Taʼziya

498
0

Taʼziya

 Allohning dushmani, musulmonlarga eʼtiqodiy dushman boʻlgan yahudiy Karimov Islom va musulmonlarga qarshi oʻz jirkanch kurashini boshlagan vaqtda, “biz bu yoʻlda ayollar va yosh bolalarga qarshi kurashmaymiz”, deb lof urgan edi. Biroq, soʻzi boshqa-yu, amali boshqa boʻlgan subutsiz Karimov oʻz odatiga muvofiq bu soʻzidan ham qaytdi va minglab muslima opa-singillarimizni asossiz tuhmat va boʻhtonlar bilan sud qildi, yuzlabini qamoqqa tashladi.

 Zolim hukumat tomonidan qamoqqa tashlangan muslimalar safida 1984-yili Namangan shahrida tugʻilgan Tojiboyeva Rohila Hakimjonova ham bor edi. Muslima singilimiz Alloh roziligi yoʻlida, zolimning zulmi, malomatchining malomatiga zarracha parvo qilmay haq daʼvatni koʻtarib chiqdi. Razil hukumat singlimiz daʼvatini toʻsish uchun 2007-yili 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. Singlimizga zolim hukumat tomonidan nohaq tayinlangan jazo muddati tugashi arafasida soxta bahonalar bilan dastlab 2012-yili, ikkinchi marta 2015-yilda 3 yildan yangi muddat qoʻshib berildi. Va nihoyat 2018-yili singlimiz sogʻligiga jiddiy ziyon yetgan holda qamoqdan chiqdi.

 Singlimiz qamoqdan chiqqan vaqtda uning turmush oʻrtogʻi 1982-yili Namangan shahrida tugʻilgan birodarimz Ibraimov Muxtorjon Eshondadayevich Hizb-ut-Tahrir safida faoliyat olib borganlikda ayblanib, 2001-yili ozodlikdan mahrum etilgani boʻyicha jazo muddatini oʻtayotgan edi. Singlimiz ozodlikka chiqqanidan soʻng turmush oʻrtogʻi oldiga uchrashuvga borib keladi.

 2019 yil 31 iyul kuni homilador singlimizni oʻz xohishiga zid ravishda, hatto borishni istamasligini yozma bildirishi  mumkinligini aytsa ham shifokorlar majburan olib ketishadi. Olib borishgan yerlaridan esa, ona-bola ikkalasining jonsiz tanalari chiqdi! Singlimizning turmush oʻrtogʻi shu yil 6 avgust kuni ozodlikka chiqishi kerak edi!

إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّـا إِلَيْهِ رَاجِعونَ

“Albatta, biz Allohnikimiz va albatta biz u Zotga qaytguvchilarmiz”. (Baqara:156)

 Muslima singlimiz hamda xali yorugʻ dunyoni koʻrmay turib noaniq vaziyat ortidan vafot etgan murgʻak goʻdakning oʻlimi Oʻzbekistonda xali ham Karimov rejimi hukm yuritayotgani, Islom va musulmonlarga nisbatan munosabat oʻzgarmaganidan dalolatmi?!

 Biz, muslima singlimiz Tojiboyeva Rohila va uning farzandi vafoti munosabati bilan ularning oila aʼzolariga, qarindoshlariga va yaqinlariga oʻzimizning chuqur taʼziyamizni izhor qilamiz. Alloh sizlarga goʻzal sabru jamil ato etsin. Mehribon Alloh singlimizning qilgan solih amalllarini oʻziga hamroh qilib, Oʻzining jannati Firdavsi bilan siylasin.

 Hizb ut-Tahrir – Qirgʻiziston matbuot boʻlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.