Istanbuldagi munitsipal saylovlar hamda boshqaruv shakli borasidagi bahs-munozaralar

563
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Istanbuldagi munitsipal saylovlar hamda boshqaruv shakli borasidagi bahs-munozaralar

Mahmud Kor

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati

matbuot boʻlimi raisi

2019 yil 23 iyun kuni Istanbulda oʻtkazilgan saylovda Adolat va Taraqqiyot partiyasining ayanchli magʻlubiyatga uchrashi ortidan, boshqaruv shakli borasidagi bahs-munozaralar kun tartibiga chiqdi. Muxolif partiya rahbarlari, masalan, Respublika Xalq partiyasi raisi Kamol Qilichdoroʻgʻli, Iyi partiyasi raisi Meral Akshener, “Saodat” partiyasi raisi Temel Karamullaoʻgʻli kabilar parlament boshqaruvi shakliga qaytishga chaqirishdi. Adolat va Taraqqiyot partiyasidagilar esa, prezidentlik boshqaruvida bir oz kamchiliklar boʻldi xolos, deya oqlashga urinishmoqda. Ular – biz prezidentlik boshqaruvini isloh qilish va bir yillik tajribamizdan foydalanib, kamchiliklarni bartaraf qilish bilan yoʻlimizda davom etamiz, kabi bayonotlarni berishdi. Masalan, Milliy Harakat partiyasi raisi Davlat Baxchelining ogohlantirishicha, 23 iyun saylovidagi magʻlubiyatdan ortidan muxolafat omma orasida ketayotgan muhokamalardan foydalanmoqchi.

Bu narsa Respublika partiyasi boshchiligidagi “milliy ittifoq” uchun qulay fursat boʻlishi tabiiy. Chunki ular Istanbuldagi munitsipal saylovlarida erishilgan yuqori ovozlar nisbatini dastaklab, inglizlarning eski parlament boshqaruviga chaqirishmoqda. Eski boshqaruvning qaytish-qaytmaslikdan qatʼiy nazar, Respublika Xalq partiyasi shu yoʻnalish boʻyicha jamoatchilik fikrini qozonishga harakat qilib, hukmron partiyaning kamchiliklarini, ayb va muvaffaqiyatsizliklarini jamoatchilikka havola qila boshlaydi. Buning oqibatida Adolat va Taraqqiyot partiyasi bilan Milliy Harakat partiyasini oʻz ichiga olgan “respublika ittifoqi”da baʼzi buzilishlar kelib chiqadi. Inglizparast boʻlgan “milliy ittifoq” boshqaruv shakli borasidagi bahs-munozaralardan foydalanib qolmoqchi. Bu esa, muxolafat partiyalari uchun siyosiy qoʻllab-quvvatlovni paydo qiladi.

Biroq hukmron Adolat va Taraqqiyot partiyasi va prezident Erdogan uchun vaziyat boshqacha. Chunki 23 iyun saylovlaridagi ayanchli magʻlubiyatning siyosiy psixik zarbalaridan qutulish oson emas ularga. Bugun qoʻldan boy berilgan Istanbulni Respublika Xalq partiyasidan bundan 25 yil muqaddam yutib olishgan va oʻsha partiya hali ham shu Respublika Xalq partiyasidir. Qolaversa, Istanbulni Respublika Xalq partiyasi boshqaruviga berishda shu darajada xavfsirashadiki, bu osonlikcha voz kechiladigan ish emas. Xususan, davlat iqtisodiy krizislardan aziyat chekayotgan bir paytda, bu narsa ular uchun juda mashaqqatli ish. Zero, 23 iyun magʻlubiyatidan soʻng, aytishimiz mumkinki, hukmron partiya ichida bloklarning paydo boʻla boshlagani hamda kutilayotgan boʻlinishlar va yangi partiya tuzish amaliyotlariga yuz tutayotgani uchun Istanbul boshqaruvini topshirish amaliyoti kutilganidan ham qiyin kechadi.

Men amerikaparast respublika ittifoqi bilan angliyaparast milliy ittifoqning boshqaruv shaklini muhokama qilish orqali ularning amalga oshirmoqchi boʻlayotgan siyosiy rejalari haqida koʻp gapirib oʻtirmayman. Chunki ular mana shu muhokamadan foydalanib, hamma narsani yopishmoqchi, asosiy urinishlari shu. Shuningdek, ayni muhokama bilan oʻzlarining naqadar boʻlingan-tarqoqliklarini hamda xalq va uning tashvishlaridan butunlay uzoqda ekanliklarini ham namoyon etishyapti. Zero, xalq turmush qiyinchiliklaridan aziyat chekyapti, hokimiyatdagilar davlat qarzlarini toʻlasholmayapti, ishsizlik yuqori darajaga koʻtarilgan… Mana shunday bir paytda, hukmron partiyadagi va muxolafatdagilar mana shu muhokama bilan bandlar.

