Yaman janubida Anglo-Amerika kurashi avj olmoqda

82
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yaman janubida Anglo-Amerika kurashi avj olmoqda

Saudiya bilan Amirliklar esa, ahmoq boʻlib oʻshalarning rejalarini amalga oshirishmoqda

Ustoz Shoyif Sharodiy – Yaman

AQSh bilan Britaniya oʻrtasida Yaman janubida boʻlayotgan kurash kundan-kunga avj olmoqda. Bu hatto oddiy kishiga ham yaqqol koʻrinib qoldi. Yaman janubidagi bu kurash koʻp yoʻnalishda boʻlib, asosan uch koʻlamga ega:

1 –          Siyosiy koʻlam;

2 –          Harbiy koʻlam;

3 –          Gumanitar koʻlam.

Siyosiy koʻlam:

Har bir tomon oʻz malaylari va tobelarini ikkinchi tomonga qarshi namoyishlar qilishga yoʻnaltiryapti. Amerikaning Yamandagi rejasini amalga oshirayotgan Saudiya Hasan Boumning janubdagi “Toʻqqizinchi harakat”ini namoyishga undayapti. Namoyishda janub boʻlinishini jiddiy qabul qilishga hamda Aydarus Zubaydiy raisligidagi oʻtish davri kengashiga rozi boʻlmaslikka chaqirilyapti. Maʼlumki, Zubaydiy Britaniyaning Yamandagi rejasini bajarayotgan Amirliklarning odamidir.

Britaniya Amirliklar orqali, xususan, neft ishlab chiqaruvchi Shabva bilan Saqtariy viloyatlarida koʻp sonli gʻazabnok namoyishlarni harakatlantirmoqda. Bu namoyishlarda rahbariyat mansablarini egallab kelayotgan hamda Isloh partiyasiga aloqador boʻlgan rahbarlarni ishdan ketishlarini talab qilinyapti. Shuningdek, Maʼrib va Saudiyadan qaror topgan Ali Muhsin Ahmarga qarashli kuchlarning chiqib ketishini talab qilinmoqda. Bu talablar zohirda shunday. Ammo aslida, bu ishlardan maqsad, AQShning janubda Saudiya orqali aralashuviga toʻsqinlik qilishdir. Hozirda kurashayotgan tomonlarning har ikkisi ham inglizlar malayi: bir tomonda Ali Muhsin bilan Isloh partiyasi, ikkinchi tomonda Zubaydiy boshchiligi ostidagi oʻtish davri kengashi. Xoʻsh, ingliz malaylari oʻrtasidagi bu ishlarni qanday tushunish mumkin? Kuzatayotgan kishiga inglizlarning bu ishlardan ikki maqsadni koʻzlagani oydinlashadi:

Birinchi maqsad: oʻz odamlariga viloyatlarni boʻlishib bermoqchi. Masalan, sohil boʻyidagi Hazramavt, Shabva, Adan, Abin, Lahj, Zole, Saqtariy viloyatlari oʻtish davri kengashiga taslim qilinadi. Shuningdek, bu mintaqalar aholisi zohirda Isloh partiyasi rahbarlariga qarshi boʻlib turadi. Chunki butun janubliklar bu partiya rahbarlarini yomon koʻradi. Hatto Ali Muhsin Ahmarga qarashli “Mika 21” piyoda kuchlariga qarshi Shabvada jang qilinadi. Hatto bu jang nihoyasida oʻtish davri kengashining ayni hududlarni bosib olishi ham taxmin qilinmoqda. Bu esa, bir sahna oʻyini. Bu oʻyindan inglizlarning koʻradigan foydasi oʻtish davri kengashi foydasi uchun janub aholisi oʻrtasida juda katta xalqchillikni paydo qilishdir. Amirliklar Aydarus Zubaydiy bilan oʻtish davri kengashini janub aholisining qonuniy vakili sifatida koʻrsatishga urinyapti. Bu bilan Amirliklar Yamandan chiqib ketayotganda shu Zubaydiy bilan oʻtish davri kengashini oʻzining oʻrniga qolishlari uchun tayyorlab qoʻymoqchi. Hazramavt vodiysi va Maʼrib esa, Ali Muhsin Ahmar qoʻlida qolishi koʻproq taxmin qilinmoqda.

