OPEK plyus shartnomasi

104
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Savolga javob

OPEK plyus shartnomasi

Savol: 2019 yil 9 iyul kuni Riyoz veb-sayti nashr qilgan xabarda Saudiya “oʻtgan seshanba neftь eksport qiluvchi OPEKka aʼzo davlatlar va OPEKka aʼzo boʻlmagan neftь eksport qiluvchi davlatlar imzo chekkan va “Vena shartnomasi”, deb nomlangan ittifoq”da salmoqli rolga ega” ekani aytildi. Savol shuki, ayni OPEK plyus tashkiloti OPEK oʻrniga yangi tashkilot boʻldimi? Keyin, yuqorida aytilgandek Saudiya roli, haqiqatdan oʻzining mustaqil rolimi yoxud tashqi omil bilan bogʻliq rolmi? Bu bitimda Saudiya manfaati nimadan iborat? Bu yangi ittifoq qanchalar davom etishi mumkin? Alloh ajringizni bersin.

Javob: Ushbu savollar javobi tiniq boʻlishi uchun quyidagilarni bayon qilamiz:

Birinchi: Yangi kelishuv voqei:

1 – Neftь eksport qiluvchi 14 nafar OPEKka aʼzo davlatlar boshqa 10 davlat bilan hamkorlik qilish shartnomasini imzoladi va bu 10 davlatga neftь ishlab chiqaruvchi yirik davlat Rossiya yetakchilik qiladi. Bu – 2019 yil 2 iyul kuni Venada ushbu 11 davlat bilan OPEKka aʼzo neftь eksport qiluvchi davlatlarning vazirlari darajasidagi uchrashuvi chogʻida boʻldi. “Vena shartnomasi-OPEK plyus”, deb atalgan ayni shartnomaning rasman imzolanishi kelayotgan kuzda Rossiya prezidentining Saudiya Arabistoniga rejalashtirilgan safari chogʻida amalga oshiriladigan boʻldi. Ushbu 24 davlat ikki yarim yildan beri amal qilib kelinayotgan neftь ishlab chiqarishni pasaytirish shartnomasi muddatini yana toʻqqiz oyga uzaytirishga kelishib olishdi. Darhaqiqat, bu shartnoma Rossiya bilan Saudiya (yaʼni OPEK) oʻrtasida soʻngi uch yil ichida neft narxining keskin tushib ketishi oqibatida yuzaga kelgan munosabatlarni mustahkamlash boʻldi. Zero, 147 dollarga chiqib ketgan bir barrelь neftь 2014 yilda keskin tushib ketdi. Neftь bahosi pasaya boshlab, nihoyat 2016 yil boshida bir barreli 27 dollarga tushib ketgan edi. Shu vaqt mobaynida Saudiya yetakchiligida OPEK Rossiya bilan shartnoma imzoladi. Shartnomaga binoan, OPEK neftь ishlab chiqarishni kuniga 1.2 million barrelga qisqartiradigan boʻldi, Rossiya esa kuniga 300 ming barrelga qisqartiradigan boʻldi. Haqiqatdan ham, ayni shartnomadan soʻng amalda neftь bahosining pastlashi toʻxtadi va bir barrel neftь bahosi 55 dollarga koʻtarildi, keyin soʻnggi ikki yil mobaynida bu koʻtarilish tendentsiyasi davom etdi. Bu hol neftь ishlab chiqaruvchi davlatlar uchun qoniqarli hol, deya baholandi.

2 – Neftь ishlab chiqaruvchilarning ushbu yangi ittifoqi Rossiya bilan birgalikda Qozogʻiston, Meksika, Ozarbayjon, kabi neftь ishlab chiqaruvchi muhim davlatlarni ham OPEKka qoʻshyapti. Bu bilan yangi ittifoq-OPEK plyus butun jahon neftь sanoatining 47 %i ustidan hukmron boʻlyapti. Vaholanki, ilgari OPEKning oʻzi jahon neftь sanoatining uchdan birini ishlab chiqarar edi. Boshqacha ibora bilan aytganda, neftь bahosi ustidan nazorat oʻrnatishda neftь ishlab chiqaruvchi davlatlarning katta yordam berishi kutilmoqda. Lekin bu nazariy jihatdan. Amaliy jihatdan esa, shu yangi ittifoq ustidan hukmronlik qiladigan koʻp ishlar bor, jumladan:

