Jeenbekov Moskvada Putin bilan uchrashadi

487
0

Jeenbekov Moskvada Putin bilan uchrashadi

 Bugun, 11-iyulda Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Moskavaga tashrif buyurib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Kreml matbuot xizmati Jeenbekov Moskvada qisqa mudatli ish safari bilan boʻlishini maʼlum qildi.

 Biroq, prezidentlar uchrashuvida qanday masalalar koʻtarilishi xabar qilinmagan.

 Sooronbay Jeenbekov 9-iyuldan buyon Shveytsariyada rasmiy safar bilan yuribdi. Uning safari bugun nihoyasiga yetadi.

 Jeenbekov va Atambayev oʻrtasida borayotgan kurash Qirgʻizistonda shundoq ham nochor boʻlgan iqtisodiy vaziyatga qoʻshimcha ravishda siyosiy boʻshliqni ham vujudga kelishiga sabab boʻlyapti. Vujudga kelgan bu siyosiy boʻshliqdan har bir yetakchi davlat oʻz manfaatiga muvofiq foydalanib qolishga harakat qilyapti.

 Yevropa Ittifoqi bu boʻshliqdan foydalanib qolishda oʻz saqofatini singdirish uchun eng qulay yoʻl boʻlgan taʼlim sohasiga 37,5 million yevro ajratishga qaror qildi. Tabiiyki, ajratilgan bu mablagʻ bilan oʻsib kelayotgan yosh avlodga gʻarbcha dunyoqarashni singdirish ham birga kirib keladi. Agar YeIning bu maqsadi amalga oshadigan boʻlsa yaqin kelajakda Yevropacha qadriyatlar, jumladan “bir jinsli nikoh” oddiy hol boʻlib qoladi, bundan Alloh saqlasin.

 Jeenbekovning Shveytsariyaga qilgan rasmiy safari ham garchi keng yoritilmagan boʻlsada, ammo bu tashrifdan asosiy maqsad Yevropa davlatlaridan qoʻshimcha moddiy yordam olish uchun boʻlgani yaqqol koʻrinib turibdi.

 Jeenbekov Shveytsariyaga safaridan qaytishda Putinga Yevropa bilan boʻlayotgan aloqalar xaqda xisobot berib oʻtadigan boʻldi. Maʼlumki, 7 iyulda Bishkekda, Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlarining 15chi uchrashuvi boʻlib oʻtgandi. Shuningdek, Atambayev masalasida maslahatlashib olish uchun ham Moskvada toʻxtamoqchi. Maʼlumki, Putin mart oyida Qirgʻizistonga amalga oshirgan tashrifidan soʻng Jeenbekov tomonidan Atambayevga boʻlayotgan bosim yanada kuchayib ketdi. Putin Atambayevdan voz kechgani sababli qirgʻiz parlament shoshilinch ravishda Atambayevni dahlsizlik huquqidan maxrum qildi. Xozirda Atambayev ikki marta tergovga chaqirilishiga qaramay biror marta tergovga bormadi. Ishlarning ketuvi Atambayevni qamalishiga qarab ketmoqda. Faqat buning uchun Putinning “oq fotihasi” qoldi xolos.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.