AQShning uch shahrida sodir etilgan terror hujumida 30 odam halok boʻldi

69
0

AQShning uch shahrida sodir etilgan terror hujumida 30 odam halok boʻldi

AQShning Texas shtatida joylashgan El-Paso shahrida Patrik Kruzius ismli 21 yoshli shaxs Kalashnikov avtomati bilan 20 kishini otib oʻldirdi va 26 kishini jarohatladi. Kruzius terror harakatini amalga oshirishidan avval oʻzining Twitter sahifasi orqali Yangi Zellandiyada masjidga terror hujumini uyushtirgan Brenton Tarrantning terror harakatini oqlagan.

Oradan hech qancha vaqt oʻtmay AQShning Ohayo shtatidagi Deyton shahrida 24 yoshli terrorchi shaxs oʻqotar qurol bilan 9 kishini otib oʻldirdi va 16 kishini jarohatladi. Buning ortidan Chikagodagi hujum oqibatida 1 kishi halok boʻldi va 10 kishi yaralandi. Qarabsizki, AQShda terror hujumlaridan bir sutkada 30 kishi oʻldirildi va 52 kishi jarohat oldi.

Ammo hammaning koʻz oʻngida shuncha odam oʻldirilganiga qaramay, hech kim va hech qaysi ommaviy axborot vositalari bu hujumlarni amalga oshirgan shaxslarni terrorchilikda ayblamadi. AQSh prezidenti Donald Tramp ham “qoʻrqoqlik” deyishdan nariga oʻtmadi. Buning sababi ular Musulmon emasligidadir. Agar Musulmon boʻlganida edi, bir kishi jarohat olsa ham butun ommaviy axborot vositalari “Islomiy terror” soʻzi bilan toʻlib toshardi. Aslida Patrik Kruzius 15 mart kuni masjidda namoz oʻqiyotgan musulmonlarni otib oʻldirgan terrorchi Brenton Tarrantni oʻziga namuna qilib olishining oʻzi uning kimligini koʻrsatib turibdi.

Qayerga qaramang, “Islomiy terrorizm” degan iborani uchratasiz, ammo biror marta boʻlsa ham “masihiy terrorizm” degan soʻzni uchratganmisiz?! Vaholangki, yuzaga kelayotgan terror amaliyotlarining aksariyati boshqa din vakillari tarafidan amalga oshiriladi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, Yevropada musulmonlarga nisbat berilayotgan terrorchilik hujumlari u yerda yuzaga kelgan barcha terrorchilik hujumlarining atigi 2%iga ham toʻgʻri kelmaydi. Masalan, 2013 yilda Yevropada amalga oshirilgan 152 terrorchilik hujumlaridan faqat ikkitasiga “diniy omil” turtki boʻlgan xolos.

Hozirgi kunda Hindistonda va Arakanda butparastlarning, Falastinda yahudlarning, Suriyada Rossiyaning, Afgʻonistonda Amerikaning, xullas dunyoning har-bir burchagida kufr olamining musulmonlarga nisbatan amalga oshirayotgan terrorlari haqida gapirmay qoʻyaveraylik. Shunday boʻlsa-da ommaviy axborot vositalari ham va inson huquqlari himoyachilari ham bu haqida deyarli soʻz ochmayapti.

Mana shundan koʻrinib turibdiki, “terrorizm” atamasi Islom va musulmonlarga qarshi kurash uchun qoʻllaniladigan atamadan boshqa narsa emas. Shunday ekan, Musulmonlar koʻzlarini kattoroq ochishlari va Gʻarb olamining hiyla-naytanglariga aldanib qolishdan ogoh boʻlishgari lozim.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.