a)    Bu ittifoq OPEK tashkilotini bekor qilmadi. Balki OPEK aʼzolari Rossiya kabi mashhur neftь ishlab chiqaruvchi davlatlar bilan birga ayni ittifoqqa rozi boʻlishdi, yaʼni, bu hali bekor qilinishi mumkin boʻlgan ittifoqdir. Chunki u OPEKka alьternativ tashkilot emas, yaʼni, OPEK xartiyasi hamon mavjud boʻlib turibdi va yangi davlatlar unga “OPEK plyus”, degan niqob ostida kirsa-da, biroq bu koʻngilli-ixtiyoriy ittifoq boʻlib, ular bu xartiyadan chiqishlari mumkin.

b)    Neftь ishlab chiqaruvchi davlatlarga bu yangi ittifoqni zoʻrlab tiqishtirayotgan narsa jahon neftь bozoridagi yangi reallikdir. Bu Amerikaning slanets nefti realligi boʻlib, uning ishlab chiqarilishi narx boʻyicha pastlab-balandlab turibdi va 2025 yilgacha barqarorlashishi kutilmayapti. Shuning uchun bu yangi ittifoq Qoʻshma Shtatlardagi slanets neftь sanoatining barqarorlashib, bozorga oʻz taʼsirini koʻrsatgunga qadar davom etishi, keyin bekor qilinishi koʻproq taxmin qilinmoqda.

v)    OPEK davlatlari ichida yangi ittifoqni nazorat qilayotgan asosiy davlat Saudiya Arabistonidir. U Amerikaga malay, uning siyosatidan tashqari qadam bosmaydi. Shuning uchun OPEK plyus ittifoqida Amerikaning qoʻli salmoqli taʼsirga ega. Saudiyaning Rossiya bilan boʻlgan ittifoqi Amerika siyosati oqimiga qarab davom etadi.

Ikkinchi: Yangi ittifoqqa boʻlgan turtkilar:

1 – Neftь bahosi 2014 yil tushib keta boshlagach, neftь ishlab chiqaruvchi davlatlar oʻzaro muvofiqlashib, jahon bozoriga neftь yetkazib berilishini boshqarishga harakat qilishlari, binobarin, neftь bahosini bozor talablariga muvofiq, yaʼni, taklif va talabga qarab nazorat qilishlari zarur boʻlib qoldi. Oʻnlab yillar mobaynida bu ish neftь ishlab chiqaruvchi davlatlardan eng koʻpini oʻz ichiga olgan OPEK tashkiloti ichkarisida bajarib kelinar edi. Biroq soʻnggi yillar ichida Rossiya neftь gigantiga aylanib qolib, uning neftь ishlab chiqarish hajmi kuniga 11 million barrelga yetdi. Yaʼni, u jahon neftь sanoatining 10 %ini ishlab chiqarmoqda. Rossiya OPEKni kuzatib borar edi. Ishlab chiqarish qisqarib, neftь bahosi koʻtarilsa, Rossiya bundan foydalanib, oʻzining ishlab chiqarishini oshiraverardi… Chunki u OPEK qarorlarini bajarishga majbur emas. Amerika bunga chiday olmadi, jahli chiqdi… xususan, Rossiyaga sanktsiyalar joriy qilayotgan bir paytda. Shu bois, OPEKdagi eng katta neftь ishlab chiqaradigan va unda taʼsiri kuchli boʻlgan Saudiyaga OPEK bilan Rossiya oʻrtasida bir ittifoq tuzish vazifasini topshirdi. Toki, Rossiyani OPEK doirasida va Saudiya bilan Rossiya oʻrtasidagi muvofiqlashuv bilan ushlab turilsin.

