Xitoy elchixonasi: Qirgʻizistonning moddiy farovonligi Xitoy investitsiyalari hisobiga ortmoqda

547
0

Xitoy elchixonasi: Qirgʻizistonning moddiy farovonligi Xitoy investitsiyalari hisobiga ortmoqda

Xitoy elchixonasi bayonotida yozilishicha, XXR investitsiyalari hisobiga mahalliy aholining moddiy farovonligi ortmoqda.

TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Xitoyning Qirgʻizistondagi elchixonasi Sulton-Sari oltin qazib olish konida yuz bergan mojaro yuzasidan keskin bayonot berdi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Diplomatik vakolatxonasi saytida yozilishicha, 2019 yil 5 avgustda Norin viloyati Sulton-Sari oltin qazib olish korxonasi oldida yuzlab mahalliy aholi toʻplandi.

“Yigʻilgan ayrim kishilar noqonuniy ravishda Xitoy kompaniya hududiga bostirib kirdi. Kompaniya xodimlarini kaltaklashdi, natijada oʻnlab Xitoy fuqarolari jarohat oldi. Hozirgi vaqtda Xitoyning Qirgʻizistondagi elchixonasi jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatmoqda. Elchi Du Deven shifoxonalarda jarohatlanganlar xolidan xabar oldi”, – deyilgan xabarda.

Elchixona bayonotida yozilishicha, koʻp yillar davomida Xitoy korxonalari Qirgʻizistonga investitsiya kiritib, biznes bilan shugʻullanmoqda, mahalliy aholi moddiy farovonligini yaxshilash va ikki davlat xalqlari oʻrtasida anʼanaviy doʻstlikni mustahkamlash uchun katta hissa qoʻshmoqda. Yuz bergan mojaro “kompaniya va uning xodimlariga katta moddiy va jismoniy yoʻqotishlarni keltirib chiqardi”.

“Biz Qirgʻiziston tomonidan jabrlanganlarga maksimal darajada tibbiy yordam koʻrsatilishi, holatni har tomonlama tergov qilinishi, aybdorlar qatʼiy jazolanishi, bu mojaro adolatli va talab darajasida hal qilinishini talab qilamiz. Xitoy tomoni Qirgʻiziston Respublikasi hukumati va tegishli idoralaridan Xitoy kompaniyalarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, Xitoy fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash, bu kabi hodisalarning takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun samarali choralar koʻrilishini soʻraydi”, – deyilgan elchixona bayonotida. 

Izoh:  Xitoy kompaniyalari Qirgʻizistonda nafaqat iqtisodiy balki strotegik, siyosiy va hatto harbiy jihatlardan ham oʻz manfaatlarini roʻyobga chiqarishni maqsad qilishadi. Xitoy vaziyatga qarab, oʻz maqsadlari sari shoshilmay, bostirib kirib kelaveradi. Biz ularning Sharqiy Turkistonni butunlay bosib olishida xuddi shunday yoʻl tutib, bir necha oʻn yillar sarflaganiga guvohi boʻlganmiz.

Xitoyning boqinchilik strotegiyasiga koʻra, avval hokimlarni sotib oladi, ular orqali mamlakatga kirib olishgach, xalq manfaatiga zid harakatlar olib borish ishlarini kuchaytiradi. Oqibatda xalq bilan hokimiyat oʻrtasida jiddiy keskinlik paydo boʻlib, mahalliy hokimiyat oʻz xalqiga qarshi turishdan ojiz holatga tushib qoladi. Shunda Xitoy oʻz kompaniyalari himoyasi uchun, mamlakatlar ichki ishiga harbiy aralashishga harakat qiladi. U Qirgʻiziston hukumatiga oʻz kompaniyalarini himoya qilib berish shartini qoʻyadi, aks holda  oʻz kompaniyalari himoyasi uchun Xitoydan qoʻriqchi harbiy tashkilotlar olib kirishni taklif yoki talab qiladi.

Shuning uchun Xitoy kompaniyalariga iqtisodiy investorlargina emas, balki Xitoy bosqinchiligining bir qismi sifatida qarash kerak. Ularga qarshi harakat olib borayotib, ularning Qirgʻizistondagi qoʻllari boʻlgan xoin hukumat vakillaridan Xitoyga ummat manfaatlarini sotishni bas qilishlarini, sotib yuborgan manfaatlar shartnomarini bekor qilishlarini talab qilishimiz kerak. Aks holda Xitoy kompaniyalari yaqinda xitoylar bilan toʻla yopiq hududlar tashkil qilishadi. Bu hududlar himoyasini ham oʻz qoʻllariga olib, yurtimizda harbiy bazalar tashkil qila boshlashadi. Oʻshanda biz Xitoyning harbiy mustamlakasiga aylanamiz! Alloh saqlasin.

Abdurazzoq Moʻʼmin

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.