Harbiy boshqaruv bilan fuqarolik boshqaruvi bitta tanganing ikki tomoni

485
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Harbiy boshqaruv bilan fuqarolik boshqaruvi bitta tanganing ikki tomoni

Hizb ut-Tahrirning Sudandagi rasmiy notigʻi Ibrohim Usmon Abu Xalil matbuot bayonotida bunday dedi:

“Poytaxt Xartum va bir necha shaharlarda minglab qoʻzgʻolonchi yoshlarning 30 iyunda “millionlar”, deb atalgan namoyishga chiqishlari shuni isbotladiki, harbiy kengashning odamlarni oʻziga moyil qilish uchun olib borgan shuncha urinishlari omadsizlikka uchradi. Chunki minglagan odamlar namoyishga faqat bir narsaga, yaʼni yomon ahvolning tobora yomonlashayotganiga va harbiy kengash ham eski rejimdan farq qilmasligiga guvoh boʻlganliklari sababli chiqmoqdalar. Bu namoyishlar orasida fuqarolik, yaʼni ilmoniy boshqaruvga chaqirayotganlarning mavjudligi esa, masalaning eng yomon jihatidir. Ular Sudan ahlini oʻzining zulmu sitam olovida shuncha vaqt kuydirib kelgan sobiq rejimni qaytib kelishga chaqirishyapti. Chunki harbiy boshqaruv bilan fuqarolik boshqaruvi oʻrtasida farq yoʻq, ikkalasi ham tuzum siyosatini asosan, Ummat aqidasini hayot va siyosatdan ajratgan holda olib borishadi, odamlar hayotidagi qonunlar, shu rahbarlarning havoi nafslari asosida tuziladi, Allohning istagi asosida emas. Demakki, harbiy boshqaruv bilan fuqarolik boshqaruvi bitta tanganing ikki tomonidir. Odamlar xohlayotgan adolat na fuqarolik boshqaruvi bilan keladi, na harbiy boshqaruv bilan. Chunki adolat faqat Islomda”.

Bayonotda qoʻzgʻolonchi yoshlarga va Sudan ahliga murojaat qilinib, bunday deyildi:

Siz orzu qilayotgan tinch-farovon hayotni na fuqarolik boshqaruvidan topasiz va na harbiy boshqaruvdan, ularning hammasi gʻayriilohiy qonunlarga asoslangan. Yoʻq, orzuingiz Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatidagina roʻyobga chiqadi. Shuning uchun ushbu haq va adolat davlatini barpo qilish uchun Hizb ut-Tahrir bilan birga harakat qiling, harbiy kengashdan hokimiyatni Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun topshirishini talab qiling.

Roya gazetasining 2019 yil 10 iyul chorshanba kungi 242-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.