2 – To ayni muvofiqlashuv haqiqatga aylangunga qadar, 2014 yildan soʻng Saudiya-Rossiya munosabatlari bir muncha yaxshilandi. Keyin podshoh Salmon 2017 yilning 4 oktyabrida Moskvani ziyorat qildi va bu saudiyalik podshohning Rossiyaga birinchi ziyorati edi. Keyin Rossiya prezidenti bilan Saudiya valiahdi oʻrtasida bir necha uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Saudiya bilan boʻlgan yirik qurol-yarogʻ savdosi bitimlari yoʻnalishini Rossiyaning harbiy zavodlari boʻylab yoʻnaltirish imkoniyati tugʻilganidan Rossiyaning soʻlagi oqdi. Shunday qilib, Rossiya bilan Saudiya neftь munosabatlarining yangi davrini boshlashdi va bularning barchasi Amerika malayi Salmon bilan uning oʻgʻli davrida boʻldi. Ikkala davlat munosabatlari yuqori darajaga koʻtarilib, 2016 yil 30 noyabrda OPEK tashkiloti bilan Rossiya yetakchiligidagi 11 nafar davlat oʻrtasida neftь ishlab chiqarishni qisqartirish boʻyicha birinchi shartnoma imzolandi. Shartnomaga binoan, OPEK ishlab chiqarishni kuniga 1.2 million barrelga qisqartiradi, 11 nafar davlat kuniga 560 ming barrelga qisqartirdi. Bu qisqartirishda birgina Rossiyaning nasibasi kuniga 300 ming barrel boʻldi. Saudiya bu shartnomadan oldin 2016 yil 4 noyabrda bozorni neftga gʻarq qilmoqchiligi bilan tahdid qilgan edi. Bundan Rossiya choʻchib, Saudiya bilan muvofiqlashishga shoshildi, chunki bozorni neftь bosib ketib, narx pastlab ketishi turgan gap edi. Qolaversa, Rossiyaning moliyaviy ahvoli tang boʻlib, byudjetining 50 %ga yaqini neftь va gaz kabi energetikaga tayanadi.

3 – Haqiqatdan ham ayni shartnoma neftь narxiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, imzo chekilgan paytdanoq neftь bahosi koʻtarila boshladi. Lekin shartnoma olti oyga qadar edi. Keyin uni uzaytirish maqsadida koʻp bahs-munozaralar ketdi. Neftь bahosi yaxshi-qoniqarli holatda ekan, umuman olganda, Rossiya oʻz byudjetini qoʻllab-quvvatlash uchun neftь ishlab chiqarishni oshirishni xohladi. Saudiya esa, oʻzining oʻzgarmas-barqaror siyosati sifatida, neftь ishlab chiqarishni qisqartirishni davom ettirishni xohlar edi. Toʻgʻri, u jahon bozoriga neftь oqizib yuborish bilan, yaʼni ishlab chiqarishni koʻpaytirish bilan tez-tez tahdid qilib keldi… Biroq, u oʻzining bu tahdidlarini Rossiya neftь ishlab chiqarishni qisqartirish amaliyotini toʻxtatishni xohlagan paytda qilar edi. Bu – aqli raso insonga yaqqol koʻrinib turgan ochiq oʻyin edi. Yaʼni Amerika prezidenti neftь bahosini ushlab turish uchun Saudiyadan neftь ishlab chiqarishni oshirishni talab qilardi. Bu bilan Rossiyani neftь ishlab chiqarishni qisqartirish amaliyotiga Saudiya bilan birga kirishishga undar edi. Rossiya oʻzini Amerika prezidentining bunday siyosatiga qarshi kurashayotgan qilib koʻrsatar edi. Aslida esa, Saudiyaning Amerika talablarini qabul qilishidan qoʻrqar edi. Shuning uchun u Saudiya bilan birga neftь ishlab chiqarishni qisqartirish kelishuviga majburan kirishar edi. Misol uchun: “Shanba kuni Tramp oʻzining tvitterdagi sahifasida podshoh Salmon ibn Abdulaziz bilan gaplashganini va undan mamlakatining neftь ishlab chiqarishini oshirib, kuniga ikki million barrelga yetkazishni talab qilganini, Salmon bu talabga rozi boʻlganini yozdi”. (Arabiy Jadid, 2018 yil 1 iyul).