Ikkinchi maqsad: AQSh harakatlari bilan Saudiya kuchlariga toʻsiq qoʻyish va ularni aralashuvlarini oldini olish, tiyib qoʻyish. Bir necha kundan beri alanga olgan bu namoyish va yurishlarni ilgari inglizlar Mahradagi malaylari orqali harakatlantirishgan. Maʼlumki, Mahra Hazramavtdan keyingi ikkinchi markaz dir. Bu viloyat Yamanning sharqiy darvozasi boʻlib, mahralik qabilalar bilan kuchli aloqasi boʻlgan Ummon sultonligi bilan chegaradosh viloyatdir. U yerdagi ishlar shu darajaga yetdiki, namoyishchilar Saudiya kuchlarini chiqib ketishlarini ochiq talab qilish bilan birga hatto kuch ham ishlatishdi. Bu haqda Xolij onlayn veb-saytining 2019 yil 6 mart kuni tarqatgan xabarida bunday deyiladi: “Mahra viloyatidan boʻlgan qurolli qabilalar oʻz yoʻllariga toʻsqinlik qilgan Saudiya kuchlari va harbiy texnikasiga qarshilik koʻrsatib, ularni chekinishga majbur qildi”.

Harbiy koʻlam:

Bir oy muqaddam mahralik qurolli qabilalar Mahra viloyatiga yoʻl olgan Saudiya kuchlariga qarshilik koʻrsatishdi. Bundan maqsad viloyat ustidan oʻz nufuzlarini oʻrnatish hamda u yerdan inglizlar nufuzini siqib chiqarish edi. Mahra viloyatida inglizlar nufuzi Britaniya protektorati boʻlgan Ummon sultonligiga qarashli josuslarda gavdalanadi. Inglizlar janubdagi nazoratlarini mustahkamlash maqsadida, Shabva viloyatining neftga ixtisoslashgan yirik shahri hisoblangan Ataqda Ali Muhsin Ahmarga qarashli “Mika 21” piyoda kuchlarini qurol-yarogʻ va askarlar bilan taʼminlashdi. Ushbu harbiy taʼminot sababli Ataqda toʻqnashuv kelib chiqib, 2019 yil 19 iyun chorshanba kundan 20 iyungacha ikki kun davom etdi. Amirliklar tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi shabvalik elita kuchlari bilan Ali Muhsin Ahmarga qarashli “Mika 21” piyoda kuchlari oʻrtasida jang ketar ekan, har ikki tomon ham inglizlarga malay. Aslida esa, bu bir sahna oʻyini boʻlib, janubni oʻtish davri kengashi qoʻliga topshirishning bir muqaddimasidir. Chunki ayni kengash Aydarus Zubaydiy yetakchiligida boʻlib, shu orqali janub yolgʻiz inglizlar qoʻl ostiga oʻtadi, AQShning hamda uning malaylari boʻlgan Boum harakati, xususan, Saudiya harakatining yoʻli toʻsiladi. Soʻnggi paytlarda Amirliklar Yamandan kuchlarini olib chiqib ketib, mamlakatiga qaytararmish, degan xabar tarqaldi. Agar xabar toʻgʻri chiqsa, bu Britaniyaning oʻz malaylari bilan kelishib olib, janubni oʻtish davri kengashiga topshirishini hamda kengash u yerda nufuzini mustahkamlab, nazorati doirasini kengaytirishini anglatadi.

