Kashmir boʻhroniga oid kampaniya boshladi

509
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi Kashmir boʻhroniga oid kampaniya boshladi

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi (hijriy 1440 yil 8 zul-hijja, milodiy 2019 yil 9 avgust) juma kuni “Kashmir uchun musulmon armiyalarni harakatga keltirib, uni ozod etishdan boshqa yechim yoʻq” nomli kampaniya boshladi. Kampaniya orqali musulmon yurtlaridagi armiyalardan Kashmir va boshqa bosib olingan islomiy yurtlarni ozod etish uchun nusrat talab qilinmoqda.

Hindiston Pokistondan koʻngli toʻq. Chunki bu yurt hukmdorlari Kashmirni jihod va qurolli kurash orqali ozod etish variantini yoʻqqa chiqarib, Kashmirdagi qarshilik harakatini qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortishgan, balki terroristlar, deya ularni taʼqib ostiga olishmoqda. Shu bois, Hindiston xotirjamlik bilan Kashmir avtonomiyasini bekor qilib, uni oʻzining viloyatlariga qoʻshib oldi. Agar pokistonlik hukmdorlar Kashmirga nisbatan xolis va vafodorlik pozitsiyasida turishganda edi, Hindiston bunday qadam tashlashga jurʼat qilolmas edi, albatta. Jinoyatkor yahudiy vujudi qarshisida bosh egib turgan arab davlatlari va qoʻshni davlatlar hukmdorlari pozitsiyasi ham xuddi shunday boʻlgani sababli bosqinchi kuchlar zulm qilishda haddan oshib, manzilgoh qurilishlarini kengaytirishmoqda hamda Falastinda yangi vaziyat- voqelikni paydo qilishyapti. Demakki, arab davlatlari hukmdorlari ham, Pokiston hukmdorlari ham bab-barabar musulmonlarning taqdiriy masalalarini hal etishdan voz kechish bilan Islom va musulmonlarga xoinlik qilishmoqda!

Pokiston hukmdorlari pozitsiyasidan farqli oʻlaroq, Kashmir ahli bilan Pokiston ahli, jumladan Pokiston qurolli kuchlari safidagi xolis harbiylar Hindistonning Kashmirni bosib olganiga qarshi boʻlib, uni ozod etish uchun Alloh yoʻlida jihod qilishga tayyor turibdilar. Zotan, ular Kashmirni ozod eta olishlariga toʻla ishonadilar hamda hind askarlarining qoʻrqoqligini ham, eʼtiqodlarining buzuqligini ham yaxshi biladilar. Agar pokistonlik hukmdorlar xoinlik va malaylik yoʻlini tutishmaganda edi, Kashmir erta qachon ozod etilgan boʻlur edi. Zero, Kashmir muammosi ozodlik maʼrakasida son-sanoqsiz qoʻshinlarga yetakchilik qiladigan xolis qoʻmondonlar muammosidir. Demakki, Pokistonda Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo qilishga harakat qilish lozim. Toki, ushbu roshid Xalifalik nafaqat Kashmirni ozod etish uchun, balki butun Hindiston ahlini – xuddi oʻtmish asrlarda boʻlgani kabi – Qurʼon va Sunnat hukmiga itoat ettirish uchun Pokiston qoʻshiniga yetakchilik qilsin.

إِنَّ هَذَا لَهُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ  لِمِثْلِ هَذَا فَلْيَعْمَلْ الْعَامِلُونَ

“Albatta mana shu ulugʻ baxtning oʻzidir. Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt-saodat) uchun amal qilsinlar” [Soffot 60-61]

Roya gazetasining 2019 yil 14 avgust chorshanba kungi 247-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.