4 – Neftь ishlab chiqarilishini qisqartirishdan Rossiyaning noroziligi Ayn axborot agentligida 2019 yil 5 iyun seshanba kuni nashr qilingan xabardan tasdiqlanib turibdi. Xabarga koʻra, Rossiyaning yirik “Rosneftь” neftь va gaz kompaniyasi ijroiy direktori Igor Sechin “Agar  neftь yetkazib berishni qisqartirish boʻyicha imzolangan xalqaro shartnoma vaqti uzaytiriladigan boʻlsa, bizning kompaniya hukumatdan kompensatsiya undirishni muhokama qiladi”, degan. Sechin neftь eksport qiluvchi davlatlar (OPEK) bilan ittifoqchilari oʻrtasidagi imzolangan shartnoma doirasida Rossiyaning neftь ishlab chiqarilishini koʻproq qisqartirishida hech qanday mantiq topolmayotganini aytar ekan, jumladan, “Qoʻshma Shtatlarning oʻzi neftь ishlab chiqarishni yanada oshirdi va Rossiyaning jahon bozoridagi ulushini egallamoqda”, dedi. Boshqacha ibora bilan aytganda, Rossiya neftь ishlab chiqarishni qisqartirishni oʻz manfaatiga zidligini koʻryapti. Biroq u Saudiyaning tahdidini ham oʻylayapti. Chunki Saudiya ishlab chiqarishni oshirib yuborib, bozorni neftga toʻldirib yuboradigan boʻlsa, keyin neftь bahosi sezilarli ravishda tushib ketsa, Rossiya ishlab chiqarishni oshirishdan foyda koʻrish oʻrniga, ziyon koʻradi. Chunki moliyaviy daromad tushib ketadi… oqibat Rossiya uchun salbiy boʻladi, chunki byudjetining salkam yarmi neftdan. Mana shundan kelib chiqqan holda, Rossiya ishlab chiqarishni qisqartirishga majburan rozi boʻldi! Natijada slanets neftь eksportiga mos ravishda neftь bahosi koʻtarildi. Bu esa, AQSh neftь kompaniyalarining kengayishiga olib keladi. Yaʼni, Saudiya Amerikaning Rossiya boʻyniga taqalgan qilichi boʻlib, Amerika istagan payt shu qilich orqali neftь ishlab chiqarilishini qisqartirishga Rossiyani majburlayveradi…

5 – Neftь ishlab chiqarishni qisqartirish naqadar muhim ekanini anglash jihatidan olganda, bugungi Amerika kechagi Amerikadan farq qilmoqda. Chunki AQShda slanets nefti sanoati reallikka aylandi, uning ishlab chiqarilishi tobora oʻsmoqda va bu oʻsish juda yuqori miqdorda qarzdorlikdan aziyat chekayotgan AQSh iqtisodiyoti uchun gʻoyat muhim hisoblanadi. Slanets neftь sanoati uchun ham, uning oʻsishi uchun ham neftь bozori kerak, ayniqsa, uning narxi muhimdir. Shuning uchun Amerika Saudiyaga OPEKning neftь ishlab chiqarishini qisqartirish vazifasini yukladi. Bu bir jihatdan, AQSh kompaniyalariga bozordagi ulushni osongina qoʻlga kiritish imkoniyatini bersa, ikkinchi jihatdan, neftь bahosi baland boʻlishda davom etadi. Yaʼni, Amerikaning slanets neftь ishlab chiqaruvchilari uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Slanets neftdan foyda olish uchun uning bir barreli 69 dollar boʻlishi kerak, lekin uning ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlantirish, ayni raqamni pastlatishga xizmat qilishi mumkin. Umuman olganda, Amerika slanets neftini oʻzining jahon bozori tepasiga yastanib oʻtirib olishi uchun qulay vosita, deb bilmoqda.

