Rossiya taʼlim vazirligi Tojikiston va Qirgʻizistonga oʻqituvchilar yuboradi

953
0

Rossiya  taʼlim  vazirligi Tojikiston va Qirgʻizistonga oʻqituvchilar yuboradi

TASS axborot agentligining maʼlum qilishicha Rossiya taʼlim vazirligi Tojikiston va Qirgʻiziston davlatlari maktablarida dars berish uchun oʻqituvchilar qabul qiladi. Vazirlikka koʻra, oʻqituvchilar uchun yuqori maoshlar, turar joy, tibbiy yordam, shuningdek ish faoliyati uchun transport xizmatidan foydalanish kabi barcha sarf-xarajatlar kafolatlanadi.

“Maorif vazirligi Rossiya oʻqituvchilardan Tojikiston va Qirgʻizistonda 2019-2020 oʻquv yilida faoliyat koʻrsatish uchun arizalar qabul qilishini eʼlon qiladi”, deyiladi Taʼlim vazirligining matubot xizmati tarafidan berilgan bayonotda.

Rejaga binoan rus tili va rus adabiyoti, fizika, matematika, kimyo, axborot texnologiyasi va boshlangʻich sinflarga taʼlim bera oladigan oʻqiuvchilar qabul qilinadi. Maorif vazirligi oʻqituvchilarga mehnatlari davomida yaxshi sharoitlar va qulay imtiyozlar yaratalishini taʼkidlab oʻtdi.

“Rossiya qonunchiligiga muvofiq oʻqituvchilik staji uzilmaydi. Faqatgina mehnat staji  besh yildan kam boʻlmasligi lozim”.

Vazirlikning maʼlum qilishicha, Maorif vazirligi 2017 yildan boshlab Tojikistondagi oʻrta taʼlim oʻqituvchilarini ish bilan taʼminlab kelmoqda, Qirgʻizistonga esa, oʻqituvchilar joriy yildan boshlab yuboriladi.

Izoh:

Rossiya bu kabi loihalarni 2 yildan buyon Tojikistonga nisbatan joriy qilib kelmoqda.  Birgina oʻtgan yilning sentyabr oyida Rossiyaning  60ga yaqin oʻqituvchilari Tojikistonga yuborildi, ularga Rossiya tomonidan ham, Tojik hukumati tarafidan ham oylik maosh berilib kelmoqda.

Xabarni oʻqib Rossiyadagi diplomli mehnat muhojirlari haqidagi latifalar yodimga tushdi. Kulmadim, aksincha qattiq qygʻurdim. Diplomli, oʻqimishli insonlarning yot oʻlkalarda eng past ishlar bilan mashgʻul boʻlayotganligi xech kimga sir emas.

Ular oʻz vaqtida tunni tongga ulab, joniyu molini sarflab, taʼlim olganlar. 5 yil mobaynida qattiq mashaqqatlarni boshlaridan oʻtkazganlar, ijtimoiy muammolarga duch kelganlar, ammo yaxshi niyat bilan “ertaga diplom olsam, oʻz sevgan kasbim bilan shugʻullanaman..”, degan orzular bilan sabr qilganlar. Ammo turmush taqozosi bilan minglagan ziyolilar, boshqalar qatori ayni damda xorijga chiqishga majbur boʻlishmoqda.

Sizningcha, hozir ham oʻz yurtimizda oʻqituvchilar yetarli emasmi? Minglagan oliy maʼlumotli fuqarolarimiz qoʻsha-qoʻsha diplomlari bilan ishsiz qolib, natijada  noiloj xorij oʻlkalarga chiqib mehnat muhojirlariga aylanishdi. Chunki oʻqituvchilik  maoshi kam, ish oʻrinlari ham yetarli emas.

Ammo nima uchun boshqa yurtdan kelgan oʻqituvchilarga (fosiq, fojirlarga) ish joyi topila qoldi? Va ustiga ustak shuncha imtiyozlar bilan-a?

 Islomiy aqida hukmronligi barham topgandan soʻng, xech bir zamonda Muallimning mehnati yetarli darajada qadrlanmagan. Garchi mehnati ogʻir boʻlsa-da – sotsializm, keyinchalik kapitalizm  sistemasiga  moddiy manfaat keltirmaganligi uchun boʻlsa kerak – maktab oʻqituvchilariga munosib tarzda oylik haqqi berilmaydi. Bu kabi salbiy fikrlar shikoyatga aylangach, hukumat goh-gohida taʼlim tizimiga oʻzgartirishlar kiritgandek boʻlib, oʻqituvchilarlar haqqini koʻpaytiradi. Biroq oʻsha bergan qoʻshimcha haqni ikki baravar qilib undirib olish niyatida muallimlarga turli arzimas  byurokratik vazifalarni topshiradi. Natijada maktabda ham, sistemaning boshqa sohalari kabi korruptsiya tomir otadi.

