Musulmonlarning xalifalari yoʻq paytdagi ahvoli

29
0

Musulmonlarning xalifalari yoʻq paytdagi ahvoli: qirgʻin va ochlikdan oʻlmay qolganlari choʻkib oʻlmoqda!

Maan axborot agentligi veb-saytining (hijriy 1440 yil 23 zul-qaʼda, milodiy 2019 yil 26 iyul juma kuni) tarqatgan xabarida bunday deyiladi:

“Liviya poytaxti Tripolidagi Vifoq hukumati harbiy dengiz kuchlari matbuot kotibi polkovnik Ayyub Qosimning maʼlum qilishicha, Liviya sohillari yaqinida yogʻoch qayiqning suvga choʻkishi oqibatida 134 nafar noqonuniy muhojir qutqarildi, qolgan 115 nafari topilmadi. Unda yana bunday qoʻshimcha qilindi: “Bu noqonuniy muhojirlarning millati afrikalik va arab boʻlib, qutqarilganlarning aksari Eriteriya, qolganlari Falastin va Sudandan edi””.

Roya gazetasi sharhi:

Bechora musulmonlar ahvoli mana shu. Islom Ummati boshdan kechirayotgan ayanchli tang-baxtsiz hayot ularning ishlarini gʻamxoʻrlik bilan boshqaruvchi davlatning, ularni himoya qiluvchi qalqonning yoʻqligi natijasidir. Jinoyatchi yirik davlatlar zoʻravon boʻlgan bir zamonda zaif xalqlarning, xususan, musulmonlarning boyliklari talon-toroj etilib, haq-huquqlari poymol qilinyapti. Ulardan baʼzilari oʻzini va oilasini qutqarish uchun qochmoqchi boʻlsa, uni Sayks-Piko soqchilari ushlab olishmoqda. Qochishga muvaffaq boʻlganlari dengizga tushadigan boʻlsa, uning taqdiri shafqatsiz dovulda quturgan toʻlqinlarga qoʻyib berilyapti… Albatta bu musibatlar bugun musulmonlar hayotidagi, yaʼni, qoʻriqchi va ishonchli yetakchilari boʻlmish Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatlari yoʻq bir zamondagi achchiq haqiqatni koʻrsatib turibdi.

Roya gazetasining 2019 yil 31 iyul chorshanba kungi 245-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.