Tojikiston hukumati mamlakatda tugʻilishni kamaytirishga qaror qildi

402
0

Tojikiston hukumati mamlakatda tugʻilishni kamaytirishga qaror qildi

 Tojikiston hukumati 2019-2022 yillarga moʻljallangan reproduktiv salomatlik Davlat dasturini tasdiqladi.

 Davlat dasturining asosiy maqsadi sifatida, oilani barqarorlashtirishni targʻib qilish, xotin-qizlar salomatligini yaxshilash, jinsiy ahloq tarbiyasi va istalmagan homiladorlikning oldini olish koʻrsatilgan.

 Davlat dasturida taʼkidlanishicha, oilani rejalashtirish masalasida hukumat tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar oʻzining ijobiy samarasini berdi – har yili 100 mingtagacha istalmagan homiladorlik holatining oldi olindi. Reproduktiv salomatlik boʻyicha 2019-2022 yillarga moʻljallangan Davlat dasturining hayotga tatbiq etilishi yaqin uch yilda 450 mingdan ortiq istalmagan homiladorlikning oldini olishga xizmat qiladi, deya prognoz qilmoqda TR Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislari.

 Oʻtgan yilning kuzida Jahon banki Tojikistonga qashshoqlik darajasini pasaytirish maqsadida tugʻilishni cheklash borasida tavsiya bergan edi. JB mutaxassislari Tojikistondagi qashshoqlik, ishsizlik va mehnat migratsiyasining yuqori darajada ekanligiga portlovchi demografik oʻsish deya xulosaga kelgan edi.

 Ayni damda Tojikistonda bir ayolga toʻrtta bola toʻgʻri keladi.

Aholishunoslar fikricha, avlodlar davomiyligini taʼminlash uchun bir ayolga oʻrtacha 2,1 nafar bola toʻgʻri kelishi kerak. 2016 yili Yevropa Ittifoqida tugʻilish koeffitsiyenti 1,6 nafarni tashkil qilgan. Bu koʻrsatkich Irlandiyada (2,02), Frantsiyada (1,96), Buyuk Britaniyada (1,91), Germaniyada (1,41) qayd qilingan. AQShda yaqin-yaqingacha bir ayolga 2,4 bola toʻgʻri kelar edi. Ammo soʻnggi ikki yilda bu koʻrsatkich ancha pasaygan.

 Gʻarb davlatlari oʻzlarida demografik inqroz yuz berayotgani sababli islomiy yurtlarda aksincha bu koʻrsatkich oshib borayotganini boʻrttirib koʻrsatish orqali musulmon yurtlarda “oilani rejalashtirish”, “ayollar salomatligi”, “istalamagan homiladorlikni oldini olish” bahonalari bilan musulmon oilalarida tugʻishni cheklashga harakat qilib, islamofobik tadqiqotlar oʻtkazib kelishmoqda.

 AQShning “Pew Tadqiqotlar Markazi” taxminlariga koʻra, tugʻilish soni eʼtiboridan, 2035 yilga borib, musulmonlar soni nasroniylar sonidan ortib ketadi, oʻz navbatida, bu Islomni dunyodagi eng keng tarqalgan dinga aylantiradi.

Markazning bildirishicha, tugʻilish soni boʻyicha haligacha nasroniylar peshqadamlik qilib turibdi. Biroq markaz olib borgan tadqiqotlar, Islomning keng koʻlamda tarqalayotgani sababli, bu holat 2035 yilga qadar davom etmasligini koʻrsatdi. Chunki 2010 bilan 2015 yillar orasida butun dunyodagi tugʻilishning yuzdan 31 %i musulmon ota-onalarda boʻlgan.

 Mustamlakachi kofirlar manfaatlariga xizmat qiluvchi Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi kabi tashkilotlar ham islomiy yurtlar, yoki ularning tili bilan aytganda “uchinchi olam” davlatlariga yordam ajratishda qashshoqlik, ishsizlik va boshqa omillarini sabab qilib malay hukumatlardan tugʻilishni cheklashni talab qilishadi va shu orqali oʻzlaricha musulmonlar sonini qisqartirmoqchi boʻlishadi. Oʻzbekiston diktatori Karimov ham “ayollar salomatligini yaxshilash” iddaosi bilan 2009 yil 13 aprel va 1 iyulda ikki qaror chiqargan va shu qaror asosida  tugʻish yoshidagi ayollarni majburiy sterilizatsiya (bichish) qilish ishlari keng koʻlamda olib borilgan edi. Mazkur qaror asosida 2010-yilning oʻzida 80000dan ziyod ayollar sterilizatsiya qilingan edi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.