6 – Saudiya Rossiyani bir tomondan, neftь ishlab chiqarishni oshirish va neftь bahosini tushirib yuborish bilan tahdid qilayotgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, uni Yaqin Sharqda nufuzi ortishiga ishontirish bilan aldayapti. Shuning uchun podshoh Salmon 2017 yil Moskvaga oʻzining birinchi safarini amalga oshirdi. Keyin Saudiya rus prezidentini kelasi kuzda Riyozga borishga taklif qildi. Saudiya ziyorati rus rahbari uchun nodir ziyorat boʻlish bilan birga, uning tarixida ikkinchi marta hisoblanadi. Zero, rus rahbari Yaponiyaning Osaka shahrida 2019 yil 29 iyunda boʻlib oʻtgan G-20 sammiti chogʻida Saudiya Arabistoni shahzodasi Ibn Salmon bilan uchrashgandan soʻng birinchi boʻlib Vena konventsiyasini eʼlon qildi: “Rossiya prezidenti Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad ibn Salmonga energetika bozorida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni qayta muhokama qilishni maʼlum qildi”. Putinning qoʻshimcha qilishicha, “OPEK plyus doirasidagi strategik sheriklik neftь bozorini barqarorlashtirishga olib kelgan hamda neftь ishlab chiqarishning bozordagi talablarga qarab, qisqarib-oʻsib borishiga sabab boʻlmoqda, bu esa, investitsiya istiqbollarini va uni ayni sektordagi oʻsishini prognoz qilishga hissa qoʻshmoqda…”, “Bu yangi shartnoma hozirgi shakli jihatidan ham, soni jihatidan ham kengaymoqda”. (Independentarabia, 2019 yil 29 iyun). Mana, shularning barchasidan Rossiya – Saudiyada, OPEKda va neftь bozorida oʻz nufuzimga ega boʻldim, deya xomxayol qilmoqda! Amerikaliklar uning xomxayolini yanada kuchaytirib, ayni shartnomaga nisbatan goʻyo oʻzlarini norozi qilib koʻrsatishyapti: “Obama maʼmuriyatida energetika boʻyicha maslahatchilik lavozimida ishlagan Bordov bunday dedi: Qoʻshma Shtatlar OPEK tashkilotiga aʼzo davlatlarning koʻpchiligi bilan suhbatlar oʻtkazish imkoniyatidan foydalanib kelar edi. Biroq bugun AQShga raqib hisoblangan bir davlat shartnomaga yetakchilik roli bilan kirib oldi”. (Arabiyya net, 2019 yil 3 iyul). Ayni manbaning taʼkidlashicha, “AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeodan – Rossiya prezidenti oldida neftь diplomatiyasi orqali Qoʻshma Shtatlarning Yaqin Sharqdagi oʻrnini egallab olish imkoniyati tugʻilishi mumkinmi, degan savolga “rus prezidentining bu boradagi saʼy-harakatlari albatta muvaffaqiyatsizlikka uchraydi”, deb javob qilgan”.

7 – Bular yangi shartnomaning voqei va unga boʻlgan turtkilar haqida. Ammo shartnomaning doimiy davom etish-etmasligiga kelsak, bu amri mahol. Chunki Rossiya bu kabi cheklovlardan qutulib chiqishga urinyapti va xususan, yaqin kelajakda savdo urushi vaziyati kabi Rossiyaning ayni shartnomaga amal qilish imkoniyatini murakkablashtiruvchi vaziyat yuzaga kelar ekan, neftь sanoati oshib, bahosining koʻtarilishidan foydalanib qolishga doim urinib keladi. Bu vaziyat neftь bahosiga salbiy taʼsir qiladi hamda Venesuela, Liviya va Erondagi neftь ishlab chiqarilishining qayta barqarorlashishi ham ehtimoldan xoli emas. Bu esa, jahon bozoriga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shu bilan birga, agar Rossiyaning neftь ishlab chiqarishi shu ahvolda davom etaversa, yaqin yigirma yilga bormasdan uning hozirgi neftь zaxirasi tugashi muqarrar. Oʻz navbatida, bu Rossiyani shu qisqa vaqtdan unumli foydalanib qolishga undaydi. Aks holda, Rossiya oʻzidan yangi neftь konlarini topishga toʻgʻri keladi. Biroq bu shartnoma 2025 yilgacha arang turishi mumkin, chunki bu yilda AQShning slanets nefti sanoati istiqboli barqarorlashib, uning bozorga boʻlgan taʼsiri yaqqol namoyon boʻladi. Shuning uchun Rossiya oʻzining neftь bilan bogʻliq siyosatini bugungi kunda noaniq boʻlib turgan ushbu yoʻnalish asosiga qurmoqda.