Yelkamizga musulmonlar sifatida tushayotgan narsa shuki, biz – bu ikkala boshqaruvdagilar ayni muhokama bilan xalq muammolarini hal etishlari mumkin emasligini tushunmogʻimiz darkor. Zero, ikkalasi ham xalqning muammosini hal etishga harakat qilmadi. Balki aksincha boʻldi. Parlament boshqaruvida yevropaliklarga va ularning manfaatlariga xizmat qiladigan Britaniyaning Turkiyadagi siyosiy taʼsiri himoya qilib kelindi. Prezidentlik boshqaruvida esa, Amerikaning siyosiy taʼsirini kuchaytirish va uning manfaatlariga xizmat qilish uchun ayni boshqaruv shaklidan foydalanildi va uni rivojlantirishga harakat qilindi. Har ikki boshqaruv shaklida ham musulmonlarning xohishi hisobga olinmagan. Zero, ular bizga mansub emaslar hamda ular bizga emas, boshqalarga xizmat qilish uchun tayyorlangan.

23 iyun saylovlari natijasidagi yangi siyosiy vaziyat mana shu. Zero, bu ochiq-oydin koʻrinib turibdi. Bu – musulmonlarni shu bosqichga, yaʼni ulkan fojia va noumidlik ahvoliga solib qoʻygan natijadir. Zero, Erbakan va 30 yil davom etgan uning siyosati hamda Erdogan va taqriban 20 yil davom etgan Adolat va Taraqqiyot partiyasi siyosati musulmonlarni dahshatli balolarga, qattiq tushkunlik-umidsizlikka tushirish uchun boʻldi. Islom nuqtai nazaridan qaralganda, shu ellik yil ichida bu hukmdorlar va siyosiy partiyalar musulmonlarga kurashdan boshqa nima berishdi?! Biz musulmonlar shunday holatga tushib qoldikki, 1924 yilda Xalifalikni agʻdargan va bugungi kunda Istanbul hokimiyatini qoʻlga kiritgan Respublika Xalq partiyasiga ishonadigan boʻlib qoldik, oʻshandan umid qilyapmiz… Aslini olganda, bu – gʻayriislomiy siyosatning aynan oʻzidir. Erbakan va uning shogirdi Erdogan ergashgan demokratiya esa, oʻzlarining raqobatchilari-dushmanlari uchun musulmonlarni ovoz beradigan qilib qoʻygan demokratiyadir. Shunday ekan, 23 iyun saylovlariga munosabat koʻrsatish mumkinmi?!

Ushbu davlatdagi respublika boshqaruvi kurd musulmonlarini quvgʻin qilish, oʻldirish va yotlardek muomala qilish asosiga qurilgan. Bugungi kunda esa, ushbu boshqaruv nizomiga asos solgan Respublika Xalq partiyasiga ovoz berilyapti. Demak, islomiy deb faraz qilingan partiya musulmonlarga hech narsa olib kelgani yoʻq. Bu shuni anglatadiki, ular musulmonlarning birorta ham muammosini hal qilisha olmagan. Yaʼni, islomiy mafkura yoki loyihani qabul qilisha olmagan. Chunki masala qandaydir yoʻllar, koʻpriklar yoki aeroportlarni qurib qoʻyish masalasi emas. Balki, qalblarni birlashtirish masalasidir. Bu esa, bir islomiy rahbariyatsiz aslo amalga oshmaydi.

Bundan tashqari, bular yomon tajriba qoldirishdi. Yaʼni, xalq ularning maʼmuriyatini islomiy maʼmuriyat, deb oʻylayapti, chunki ular musulmon, nutqlarini ham islomiy qilib, bezashda davom etishmoqda. Binobarin, odamlar muammoni mana shu ularning yomon islomiy boshqaruvi, sababli deb oʻylashyapti. Ushbu tizim egalari bundan yarim asr muqaddam oʻzlarining tuzumlariga musulmonlarni kiritish uchun “Avvalo bir partiya taʼsis etish va faoliyat olib borish kerak. Shu orqali xalq ovozini olib, saylovda muvaffaqiyat qozonilganidan keyin, bemalol hukm yuritish mumkin”, deyishgan edi. Yaʼni, ularga koʻra, biror bir partiya tuzib, “Biz Islomga xizmat qilamiz”, deya musulmonlarni ovoz berishga chaqirish lozim, keyin bemalol ularni mana shu gʻayriislomiy tuzumga qoʻshish mumkin boʻladi. Ular shundan soʻng hokimiyat tizginini qoʻlga olishdi, ammo na Islomdan bir narsani tatbiq qilishdi va na Islomga xizmat qilishdi. Qisqasi, mana shu ilmoniy demokratik tuzumni musulmonlar orasida eng xalqchil tuzum qilish bilan zimmalariga topshirilgan vazifani ado etishdi. Mana shularga qarata aytamizki, bugun bu tuzum egalari nima deyishayotganini bilyapsizlarmi? Ular sizlarga qarata, biz senlarga imkoniyat berdik, biroq senlar boshqaruvni eplay olishmading, bu boshqaruv qoʻllaringdan kelmas ekan, shuning uchun boshqaruvni tortib olish uchun yana qaytib kelamiz, deyishyapti.

“Siyosiy islom” ekani daʼvo qilingan va Erbakan boshlab berib, Erdogan davom ettirayotgan bugungi ahvol mana shu. Biz bu narsa musulmonlar uchun saboq boʻladi, degan umiddamiz. Yaʼni, bular musulmonlarni Islom shariatiga asoslangan islomiy siyosiy faoliyatga hargiz yetaklamaydi va roshid Xalifalikdan boshqasi hargiz Islom nizomi bilan hukm yuritmaydi. Zero, Xalifalik allaqachon eskirib chirigan kamolchilarning parlament tuzumiga alьternativ boʻlib, liberal demokratlar uni tan olishmaydi.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.