Turkiya Iroqda yangi aksilterror operatsiyasi boshlanganini eʼlon qildi

84
0

Turkiya Iroqda yangi aksilterror operatsiyasi boshlanganini eʼlon qildi

 Turkiya milliy mudofaa vazirligi Iroq shimolida yangi antiterror operatsiyasi oʻtkazilishini eʼlon qildi.

 “12 iyul kuni Iroq shimolida maxsus otryadlarimiz artilleriya va HHK qoʻllab-quvvatlovi ostida yangi “Panja-2” operatsiyasini boshladi”, – deyiladi vazirlik tomonidan.

 Mudofaa vazirligining qayd etishicha, operatsiyada shuningdek, quruqlikdagi harbiy texnika, T129 ATAK jangovar vertolyotlari, uchuvchisiz uchar qurilmalar ishtirok etmoqda.

 “Panja-2” operatsiyasi Iroqning Xakurk viloyatidagi jangari tashkilotlarning boshpanalarini yoʻq qilishga qaratilgan.

Turkiya qurolli kuchlari 28 mayda Iroq shimolida “Panja” harbiy operatsiyasini boshlagandi. Bundan avval Turkiya Suriyada 2016 yilda “Frot qalqoni” va 2018 yilda “Zaytun novdasi” harbiy operatsiyalarini oʻtkazgan edi.

 Izoh:  2018 yil may oyida NATO bosh kotibi Stoltenberg Turkiyaning NATO uchun muhim ahamiyatga ega mamlakat hisoblanishini taʼkidlab, oʻz fikrini “Buni anglab yetish uchun faqat xaritaga qarashning oʻzi kifoya”, degan soʻzlar bilan ifodalagan edi.

“Iroq va Suriyada NATOga aʼzo davlatlar uchun tahdid hisoblangan zoʻravonliklar yuz bermoqda. Turkiyaning muhim ahamiyatga egaligini tushunish uchun uning aynan oʻsha Iroq va Suriyaga qoʻshni boʻlgan strategik joylashuviga nazar tashlashning oʻz kifoyadir”, deya qoʻshimcha qildi.

AQSh boshchiligida tashkil qilingan global koalitsiya uchun asosiy sharoitlar Turkiya tarafidan yaratib berilganligini taʼkidlagan Stoltenberg “Biz Turkiyadan minnatdormiz”, deya Erdogan hukumatiga minnatdorchilik bildirgan edi.

 Bundan tashqari AQSh rasmiylari ham Turkiya hukumatining qoʻllab quvvatlovi boʻlmaganda Suriyada muvaffaqiyat qozona olmasligini bir necha bor tan olgan edi.

 Darhaqiqat, Erdogan boshchiligidagi Turkiya ochiqdan-ochiq Amerikaga xizmat qilmoqda. Agar AQShning ruxsati va koʻrsatmasi boʻlmaganida Turkiya Suriya yoki Iroqqa kirib borishga juraʼt qilmagan boʻlar edi.Turkiya Suriyada AQShning loyihalari amalga oshishi uchun hech kim yarata olmagan imkoniyatlarni yaratib berdi. Halabni himoya qilayotgan jagchilarni “IShID”ga qarshi kurash bahonasida “Furot qalqoni” harakatiga jalb qilish bilan Halabni himoyasiz qoldirdi. Natijada Halab osongina Asadning qoʻlga oʻtdi. Keyinchalik “Zaytun novdasi” amaliyoti orqali Idlib yarmini Asadga topshirib berdi. Yana AQSh chizib bergan loyiha boʻyicha ogʻishmay harakat qilib, endi Iroqqa keldi…

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.