Falastin rejimi doktor Musʼab Abu Arqubni shikoyat qilgani uchun oʻgʻirlab ketdi

76
0

Falastin rejimi doktor Musʼab Abu Arqubni shikoyat qilgani uchun oʻgʻirlab ketdi

Falastin rejimining Xalil shahri xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini aʼzosi doktor Musʼab Abu Arqubni 2019 yil 22 iyul dushanba kuni harbiy razvedka qarorgohi oldida oʻgʻirlab ketdi. Oʻsha kuni Abu Arqub Falastin rejimi xavfsizlik xizmati qilmishi ustidan harbiy razvedkaga shikoyat taqdim etgan edi. Shikoyatda xavfsizlik xodimlarining oʻtgan oyning sakkizinchi kuni – doktor Musʼabning uyda boʻlmaganiga qaramay – uni hibsga olish uchun qaroqchilar kabi uyiga bostirib kirishganini, uyga granata tashlash bilan tahdid qilish, farzandlarini qoʻrqitish, eshikni sindirish kabi vahshiy ishlarga qoʻl urishganini bayon qilgandi. Doktor Musʼab bu borada shikoyat qilish uchun dushanba kuni harbiylar va xavfsizlik xodimlari ishlari bilan shugʻullanuvchi harbiy prokuraturaga bordi. Prokuratura oʻzlaridagi shikoyatni topshirishi uchun doktorni harbiy razvedkaga yubordi. Doktor harbiy razvedka qarorgohidan chiqqanda esa, uni profilaktik xavfsizlik xizmati hibsga oldi.

Doktor Abu Arqubning hibsga olinishi Falastin rejimining oʻz qonunini ham sariq chaqalik hurmat qilmasligini, adliyasining shaffofligi toʻgʻrisida ogʻiz koʻpirtirib gapirgan gaplari gʻirt yolgʻon ekanini koʻrsatdi. Shuningdek bu narsa ushbu rejimning Falastin ahli ogʻzini yopish yoʼlida har qanday razillikdan tap tortmasligini, bosqinchi yahudiylarning uy-joylarni buzib, aholisini darbadar qilayotgan ekskavatorlari oldida esa, qoʻrqoqlik qilayotganini koʻrsatdi. Demakki, bu rejimning dushman bilan tinchlik oʻrnatib, Falastin ahliga urush eʼlon qilganligi haqiqatdir.

Roya gazetasining 2019 yil 31 iyul chorshanba kungi 245-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.