Zul-hijjaning avvalgi oʻn kunida tutiladigan roʻza haqidagi savolga javob

608
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

رشيد الرضي‏ (Rashid Roziy)ning zul-hijjaning avvalgi oʻn kunida tutiladigan roʻza haqidagi savoliga javob

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Alloh Taolo ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtani Oʻz hifzu himoyasida asrab, eʼtiboridan uzoq qilmasin.

Savolim zul-hijjaning avvalgi oʻn kunida tutiladigan roʻza haqida. Bu – solih amallardan sanalgan mustahab amalmi yoki Rosululloh ﷺdan bu haqda rivoyat kelmagan bidʼatmi? Men bu sohada vorid boʻlgan hadislarni oʻqidim, ammo ular goʻyo bir-biriga zidday koʻrindi, ularning oʻrtasini jamlash mumkinmi? Shuni yoritib bersangiz, barokallohu fikum.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh.

Zul-hijjaning avvalgi toʻqqiz kunida ayniqsa, toʻqqizinchi arafa kunida roʻza tutish toʻgʻrisida koʻp hadislar vorid boʻlgan. Shu bilan birga, zul-hijjaning avvalgi oʻn kunida qilingan solih amallarning afzalligi haqida ham hadislar kelgan. Shuningdek, moʻminlar onasi Oisha roziyallohu anhoning men Rosululloh ﷺning ushbu oʻn kunlikda roʻza tutganlarini koʻrmaganman, deganlari ham vorid boʻlgan. Avval mana shu hadislarni keltiramiz, soʻng ularning oʻrtasini jamlash haqida soʻz yuritamiz, insha Alloh.

Birinchi: Zul-hijjaning avvalgi toʻqqiz kunida roʻza tutish toʻgʻrisida kelgan hadislardan ayrimlari:

1 –          Zul-hijjaning avvalgi toʻqqiz kunida, shu jumladan, arafa kunida roʻza tutish:

–             Imom Muslim oʻzining “Sahih”ida Abu Qatoda roziyallohu anhuning bunday deganini ishlab chiqdi: Rosululloh ﷺ dedilar:

“ثَلَاثٌ مِنْ كُلِّ شَهْرٍ وَرَمَضَانُ إِلَى رَمَضَانَ فَهَذَا صِيَامُ الدَّهْرِ كُلِّهِ صِيَامُ يَوْمِ عَرَفَةَ أَحْتَسِبُ عَلَى اللَّهِ أَنْ يُكَفِّرَ السَّنَةَ الَّتِي قَبْلَهُ وَالسَّنَةَ الَّتِي بَعْدَهُ وَصِيَامُ يَوْمِ عَاشُورَاءَ أَحْتَسِبُ عَلَى اللَّهِ أَنْ يُكَفِّرَ السَّنَةَ الَّتِي قَبْلَهُ”

“Har oyda uch marta va har Ramazon oyida roʻza tutmoq, butun dahr boʻyi roʻza tutmoqla barobardir. Men Alloh Taolodan arafa kuni tutilgan roʻza uchun oʻtgan va keyingi bir yillik gunohlarni kafforat qiladi, deb umid qilaman. Oshuro kuni tutiladigan roʻza uchun Allohdan oʻtgan bir yillik gunohlarni kafforat qiladi, deb umid qilaman”.

–             Imom Muslim oʻzining “Sahih”ida Abu Qatoda roziyallohu anhuning bunday deganini ishlab chiqdi: Rosululloh ﷺdan arafa kuni tutiladigan roʻza haqida soʻralgandi

“يُكَفِّرُ السَّنَةَ الْمَاضِيَةَ وَالْبَاقِيَةَ”

“Avvalgi va keyingi bir yillik gunohlarni yuvadi” dedilar:

–             Imom Ahmad oʻzining “Musnad”ida Hunayda ibn Xoliddan, u oʻzining zavjasidan qilgan rivoyatni ishlab chiqdi. Uning zavjasi Nabiy ﷺning baʼzi zavjalaridan rivoyat qilgan. Paygʻambar alayhissalomning zavjalari bunday deganlar:

“كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَصُومُ تِسْعَ ذِي الْحِجَّةِ”

“Rosululloh ﷺ zul-hijjaning toʻqqizinchi kuni roʻza tutardilar”. Buni Bayhaqiy “Shuabul imon”da, Abu Dovud oʻzining “Sunan”ida ishlab chiqqanlar.