8 – Xullas kalom, taʼkidlash joizki, ushbu Amerika siyosatining muvaffaqiyatliligi shundaki, u parda ortidan turib, Saudiyani boshqaryapti, Saudiya Rossiyaga bir tomondan, neftь ishlab chiqarishni oshirish bilan tahdid qilayotgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, uni Yaqin Sharqda nufuzini orttirib olishga ishontirish bilan aldamoqda. Oqibatda, Rossiya OPEK plyus rezolyutsiyasini imzolashdan boshqa chora topolmayapti… Mana shu muvaffaqiyatlarning barchasi, Amerikaning yana bir siyosatning muvaffaqiyatli boʻlishiga umidini kuchaytirdi… Bu – Rossiyaga bosim qilib va sanktsiyalar belgilab, uni oʻzining Xitoyga qarshi siyosatiga majburlash siyosatidir. Bugun OPEK plyus rejasi boʻyicha muvaffaqiyat qozongani sababli Amerika buning ham muvaffaqiyatli chiqishiga tobora umid qilayotgan ekan, bundan keyin ham Rossiyaga qarshi bosimlarini kuchaytiraveradi… oʻzining xizmatiga egilishi uchun Rossiyani avrab-aldab ishontiraveradi… To Rossiya Amerika siyosatiga boʻysunib, uning Xitoy dengizidagi xizmatkoriga aylangunga qadar shunday qilaveradi. Darhaqiqat, Amerika buni Trampning Putindan talab qilishi orqali boshladi. Yaʼni, AQSh prezidenti 2019 yil 29 iyunda G-20 sammiti chogʻida Rossiya prezidentidan – agar Amerika Xitoy bilan oʻrta masofaga uchuvchi raketalar boʻyicha shartnomani qayta boshlashni istasa, Xitoyni bunga imzo chekishga koʻndirib berishini talab qildi. Rossiya ham bu shartnomani oʻz xavfsizligi uchun zarur hisoblamoqda. Shu bois Xitoyga unga rozi boʻlishi uchun bosim oʻtkazishi mumkin. Chunki Xitoy bunga rozi boʻlmasligi mumkin… Ana shunda Rossiya bilan Xitoy oʻrtasida taranglik boʻhroni boshlanadi… Bu Rossiyani Xitoy dengizi boʻyicha Amerika tarafiga oʻtishini yengillashtiradi. Mana shularning barchasidan koʻrinib turibdiki, neftь bozorlarini nazorat qilish uchun boʻlgan ushbu yangi “Vena shartnomasi” Amerikaning Rossiyaga qoʻygan tuzogʻidir. Strategik jihatdan qaralganda, bu ishdagi Amerikaning muvaffaqiyati yuqoridir.

9 – Shunday qilib, musulmon yurtlarimizdagi hukmdorlar boyliklarimizni mustamlakachi kofir davlatlarning siyosiy oʻyingohlariga toʻkib berishdi. Masalan, qachon bu davlatlar manfaati neftь ishlab chiqarishni pasaytirishni taqozo qilsa, bu ruvaybizalar ularga labbayka, deyishdi. Agar ularning manfaati neftь ishlab chiqarishni rivojlantirishni taqozo qilsa, unda ham xoʻp boʻladi, deyishdi. Agar ularning manfaati boyliklarimizni suv tekinga olib ketishni talab qilsa, hukmdorlar bunga ham yetti bukilib rozi boʻlishdi. Agar mustamlakachilar manfaati – Tramp eʼlon qilganidek – ularning taxtlarini himoya qilishi dastagi bilan boyliklarimizni mutlaq tekinga olib ketishni taqozo etsa,  goʻyo “taxtimizni himoya qilib tursa, bunga minnatdor boʻlib rozimiz”, deyishdi!! Hukmdorlarning bu dunyodagi ahvoli, Alloh Taoloning

صُمٌّ بُكْمٌ عُمْيٌ فَهُمْ لاَ يَعْقِلُونَ

“Ular kar, soqov va koʻrdirlar, demak hech narsani anglamaydilar”       [Baqara 171]

degan kalomidagi kimsalar ahvolidir. Oxiratda ham, ular koʻr va butunlay yoʻldan ozganlardan boʻlishadi.

وَمَنْ كَانَ فِي هَذِهِ أَعْمَى فَهُوَ فِي الْآخِرَةِ أَعْمَى وَأَضَلُّ سَبِيلاً

“Kimki, bu dunyoda koʻr-gumroh ekan, bas, u oxiratda ham koʻr va butunlay yoʻldan ozguvchidir” [Isro 72]

Hizb ut-Tahrir amiri Ato ibn Xalil Abu Roshta

9 zul-qaʼda 1440h

12 iyul 2019m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.