Tojikistonda milliy madaniyatga yot kiyim-kechak sotish taʼqiqlandi

748
0

Tojikistonda milliy madaniyatga yot kiyim-kechak sotish taʼqiqlandi

 “Axbor” internet-nashri ixtiyoriga Tojikistonda “milliy madaniyatga yot” kiyim-kechakni sotishni taqiqlovchi hujjat kelib tushdi. Hujjat “maxfiy” muhrga ega boʻlib, Tojikiston prezidenti apparati rahbari, prezidentning katta qizi Ozoda Rahmon tomonidan imzolangan.

 Hujjatda milliy madaniyatga yot kiyim deganda aynan nima koʻzda tutilishi koʻrsatilmagan.

 Bu hujjatning ijrosi ichki ishlar vazirligi, milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi, din, urf-odat va anʼanalarni tartibga solish davlat qoʻmitasi, ayollar va oila masalalari boʻyicha davlat qoʻmitasi, bojxona xizmati, Islomshunoslik markazi, Islom markazi ulamolari kengashi va boshqa markaziy va mahalliy hokimiyat idoralariga yuklangan.

 Taʼkidlanishicha, Tojikiston hukumatida ushbu hujjatga hozircha rasman izoh berilmagan.

 Izoh: Imomali Rahmon boshchiligidagi tojik rejimi uzoq yillardan buyon Islom va musulmonlarga, islomiy koʻrinish va qadriyatlarga qarshi oʻz imkoniyatidagi barcha uslub va vositalarni ishga solgan holda kurashib kelyapti.

 Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 2010 yili Tojik milliy universtiteti talabalari bilan boʻlgan uchrashuvida poytaxt koʻchalarida hijob kiygan ayollar bilan qizlarni koʻp koʻra boshlaganini aytib, bunga yoʻl qoʻyib boʻlmasligini aytgan boʻlsa, 2015 yilning kuzida mamlakatning unchalik katta boʻlmagan Koʻlob shahrining qizlarini hijob kiyganligi uchun tanqid qilgan edi. Uning bu tanqidi ortidan mamlakatda hijoblangan va roʻmol oʻrgan ayollarning maxsus roʻyxatga olishi ishlari boshlanib ketgan va birgina Soʻgʻd viloyati Xoʻjand shahrida roʻmol oʻragan 643 nafar ayol va qizlar roʻyxatga olindi va jamoatchilik joylarda muslima ayollarning hijob bilan yurishi, erkaklarning soqol qoʻyishi taqiqlandi hamda yosh bolalarga islomiy ism qoʻyish man qilindi.

 Tojikiston prezident Imomali Rahmon 2017-yil 11-iyul kuni televedeniya orqali qilgan chiqishida hijob va aëllar kiyadigan qora liboslarning tojik milliy anʼanalariga mos kelmasligini yana bir aytib¸ uzun soqollarni dindorlik bilan koʻp ham aloqasi yoʻqligini taʼkidladi. Tojikistonliklarni “Allohni qalb bilan sevish”ga chaqirgan Rahmon¸ musulmonlarga taqvodorlikni tashqi unsurlar bilan namoyish qilishni toʻxtatishni tavsiya qildi.

 Shu yilning oʻzida Tojikistonning Hujand shahrida hijobga qarshi maxsus guruh tashkil qilindi. Oila va xotin-qizlar qumitasi qoshida tashkil qilingan mazkur guruhning vazifasi xotin-qizlarning “begona saqofat”ga moyilligini oldini olishdan iboratligi belgilab berildi.

 2018-yili Tojikiston kuch organlari tashabbusi bilan hijobli ayollaring vazirliklar va maxsus idora-korxonalarga kiritilish qonun man etildi va shu yilning oʻzida tojik hukumati ayollarning qanday kiyinishi haqida “Tavsiyalar” nomli kitob nashr qildi. Tojikiston madaniyat vazirligi tomonidan nashr qilingan kitobda 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan tojik ayollariga mos liboslar taqdim etildi. Kitobda “tojik ayollari nimani kiymasligi lozim” nomli bob uchun ham keng oʻrin ajratilgan boʻlib, islomiy kiyimlar, qora liboslar, muslimalarning hijoblari va roʻmollari tavsiya etilmaydigan kiyimlar orasida koʻrsatib oʻtilgan.

 Prezidentning qizi tomonidan sotilishi taqiqlangan liboslar boʻyicha rasman izoh berilmagan boʻlsada, ammo bu taqiqlar asosan islomiy libos va hijoblarni oʻz ichiga olishini tahmin qilish mumkin. Chunki, oʻtgan yillar mobaynida na prezident va na uning atrofidagi amaldorlar tomonidan islomiy koʻrinish va liboslarga nisbatan biror marta ijobiy fikr bildirilmadi. Aksincha, bu narsalar keskin tanqid qilib kelindi. Qolaversa Alloh taolo Oʻz kitobida Haqni bilgandan soʻng botil yoʻlni tutgan kimsalarni zalolatlarida davom etishlariga qoʻyib berishini aytgan:

وَمَنْ يُشَاقِقْ الرَّسُولَ مِنْ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُ الْهُدَى وَيَتَّبِعْ غَيْرَ سَبِيلِ الْمُؤْمِنِينَ نُوَلِّهِ مَا تَوَلَّى وَنُصْلِهِ جَهَنَّمَ وَسَاءَتْ مَصِيرًا

 “Kim haq yoʻlni aniq bilganidan keyin paygʻambarga xilof ish qilsa va moʻminlarning yoʻllaridan boshqa yoʻlga ergashib ketsa, biz uni ketganicha qoʻyib beramiz. Soʻngra jahannamga dohil qilamiz. Naqadar yomon joydir u!”.  (Niso: 115).

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.