  Ammo har holda bizning oʻqituvchilarimiz oiladagi tarbiyalari tufayli va islomiy qadriyatlar saqlanib qolgan muhit taʼsiri ostida talabalarni Islom hukmlariga amal qilishdan toʻsmaydilar, hatto rus maktablarida ham qizlarni rumol oʻrab kelishlariga  deyarli toʻsqinlik yoʻq. Shunday ekan Rossiyaning avval Tojikistonga, endi esa Qirgʻizistonga koʻrsatayotgan “beminnat” saqofiy qoʻllovi nima uchun kerak?

 Barchamizga maʼlum, kapitalizm har bir ishini oʻz foydasiga qarab belgilaydi. Xech shubhasiz, rus oʻqituvchilarining Oʻrta Osiyoga yuborilishi va ularga shohona imtiyozlar berilishi ham faqat kufr olamining manfaati uchun amalga oshirilmoqda.

Nima, oʻzimizda oʻqituvchilar yetarli emasmi? Yoki bizning savodimiz ularnikidan pastmi? Aksincha, biz oʻzimiz yashayotgan muhitni tashqaridan kelgan har qanday insonlardan koʻra yaxshiroq bilamiz, demakki bilimimizni talabalarga singdirish boshqalardan koʻra osonroq kechadi.

 Ayni paytda, taʼlim sistemasining kasofati tufayli farzandlarimiz hamiyatsiz, mehr-oqibatsiz, dinu diyonatdan uzoqda kamol topishmoqda.

Aziz Ota-onalar, farzand tarbiyasidagi nuqsonlarga eʼtiborsiz boʻlmaylik. Yaxshi niyatlar bilan, “kelgajakda maʼlumotli inson boʻlsin, men oʻqimadim, shu bolam oʻqisin, odam boʻlsin” – deb, farzandlaringizni ming mashaqqatlar bilan oʻqishga joylaysiz. Maktab atrofida, ayniqsa rus tilida taʼlim baradigan oʻquv muaasasalari ostonasida ezgu niyatlari bilan farzandini kutayotgan hijobli muslima ayollarni koʻrib shunday fikr hayolimdan oʻtadi:

Xorijdan kelgan, dinimizga mutlaqo yot, tilimiz, urfu odatimiz va tarbiyamizdan bexabar, eng muhimi saqofatimizga qarshi ozuqalangan oʻqituvchilar, hech kachon farzandlarimizni toʻgʻri yoʻlga boshlamaydi. Ular farzandlarimizga “Sen Xudodan qoʻrq, ota-onang haqqini ado et, bu dunyoda ham oxiratda ham aziz boʻlasan..” deya taʼlim beradi deysizmi? Albatta yuq! Biz kun boʻyi Islom aqidasini farzandimizga singdirsak-da, u borib maktabda buning aksini taʼlim olib keladi. Aziz Ota-onalar, agar avlodingiz  taqvodor boʻlishini, Xudodan qoʻrqadigan, biz olamdan oʻtgandan soʻng duolari qabul boʻladigan, solih amallarini bardavom qila oladigan boʻlishini xohlasangiz, bola taʼlimini haqir sanamang. Faqat Islom aqidasi farzandlarimizni toʻgʻrilikka undaydi, bu dunyoda izzat topishimizga sababchi, oxirat diyorida esa hijolat chekishimizdan saqlaydi.

Nima qilish kerak deysizmi? Islomiy hayotni mabdaiy tarzda hayotga qaytarish lozim,  Shariat hukmi joriy etilsagina, taʼlim sistemasi uning asosida tuziladi.

Aziz Ota-onalar, biz farzandlarimiz dunyosi va oxirati uchun javobgarmiz, ularni  moddiy, iqtisodiy va eng yomoni saqofiy qullarga aylanishiga yoʻl qoʻymaylik,  avlodimizga toza dunyo qoldirlaylik, imkon qadar Shariatni hayotda tatbiq qilishga, islomiy boshqaruvni tiklanishiga molu jonimiz bilan hissa qoʻshaylik. 

Farzandingizni yaxshi koʻrsangiz, ikkala dunyoda ham unga rahmingiz kelsin.

Munavvara  

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.