Atambayevni “zararsizlantirish”

366
0

Atambayevni “zararsizlantirish”

 Sobiq prezident Atambayev 19-iyulda Rossiyaga borib kelishi haqida maʼlum qildi. Oʻz navbatida uning bu xabari jamoatchilikda qizgʻin muhokamaga sabab boʻldi. Bundan avval prezident Jeenbekov Shveytsariyadan qaytishda Putinga uchrashishini – siyosiy taxlilchi va ekspertlar bir ovozdan – Atambayev masalasi koʻrib chiqiladi deb aytishdi. Atambayevning bu xabari ortidan shu tahmin oʻz tasdiqini topyapti.

 Chunki, prezident Jeenbekovning tashrifidan keyinoq Atambayevni xorijga chiqishi toʻgʻrisida gaplar tarqadi. Atambevning hozirgi komandasi yetakchisi Ravshan Jeenbekov sobiq prezidentning Rossiyaga borishi boʻyicha: “Soʻngi vaqtlarda bir qator mamlakatlar va mintaqalarni Rossiya bilan munosabatlari buzilib, mustaqil siyosat olib borishga harakat qilishmoqda. Rossiyaga nisbatan munosabati ijobiy boʻlgan Markaziy Osiyogina qoldi. Biroq, bu mitaqada Qozogʻiston bilan Qirgʻizistonning ichki siyosatida bir qator muhim jarayonlar davom etyapti. Ayni vaziyatda bu davlatlarda barqarorlik hukm surishi muhim. Ikkinchidan, shaxsiy masala. Sobiq prezident Atambayev Rossiyaga, Putinga koʻp xizmat qilgan shaxs. AQShning harbiy bazasini chiqarib yuborgan. Bunday odamni Rossiya tomoni ham “em” qilib tashlab qoʻymaydi. Prezidenti sudlandi degan yomon pretsedent yaratmaslik kerak”, – deb interьvyu berdi.

 Darhaqiqat, xalqaro siyosatda Atambayevni Rossiya hukumatiga qilgan xizmatlari koʻp. Ularning asosiylari sifatida quyidagi roʻyxatni keltirish mumkin:

– 2014-yili Qirgʻizistondan AQSh aviabazasini chiqarib yubordi

– 2015-yil mayida Qirgʻizistonni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII)ga olib kirdi

-2015-yil iyul oyida AQSh bilan 1993-yili Vashingtonda imzolangan “hamkorlik hamda iqtisodiy va texnik yordamlarni koʻrsatishni yengillashtirish” bitimini bekor qildi 

-2016-yili xalqaro tashkilotlarning roli toʻgʻrisida konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritdi

-2017-yili Qirgʻizistondagi YeXHT Markazini dasturiy ofis darajasiga tushirdi.

 Atambayevning Rossiyaga qilgan xizmatlari shulardan iborat boʻldi.

 Bunga qadar Putin Qirgʻizistonning avvalgi ikki prezidentiga qilgan xizmatlari uchun “muruvvat” koʻrsatgan. Akayevni olib chiqib ketdi, Bakiyevni chiqib ketishiga ruxsat bergan. Endi navbat Atambayevga kelyapti. Haqiqatda mustamlakachilarda – keyingilar qoʻrqmay xizmat qilishlari uchun – avvalgi xizmatkorlarini saqlab qolish rejasi bor. Biroq, bu “muruvvat” koʻrsatilishining yagona sababi emas. Bundan boshqa, ulardan qayta foydalanish va oʻz zararlariga ishlab qoʻyishini oldini olish ham bor. Chunki, ular davlat sirlarini bilishadi, shuningdek, ularni davlat ichida siyosiy richaglari mavjud.

 Prezident Jeenbekov 11-iyulda Moskvaga borganida Atambayevni amerikaparastlar bilan ish olib borayotgani Putinni avvalgidan kuchliroq xavotirga solib qoʻygan edi. Chunki, Atambayevni Amerikaga intilishi – mamlakatda AQSh taʼsir ortishiga olib keladi. Shu sababli ham Putin Atambayevni “zararsizlantirish” uchun chaqirtirdi (bu ish Putinni oʻzi bilan uchrashuv orqali amalga oshadimi yoki vositachilar orqalimi farqi yoʻq).

 Atambayevning kutilayotgan safarida quyidagi variantlar koʻrib chiqilishi mumkin:

– Atambayevni chet davlatga chiqib ketishi. Biroq, bu kuchli ehtimol emas, chunki Atambayevning davlatni tashlab chiqib ketmaslik boʻyicha vaʼdalari koʻp.

