Yahudiy vujudining takabburligi va zoʻravonligini oʻzlarini qarshilik kuchlari deyayotganlar qoʻrqoqlik va sharmandalik bilan kutib olishmoqda

436
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yahudiy vujudining takabburligi va zoʻravonligini oʻzlarini qarshilik kuchlari deyayotganlar qoʻrqoqlik va sharmandalik bilan kutib olishmoqda

Maan axborot agentligi veb-saytining (hijriy 1440 yil 29 zul-qaʼda, milodiy 2019 yil 1 avgust payshanba kuni nashr qilingan) xabarida (xabardagi baʼzi soʻzlar oʻzgartirilgan) bunday deyiladi:

“Yahudiy vujudi xavfsizlik xizmatidagi manbalarga koʻra, xavfsizlik xizmatlari Eronning Suriya va Livanda, hatto Iroqda mavjud boʻlib turishiga qarshi qaratilgan kurashni kengaytirishgan. Ayni manbalar “Yaqinda, Eronning Iroqdagi pozitsiyalariga qarshi navbatdagi zarbalar toʻgʻrisida eshitasizlar”, deya taʼkidlashgan.

Ularning “Sharqul Avsat” gazetasiga bildirishicha, yahudiy vujudi siyosatidagi oʻzgarish eronliklarni Suriyadan quvishda erishgan muvaffaqiyatlariga borib taqaladi. AQSh prezidenti Donalьd Trampning Suriyadan chiqib ketish qarori ortidan yahudiy vujudi Suriyada yanada koʻproq mavjud boʻlib, havo hujumlarini sodir etishga muvaffaq boʻldi va hujumlari orqali eronlik jangarilarning oʻz qarorgohlari va qurol omborlaridan quvib chiqardi”.

Roya gazetasi sharhi:

Yahudiy vujudining takabburligi, zolimligi va zoʻravonligini musulmon yurtlaridagi ruvaybiza hukmdorlar, asosan, Eron, Suriya va Livandan iborat oʻzlarini qarshilik kuchlari deya daʼvo qilayotganlar qoʻrqoqlik, xorlik va sharmandalik bilan kutib olishmoqda. Mana, yahudiylarga qarang, bu hukmdorlar yahudiylar adovatiga qarshi bir ogʻiz soʻz aytisholmayotgani uchun ularning ustidan masxaralab, xorlashyapti. Farazan, agar hukmdorlarga adovat qilganlar oʻz qondoshlari boʻlsa bormi, ularga oʻzlarini sher koʻrsatib, milliy xavfsizligimizga tahdid, deyishgan boʻlar edi! Ammo bu adovat qilayotganlar yahudiylar boʻlib chiqsa, akillashdan boshqa narsa qoʻlidan kelmaydigan koʻppaklarga aylanib qolishyapti! Axir, eronlik hukmdor va rahbarlardan “istasak, yahudiy vujudini yer xaritasidan oʻchirib tashlashga qodirmiz”, kabi gaplarni ming marotabalab eshitganmiz, xoʻsh, akillashdan boshqa nima qilishdi?!! Bu esa, musulmon yurtlari hukmdorlarining mustamlakachilar qoʻlidagi qoʻgʻirchoqdan boshqa narsa emasliklarini, va mana shu mustamlakachilarning yurtlarimizdagi manfaatlari uchun harakat qilishdan boshqa tashvishlari yoʻqligini yana bir bor tasdiqlab turibdi. Ular qarshilik sifatida harakat qilish, qoralab qoʻyish, yarashish va sulh tuzish kabi mustamlakachilar boʻlishib bergan rollarni ado etishmoqda. Maqsad, hamma tomonni nazorat ostida ushlab turish va oʻzlariga ergashgan sodda insonlarni laqillatishdir.

Roya gazetasining 2019 yil 7 avgust chorshanba kungi 247-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.