2 –          Zul-hijjaning avvalgi oʻn kunida qilingan solih amallarning afzalligi haqidagi hadislar:

–             Imom Buxoriy oʻzining “Sahih”ida Said ibn Jubayrdan, u Ibn Abbosdan ushbuni ishlab chiqdi: Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

“مَا الْعَمَلُ فِي أيَّامٍ أفْضَلُ مِنْهَا فِي هَذِهِ، قَالُوا: وَلاَ الْجِهَادُ؟ قَالَ: وَلاَ الْجِهَادُ إلاَّ رَجُلٌ خَرَجَ يُخَاطِرُ بِنَفْسِهِ وَمَالِهِ فَلَمْ يَرْجِعْ بِشَيْءٍ”

“Bu kunlarda qilingan amallardan ham afzal amal yoʻqdir. Shunda, sahobalar jihod qilish hammi? – deb soʻrashdi. Rosululloh ﷺ bunday javob berdilar: Ha jihod qilish ham. Faqat oʻz joni va molini xatarga qoʻyib chiqqan va ulardan biron narsasiz qaytgan (yaʼni, shahid boʻlgan) kishi bundan mustasnodir”.

–             Bayhaqiy “Sunani Kubro”da Said ibn Jubayrdan, u Ibn Abbosdan qilingan ushbu rivoyatni ishlab chiqqan: Nabiy ﷺ bunday dedilar:

“مَا الْعَمَلُ فِي أيَّامٍ أفْضَلُ مِنْهُ فِي عَشَرِ ذِي الْحِجَّةِ، قَالُوا: وَلاَ الْجِهَادُ فِي سَبِيلِ اللهِ؟ قَالَ: وَلاَ الْجِهَادُ فِي سَبِيلِ اللهِ إلاَّ رَجُلٌ خَرَجَ يُخَاطِرُ بِنَفْسِهِ وَمَالِهِ فِي سَبِيلِ اللهِ فَلَمْ يَرْجِعْ مِنْ ذَلِكَ بِشَيْءٍ”

“Zul-hijjaning avvalgi oʻn kunida qilingan amallardan ham afzal amal yoʻqdir. Shunda, sahobalar jihod qilish hammi? – deb soʻrashdi. Rosululloh ﷺ bunday javob berdilar: Ha jihod qilish ham. Faqat oʻz joni va molini xatarga qoʻyib chiqqan va ulardan biron narsasiz qaytgan (yaʼni, shahid boʻlgan) kishi bundan mustasnodir”. (Ibn Hibbon oʻzining “Sahih”ida ishlab chiqdi).

3 –          Moʻminlar onasi Oisha roziyallohu anhoning hadisi:

–             Muslim oʻzining “Sahih”ida ushbuni ishlab chiqqan: bizga Abu Bakr ibn Abu Shayba va Abu Kurayb va Ishoqlar hadis rivoyat qilishdi. Ishoq aytadi: bizga shuni xabar qilishdi. Boshqa ikkitasi bunday dedi: bizga Abu Muoviya Ahmashdan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha roziyallohu anhodan hadis rivoyat qildi. Oisha roziyallohu anho aytdilar: “Men Rosululloh ﷺning oʻn kunlikda roʻza tutganlarini aslo koʻrmadim”.

Ikkinchi: Dalillar oʻrtasini jamlash:

Birinchi keltirgan hadislarimizda Rosululloh ﷺning zul-hijjaning avvalgi toʻqqiz kunida, xususan, arafa kunida roʻza tutganliklari haqida aytildi.

Keyingi keltirilgan hadislarda esa, zul-hijjaning avvalgi oʻn kunida solih amallar qilishning afzalligi haqida aytilyapti.

Oxirgi hadisda esa, Oisha onamiz roziyallohu anho Rosululloh ﷺning zul-hijjaning avvalgi oʻn kunida roʻza tutganlarini koʻrmaganini aytmoqda.

“Islomiy shaxsiya” kitobimizning uchinchi juzi, taodul va tarojih bobining yettinchi bandidan iqtibos keltiramiz:

“Ettinchi: Isbotlovchi dalil inkor qiluvchi dalildan rojih hisoblanadi. Masalan, ikki dalil boʻlib, ulardan biri bir narsani isbotlasa, ikkinchisi u narsani inkor etsa, isbotlovchi dalil inkor etuvchi dalildan rojih boʻladi. Chunki isbotli dalil zimnida ziyodati ilm (roviyning bilguvchiroqligi) bor. Masalan, Bilol roziyallohu anhuning Nabiy ﷺ uyga kirdilar va namoz oʻqidilar, degan xabari Usomaning Nabiy ﷺ uyga kirdilar va namoz oʻqimadilar, degan xabaridan rojih hisoblanadi”. Iqtibos tugadi.

Shu tarzda isbotlovchi inkor etuvchidan rojih hisoblanadi. Yaʼni, Rosululloh ﷺning arafa kuni va zul-qaʼdaning avvalgi toʻqqiz kunlarida roʻza tutganlarini ifodalovchi hadis moʻminlar onasi Oisha roziyallohu anhoning bitta hadisidan rojih qilinadi. Boshqacha ibora bilan aytganda, zul-hijjaning avvalgi toʻqqiz kunida, xususan, toʻqqizinchi arafa kunida roʻza tutish bidʼat emas, aksincha, bu kunda tutilgan roʻzada juda katta ajr bor. Vallohu aʼlam va ahkam.

Shu javob kifoya qiladi, deb oʻylayman.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

25 zul-qaʼda 1440h

28 iyul 2019m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.