Dalay Lama: Yevropa islomiy oʻlka boʻlmasligi kerak !

59
0

Dalay Lama: Yevropa islomiy oʻlka boʻlmasligi kerak !

Butparastlar ruhoniy rahbari Dalay-Lama oʻzining toʻlqinli chiqishi bilan barchani hayratga soldi. Uning fikriga qaraganda, Yevropa oʻzgarmasligi kerak va yevropocha holat saqlanib qolishi shart. Afrika va boshqa musulmon oʻlkalardan kelgan muhojirlar esa zudlik bilan oʻz yurtlariga qaytishlari lozim. 83 yoshli butparast ruhoniy VVS agentligi jurnalistlari bilan oʻzining Hindistondagi Ximachal-Pradeshda joylashgan uyida suhbat oʻtkazib, ular bergan savollarga  javob qaytardi. Bu haqida islamnews.ru xabar   beradi.

“Qochqinlarning cheklangan miqdori bu odatiy hol, ammo butun Yevropa boʻylab musulmonlar bemalol sangʻib yursa, koʻcha koʻyda Afrikadan kelgan muhojirlar uchrasa, bu achinarli albatta”-  dedi ruhoniy arbob.

Jurnalistning – “Axir siz ham qochqinsiz-ku, nega bunday qarorga kelyapsiz?”- degan savoliga, pinagini buzmasdan: -“Qochqinlar oʻz vataniga ketgani maʼqul. Yaxshisiyam shu. Yevropani oʻz holiga qoʻying!”- deya javob qaytardi Dalay-Lama.

Izoh:

Bu zolim, fosiq, nobakor butparastning ishtahasini qarang! Oʻz yurtida zulm bilan tanilgan bu botil din peshvosi, oʻzi qochqin boʻla turib ham, ogʻzaki tarzda fitna qoʻzgʻamoqda. Oʻtgan asrlarda Yevropa xalqlari dunyo talashib bir-birini goʻshtini yeyayotgan paytda, ayni Musulmonlar Xalifasi oʻz yurtidan bolalar, ayollar va qariyalarga makon bergan, yaxshi qoʻshnichilik qilganligi tarixdan maʼlum. Hozirgi holatchi, buning aksini koʻrsatmoqda, Shom oʻlkalarini bombalagan katta davlatlarga birinchilardan boʻlib aynan Yevropa mamlakatlari yordamga shoshilgan. Oʻzlari vayron qilgan mintaqlardan kelgan qochqinlarning atigi ozgina qismiga rasmiyatlik uchun oʻz yurtidan joy berishdi xolos. Shunda ham har zamonda bir igʻvo uyushtirib  musulmon qochqinlar boʻyniga yuklaydi .. Qolgan koʻp qismi yoʻlda dengizlarda gʻarq boʻlganlariga guvoh boʻldik. Birmadagi musulmonlarni xonavayron qilib, tirklayin kuydirib, koʻmib tashlagan qonxoʻr, laʼnatga uchragan bu arbob, haliyam adovati soʻnmaganini tili bilan oshkor qilmoqdi. Xoh bu Lama boʻladimi, xoh boshqasimi, hatto dunyo meniki deb turgan Tramp xohlamasa ham, Allohi Taolo Oʻz nurini butun yer yuziga joriy qiladi, hatto odam oyogʻi yetmagan dashtu sahrolarda  kun kechirayotgan  aborigenlarga ham Shariat yetib boradi, InshaAlloh.

Allohi Taolo aytadi:

يُرِيدُونَ أَنْ يُطْفِئُوا نُورَ اللَّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَيَأْبَى اللَّهُ إِلَّا أَنْ يُتِمَّ نُورَهُ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

“Ular Allohning nurini (yaʼni, islomni) ogʻizlari (yaʼni, behuda gaplari) bilan oʻchirmoqchi boʻladilar. Alloh esa, garchi (kofirlar) xoxlamaslar-da, faqat Oʻz nurini toʻla (yaʼni, har tarafga) yoyishni istaydi.” [Tavba: 32]

Sizu-bizga hidoyat neʼmatini inʼom etgan Alloh barcha aybu nuqsondan pok va nihoyat Mehribon Zotdir!

 Assalomu alaykum va rahmatulloh.

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.