Terrorizm muallifi mustamlakachi davlatlardir, uni qoʻzgʻolonchi xalqlarni xudkushlikka tayyorlash uchun oʻylab topishgan

435
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Terrorizm muallifi mustamlakachi davlatlardir uni qoʻzgʻolonchi xalqlarni xudkushlikka tayyorlash uchun oʻylab topishgan

Al-Jazira net veb-sayti (hijriy 1440 yil 9 shavvol, milodiy 2019 yil 2 iyul seshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Al-Jazira muxbiri bir xudkushning poytaxt Tunisdagi Intiloqa rayonida oʻzini oʻzi portlatganini xabar qildi. Ichki ishlar vazirligi esa, qidirilayotgan Ayman Sumayriy yoʻq qilinganini maʼlum qildi, uning xudkushlik amaliyotidan zarar koʻrganlar borligi toʻgʻrisidagi xabarni rad etdi.

Qochuvdagi terrorist qurshovga olingandan soʻng, seshanba kuni kechqurun Intiloqa rayonida yoʻq qilindi, xavfsizlik xodimlari orasida hech kim yaralangani yoʻq”, dedi ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Sufyon Zaaq.

Zaaqning izohlashicha, “23 yoshli Ayman Sumayri ismli terrorist xavfsizlik xizmati tomonidan qidirilayotgan boʻlgan. Oʻtgan dushanba kuni vazirlik tomonidan Aymanning qidirilayotgani toʻgʻrisida fuqarolarga rasman bildiruv eʼlon qilingan”.

Oʻtgan payshanba kuni ham ikki nafar xudkushning poytaxt Tunisdagi boshqa-boshqa rayonlarda amaliyot sodir etishlari oqibatida bir nafar xavfsizlik xodimi halok boʻlgandi, sakkiz nafar shaxs jarohatlangandi, jarohatlanganlardan besh nafari xavfsizlik xodimlari edi.

Roya gazetasi sharhi:

“Terrorizm muallifi mustamlakachi kuchlar boshqaruvi ostidagi razvedka xizmati hisoblanadi. Maqsad, Tunis va boshqa davlatlardagi qoʻzgʻolonchi xalqlarni chiniqtirish hamda oʻz agent va programmalarini ishga solishdir. Har safargi amaliyotdan soʻng Tunis bosh vaziri qarshimizda chiqib, bizni tiz choʻktirmoqchi boʻlgan dushman ustidan gʻalaba qozondik deya maqtanadi, Tunisdagi demokratiya tahdid ostida, deya iddao qiladi… Vaholanki, dushmanni oʻzlari yasashgan, gʻalabalari soxta, urinishlari ham sharmandalidir. Bu ishda bosh vazirni “hukmron” va “muxolafat” partiyalari, jarchi axborotchilari qoʻllab-quvvatlab turishibdi. Bularning barchasidagi tashvish bitta: shu korruptsiyachi rejimni saqlab turish. Tunis ahlini rejim atrofiga jipslashishga chaqirish uchun mana shu jinoyatchilik seriallaridan dastak sifatida foydalanishyapti. Ular shunday qaygʻu-alam va tartibsizliklar ogʻushida rejimning mustamlakachilarga yurtni sotib, garov qilib berish jinoyatlarini unutamiz, deb oʻylashyapti.

Terrorizm ogʻir jinoyat. Ammo undan ham ogʻiri yurtni mustamlakachilarga qoʻyib berish hamda xorijiy razvedkaning Tunis bilan oʻynashishiga, portlashlardan foydalanib, odamlarni qoʻrqitib, mavjud voqelikka va togʻut siyosatga majburan rozi qilishiga ruxsat berishdir. Terrorizmdan ham yomoni uning uyushtiruvchisiga sukut qilishdir. Bu qanday sukut boʻldi?! Qoʻrquvmi, ojizlikmi, balki til biriktiruvmi?! Axir, har safar, rejim xalqni chiniqtirolmay qolsa, uning sharmandaligi zulmlaridan ham oshib ketsa, Tunis ahli oʻz taqdirlari bilan oʻynashayotgan, boyliklarini talayotgan, farzandlarini qul qilayotgan rejim siyosatiga qarshi chiqishsa, mana shu mustamlakachi davlatlar qaytadan terrorizm, degan olaboʻjini ishga solishmayaptimi?!

Roya gazetasining 2019 yil 10 iyul chorshanba kungi 242-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.