Doolonbayeva: qirgʻizistonlik mehnat muhojirlarining 60 foizi ayollardan iboratdir

26
0

Doolonbayeva: qirgʻizistonlik  mehnat muhojirlarining 60 foizi ayollardan iboratdir

Rossiyaning Sverdlovsk viloyati “Qirgʻiziston-Ural” ijtimoiy tashkilotining Yekaterinburdagi aʼzosi Gulshan Doolonbayeva mehnat muhojiratidagi feminizm darajasi haqida soʻz yuritdi.

Joriy yilning 2 avgustida Qirgʻiziston prezident qoshidagi xorijdagi vatandoshlar bilan aloqa Kengashining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda turli davlatlardagi qirgʻiz diasporasi vakillari ishtirok etdi.

 Sputnik Kыrgыzstan  radiosi bilan  boʻlgan muloqotda Doolonbayeva majlisda turli mazmundagi savollar shu jumladan, muhojirlik jarayonining jiddiy muammolari haqida soʻz yuritilganini maʼlum qildi.

” Qirgʻiziston muhojirlarining 60 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Ular orasida homilador va koʻp bolali ayollar shuningdek yolgʻiz onalar va yosh qizlarni uchratish mumkin. Muhojir ayollarning erkinligi koʻp muammolar keltirtib chiqarmoqda: ularning sogʻligidagi salbiy holatlar, oilalarning ajralishi, eng achinarlisi VICh va oʻpka sil illatiga chalinish holatlari yuzaga kelmoqda”, deya taʼkidladi Doolonbayeva.

 Doolonbayevaning aytishiga qaraganda, u kun ora oilaviy mojarolar qurboniga aylangan ayollar va ish yollovchilar tarafidan tazyiqqa uchragan xotin-qizlarga shaxsan oʻzi roʻbaroʻ keladi.

Izoh: Adolatli boshqaruvga ega Xalifalik davlati kimga koʻproq kerak? Qaysi jins vakillarining unga koʻproq ehtiyoji bor, degan savol berilsa, men “Xalifalik davlati eng avvalo zaifa ayollarga kerak” deb javob bergan boʻlar edim. Chunki erkaklarning huquqidan farqli ravishda koʻproq ayollar, qizlar va bolalar kufrdan jabr koʻrmoqda. Zaifa jismi bilan turmush mashaqqatlari va oila taʼminotini oʻz boʻyniga olgan bechora ayol, darhaqiqat bir odil qoziga, adolatli sistemaga, himoyaga, rahmu shafqatga judayam muhtoj.

Kufr tomir ota boshlagandan buyon Allohning dushmanlari eng avvalo oʻzlarining razil maqsadlari sari buzuq mafkurasi bilan ayollardan foydalandi. Ayol oʻzining haq-huquqidan mahrum boʻlishi oqibatida jamiyatdagi eng past toifadagi insonga aylandi.

Ayollarning bir qismi gender siyosati qurboni oʻlaroq erkaklar bilan bir qatorda mehnat qilishga majburlandi. Qolgan qismi esa, erkaklar uchun koʻngilxushlik manbaiga aylandi.  Yaʼni reklama roliklaridagi asosiy ishtirokchi ayol boʻlib qoldi, hatto uy buyumlari va qurilish mahsulotlarini targʻiboti ham ayollarning rasmisiz tasavvur qilish amri mahol. Eng yomoni, ayollarning avrati ochilib, hozirgi kunda bir ayol sahnada qoʻshiq kuylasa, qolgan 15 erkak aynan oʻsha ayolga kuy chalib “xizmat” koʻrsatadi. Endilikda ayol olib sotiladigan bir matohdan ham past darajaga tushib qolgan. Bugungi mehnat muhojirligi masalasiga kelsak, Ummatning eng ogʻriqli jarohati shundan iboratdir.

Oʻtgan yili Rossiyadagi bosmaxonada yuz bergan sirli yongʻin natijasida 15 nafar qirgʻizistonlik xotin-qizlar halok boʻldi. Hukumat bir marotaba hamdarlik bildirish bilan kifoyalandi xolos. Oʻsha fojiadagi navqiron, hali turmushga chiqmagan maʼsuma qizlar oʻz orzularini oʻzlari bilan olib ketishdi. Xalqqa balandparvoz vaʼdalar berib saylangan deputatlarning esa, allaqachon qalbi dunyo muhabbati qoplangan. Ular hammani oʻzlaridek toʻkin-sochin, osuda hayotda yashayapdi deb oʻylaydi chogʻi. Uzoq yurtlarga borib pul topishga majbur boʻlgan zaifa ayollarning ahvoli uni qiziqtirmaydi. Chunki ular begona-da, Xudodan qoʻrqmagan inson bandasidan hayo qilarmidi. Agar oʻsha deputatlardan oddiy halq foydalanadigan umumiy yoʻl transporti haqqini soʻrashsa bilmasligi tabiiy. Endi fuqarolar dardi, ayollar muammosini aytmay qoʻya qolaylik, bu masala ayni damda ularga ogʻirlik qiladi, na qadar jirkanch!

 Aerportlar, vokzallarga borsangiz yoʻlovchilarning aksariyat qismi ayollar va yosh bolalardan iborat ekanligiga gunovoh boʻlasiz. Bu achinarli holat – garchi yuqoridagi inson huquqi homiylari tomonidan yuz marotaba ilgari surilsa-da –sistema oʻzgarmaguncha va har bir inson oʻz maqomiga qaymaguncha davom etishligi muqarrar. Isoniyatni jaholatdan, zalolatdan, xorlik va azobdan faqat Sharʼiy yechimlar qutqara oladi.

Munavvara  Aziz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.