Gumanitar koʻlam:

Yamanda turli sohalarda, ayniqsa, salomatlikni saqlash va oziq-ovqat sohasida gumanitar yordamlar taqdim etish boʻyicha Saudiya bilan Amirliklarning oʻzaro musobaqalashayotgani yaqqol maʼlum. Bundan maqsad butun Yamanni oʻz domiga tortayotgan halokatli vaziyatdan foydalanishdir. Biz bu ikki davlatning gumanitar ishlarini kuzatib bormoqdamiz. Ular bu ishlarini zohirda insonparvarlik qilib qoʻrsatishayotgan boʻlishsa-da, aslida, bundan odamlar ishonchini qozonishni va yurt ahli orasidan kofir Gʻarbga ishlovchi josuslarni kasb qilishni koʻzlashgan.

Biz uchun eng alamli yeri, bu kurash olovida Yaman ahlining jizgʻinak boʻlayotganidir. Kurash rejalarini butun insoniyat yirtqichlari boʻlgan AQSh bilan Britaniya tuzyapti, bu rejalarini yurt janubida yuvindixoʻrlari boʻlgan Saudiya bilan Amirliklar, shimolda Eron oʻzining mahalliy gumashtalari bilan bajarib beryapti… Kurash qurbonlari va birdan-bir ziyon koʻrayotgan tomon Yaman ahli boʻlmoqda. Ular Yaman ahlini qonini toʻkishyapti, boyliklarini talab, uy-joylarini vayron qilishyapti… Hammasidan ham ayanchlisi, ular Alloh Taolo ishonmaslikka buyurgan togʻut qonunlari bilan hukm yuritishga majburlashyapti:

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يَزْعُمُونَ أَنَّهُمْ آمَنُواْ بِمَا أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ يُرِيدُونَ أَن يَتَحَاكَمُواْ إِلَى الطَّاغُوتِ وَقَدْ أُمِرُواْ أَن يَكْفُرُواْ بِهِ وَيُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَن يضِلَّهُمْ ضَلاَلاً بَعِيدًا

(Ey Muhammad), oʻzlarini sizga nozil qilingan narsaga (Qurʼonga) va sizdan ilgari nozil qilingan narsalarga imon keltirgan deb hisoblaydigan (ayrim) kimsalarning shaytonga hukm soʻrab borishni istayotganlarini koʻrmadingizmi? Holbuki, ularga unga ishonmaslik buyurilgan edi. (Chunki) shayton ularni butunlay yoʻldan ozdirishni istaydi”   [Niso 60]

Shubhasiz, bu ikki tomon ham Yaman ahliga zarracha yaxshilik keltirmaydi. Aksincha, hokimiyatni ulardan bittasi yoki har ikkisi boshqaradimi, farqsiz, mudom yurt boshqaruvida qolishar ekan, Yaman ahliga barcha hayotiy baxtsizlik va ogʻir turmush tarzini mana shu ikki tomon olib keladi. Chunki ular Islom va musulmonlarning dushmani boʻlgan mustamlakachi kofirlarga malay boʻlib, oʻshalarning rejalarini ijro etishyapti hamda ularning bashariyatni halok qilayotgan kapitalistik tuzumlarini tatbiq qilishyapti.

Birdan-bir qutulish yoʻli, barcha malaylarni taxtdan agʻdarish uchun Hizb ut-Tahrir bilan birga harakat qilishdir. Bu malaylar Saudiya va yurt janubidagi Boum harakati, shimoldagi Husiylar harakati kabi Amerika malaylari boʻladimi, yoki Amirliklar va uning janubdagi oʻtish davri kengashi va yurtning shimol, sharq va gʻarbidagi Hodiy, Toriq Affosh, Ali Muhsin Ahmarlar kabi Britaniya malaylari boʻladimi, buning farqi yoʻq. Hizb bilan birgalikda Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo qilish orqali hayotning barcha sohasida Islom shariatini qayta tatbiq etish zarur. Zero, ushbu davlatgina musulmonlarni qayta kuch-qudratga va taraqqiyotga erishtira oladi.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.