-Atambayevni Rossiya kadri sifatida siyosatda qoldirilishi. Buning ham ehtimoli kamroq, chunki, Putin Atambayevni asl Rossiya kadri sifatida tan olmaydi. Bunga bir qancha sabablar bor. Masalan,

– Atambayev hokimiyat tepasiga kelganida qabul qilgan konstitutsiya gʻarbga moyil konstitutsiya boʻlib, yangi kiritilgan parlament boshqaruv tizimi Kreml rayiga zid kelgan, lekin uni qabul qilinishida Atmabayevning roli kuchli boʻlgan.

-Shuningdek, 2016-yili rus-qirgʻiz hukumatlararo Yuqori Norin kaskadi va Kambar-Ata 1 GESini qurish boʻyicha shartnomani Atambayev bir tomonlama bekor qilgan. Unda Atambayev “Rossiya hozirgi ahvolida buni qurish imkoniga ega emas” deb aytgan va “bunday vaziyat uzoqqa choʻzilishini” qoʻshimcha qilgan edi.

– Eski mustamlakachi Rossiyaning manfaatlariga zid ravishda Qirgʻiziston eshiklarini Xitoyning iqtisodiy ekspansiyasi uchun ochib berdi. Masalan, 2010-yili Qirgʻizistonning Xitoydan qarzi 150 mln dollarni tashkil etgan boʻlsa, Atambayev boshqaruvi davomida 1,7 mlrd dollarga yetdi.

– Atambayev bu yil uran konidan foydalanishga qarshi mitinglar uyushtirish orqali Rossiyaning umumiy manfaatlariga zarba berib qoʻyishiga oz qoldi (Putinni mart oyida amalga oshirgan tashrifida Qirgʻizistonga 6 mlrd dollarlik investitsiya kirtish boʻyicha bitimlari tuzilgan edi). Shu mitinglar sababli AQSh Rossiyaning boshqa tarmoqlardagi investitsiyaviy manfaatlariga nisbatan ham qarshilik toʻlqinlarini ulab ketishi mumkin edi. Shular tufayli Rossiya hukumati Atmabayevga “noqulay kadr” deb qaraydi.

– Atambayevni AQSh yoʻnalishini ushlagan holda qolishi. Bu ehtimoldan juda uzoq. Bunday holda Atambayev qattiq jazoga griftor qilinib, boyliklari tortib olinadi. AQSh uni himoya qilib chiqishi mumkin, biroq, bor kuchini sarflamaydi. Atambayev buni yaxshi biladi.

– Atambayevni AQShga xizmat qilmaydigan, Rossiya manfaatlariga qarshi chiqmaydigan “moʻʼtadil” muxolifatda qolishiga ruxsat berish. Shuni ehtimoli kuchliroq. Chunki, Rossiya bu orqali Atambayevni zahiradagi kadr sifatida saqlab qolgan, shuningdek, zararsizlantirgan boʻladi. Atambayev ham shuni qabul qilishi kutilmoqda. Chunki, u shu orqali mamlakat ichida, xavfsizligi kafolatlangan holda qoladi. Aslida u shunga erishish maqsadida avval Putinga murojaat qilgan edi.

 Endi buni amalga oshishiga kelsak, xalq ichida Jeenbekov bilan Atambayevni “yarashtirish” boʻyicha ommaviy ray paydo qilinadi, biroq, toʻliq yarashuv amalga oshmaydi, chunki bu qonunlarga zid. Biroq, “yarashtiruv” harakatlari odamlardan taranglikni olib tashlaydi. Oxiri koʻrinmaydigan “yumshoq” sud jarayonlari davom etadi.

 Qadrli oʻquvchilar, biz fikr yuritayotganda – qaysi bir ishni qilish yoki qilmaslik haqida fikrlaymiz… Masalan, men Atambayevning Rossiyaga borishi toʻgʻrisida fikr yuritganda, bu hammasi mustamlakachilarning oʻyini ekanligi, bizning yetakchilarimiz ularga qoʻgʻirchoq boʻlayotgani toʻgʻrisida fikrladim… Shuningdek, odamlarni mustamlakachi bandalarga qullik qilishdan – Yaratuvchi Holiqqa qullik qilishga, mustamlakachilar zulmidan Islom adolatiga olib chiqishga harakat qilish toʻgʻrisida fikrladim… Buning uchun Islom asosida fikriy-siyosiy kurash olib borish haqida fikr qildim…

 Sizlarchi, Atambayevning Rossiyaga borishini qanday maqsadda muhokama qildinglar?..

Rashid Nusrat

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.